Valyuta juftliklari — bu bir valyutaning qiymati boshqasiga nisbatan o'lchanadigan juftliklardir. Eng mashhur valyuta juftliklari major valyutalar deb ataladi, ularning savdo hajmi boshqa juftliklarga qaraganda ancha yuqori. Ular, albatta, AQSh dollarini o'z ichiga oladi, chunki AQSh iqtisodiyoti dunyodagi eng katta iqtisodiyot hisoblanadi. Ushbu maqolada siz ushbu juftliklar haqida va ular bilan savdo qilish orqali qanday daromad olish to’g’risida ko'proq bilib olasiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy faktlar

Asosiy tezis

Xulosa va asosiy fikrlar

Asosiy valyuta juftliklari (majorlar) - bu nima?

Asosiy valyuta juftliklari eng yuqori savdo hajmiga ega bo'lgan asosiy moliyaviy instrumentlardir, shu sababli, ularning yordamida yuqori daromad olish mumkin.

Nima uchun treyderlar asosiy valyuta juftliklari bilan savdo qiladilar?

Treyderlar valyuta juftliklari savdosini, ularning yuqori likvidliligi va Foreksda mashhurligi, shuningdek, yuqori daromad olish potentsiali uchun tanlaydilar.

Qaysi valyuta juftliklari an'anaviy major juftliklar deb hisoblanadi?

An'anaviy asosiy juftliklar valyuta bozorining asosiy instrumentlari bo'lib, dunyoning eng kuchli iqtisodiyotlarini ifodalaydi. Bular EURUSD, GBPUSD, USDJPY, USDCHF. Asosiy valyuta juftliklari har doim AQSh dollarini o'z ichiga oladi.

Tovar (xom ashyo) valyutalari nima?

Tovar valyutalari – bu savdo eksporti ma'lum bir mahsulot turiga, odatda xom ashyoga yo'naltirilgan davlatlar valyutalari.

Kross-valyuta juftliklari nima?

Kross-valyuta juftliklari deb, tarkibida AQSh dollari bo'lmagan asosiy valyutalardan tashkil topgan juftliklar hisoblanadi. Masalan, EUR/GBP, GBP/CHF, AUD/CAD, CHF/JPY.

Valyuta juftliklari kurslariga nima ta'sir qiladi?

Valyuta juftliklarining qiymatiga iqtisodiy ko'rsatkichlar, geosiyosiy hodisalar va bozor kayfiyati ta'sir qiladi.

Valyuta juftliklari bilan qanday savdo qilish kerak?

Asosiy valyuta juftliklari bilan savdo qilish uchun savdo hisobini ochish va to'ldirish, sotib olish yoki sotish uchun bitimlarni ochish kerak bo'ladi. Savdo qarorlarini qabul qilishdan avval texnik va fundamental tahlilni o'tkazish muhimdir.

Valyuta juftliklarining qiymati qanday hisoblanadi?

Valyuta juftliklari juftlikdagi bir valyutaning boshqasiga nisbatan qiymatiga qarab hisoblanadi.

Qanday asosiy Forex juftliklari mavjud?

Bu masala bo'yicha fikrlar turlicha. Ba'zi ekspertlar faqat to'rtta asosiy valyuta juftligini (EURUSD, USDJPY, GBPUSD va USDCHF) ajratadi, boshqalari esa ularning yetti turi mavjudligini ta'kidlaydilar ( NZDUSD, USDCAD va AUDUSD qo'shilgan).

Odatda har qanday asosiy valyuta juftligining tarkibida AQSh dollari bo'lishi kerak, deb sanaladi, ammo ba'zi mutaxassislar EURCHF, EURJPY va  EURGBP kabi kross-valyutalarni ham major juftliklar qatoriga kirishi joiz deb hisoblashadi.

Agar valyuta juftligi tarkibida AQSh dollari bo'lmasa, u kross-valyuta juftligi yoki kross-kurs deb ataladi. Kross-valyuta juftliklari "ikkinchi darajali" deb ham ataladi, ular orasida EURCHF, EURNOK, GBPJPY va boshqalar mavjud.

Asosiy valyuta juftliklari ro'yxati

LiteFinance: Asosiy valyuta juftliklari ro'yxati

Quyida yettita asosiy valyuta juftligi keltirilgan:

  1. EUR/USD;

  2. USD/JPY;

  3. GBP/USD;

  4. USD/CHF;

  5. AUD/USD;

  6. USD/CAD;

  7. NZD/USD.

Oxirgi uchtasi ko'pincha tovar juftliklari deb ataladi va ba'zan asosiy valyuta juftliklari qatoriga kiritilmaydi.

Asosiy major valyuta juftliklari

Foreksda savdo qilish, bir vaqtning o'zida bitta valyutani sotib olish va boshqasini sotish amaliyotini o'z ichiga oladi. Shu tarzda, valyuta juftligini sotib olganingizda, siz asosiy valyutani sotib olasiz (birinchi qayd etilgani) va kotirovka qilinuvchi valyutani sotasiz (ikkinchisi qayd etilgani. Juftlikni sotishda siz asosiy valyutani sotasiz va kotirovka qilinuvchi valyutani sotib olasiz.

Savdo juftliklari va valyutalarning narxlariga foiz stavkalari, iqtisodiy o'sish yoki valyutalar bilan savdo qilayotgan mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti ta'sir qiladi Forex.

AQSh dollari har qanday asosiy valyuta juftligining ajralmas qismidir. Ular majorlar deb ham ataladi — barcha bitimlarning 75 foizi aynan shu juftliklar bilan amalga oshiriladi. Faqatgina EURUSD barcha operatsiyalarning 20 foizini tashkil qiladi. Uning ortidan bozor ulushi nisbatan pastroq bo'lgan USDJPY, GBPUSD, va USDCHF keladi.

Nima uchun treyderlar asosiy juftliklar bilan ishlaydi

Bu haqiqatan ham manfaatli. Foreksdagi asosiy valyuta juftliklari ekzotik juftliklarga qaraganda kichikroq spredlarga ega, bu esa treyderlarni yanada jalb qiladi. Shu munosabat bilan asosiy juftliklarning savdo hajmi yuqori darajada saqlanib turadi. Bu nima uchun muhim?

Yuqori hajmlarda treyder uchun bozorga kirish va chiqish osonroq bo'ladi va sirpanish ehtimoli ancha past bo'ladi. Shuningdek, juftlikning kursi savdo hajmiga ham bog'liq bo'ladi.

Major valyuta juftliklarining asosiy xususiyatlari —  bu eng yuqori barqarorlik va likvidlilikdir. Major valyuta juftliklari kurslarini prognoz qilish oson, bu tajribasiz treyderlar uchun juda muhim omildir.

An'anaviy to'rt major juftliklar

Yuqorida aytib o'tilganidek, ba'zi ekspertlar va treyderlar asosiy valyuta juftliklarining yettitaga tasniflanishiga qo'shilmaydilar va ularning faqat to'rttasi bor deb hisoblashadi.

EUR/USD

Ushbu valyuta juftligi Yevro va Amerika dollaridan iborat. Siz u bilan istalgan vaqtda savdo qilishingiz mumkin, ammo xatarlarni kamaytirishga yordam beradigan bir nechta sirlar mavjud. Savdo uchun eng yaxshi vaqt — Yevropa va Amerika bozorlarining ish vaqti. Biroq, sessiyalar ochilishida darhol savdo qilishni boshlash yaxshi fikr emas, biroz kutishingiz lozim. Agar siz kunlik savdoni afzal ko'rsangiz, GMT bo'yicha soat 13:00 dan 16:00 gacha bo'lgan vaqtni o'tkazib yubormaslikka harakat qiling.

USD/JPY

Yapon iyenasiga qarshi Amerika dollari savdosi uchun eng yaxshi vaqt GMT (Amerika savdo sessiyasi) va 23:00 dan 8:00 gacha (Osiyo savdo sessiyasi). USDJPY valyuta juftligi, boshqalar singari, YAIM, inflyatsiya, foiz stavkalari va ishsizlik bo'yicha statistika ma'lumotlariga bog'liq bo’ladi.

GBP/USD

GBPUSD bilan savdo qilish uchun GMT soat 6:00 dan 16:00 gacha eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Ushbu davrda siz foyda olishingiz va spred va komissiya xarajatlarini qoplashingiz osonroq bo'ladi. Maksimal foyda GMT soat 8:00 dan 10:00 gacha va 12:00 dan 15:00 gacha ishlaganda olinishi mumkin.

USD/CHF

Ushbu valyuta juftligi har ikki mamlakatning iqtisodiy hisobotlarini e'lon qilinish jadvaliga muvofiq soat 2:00 dan 5:00 gacha va 8:30 dan 10:00 gacha maksimal foyda keltiradi.

Tovar valyuta juftliklari

Tovar valyutasi-bu xom ashyolarning jahon narxlari harakatlarini takrorlovchi valyuta bo'lib, u ma'lum turdagi xom ashyolarning importi/eksportiga juda bog'liq bo'ladi. Foreksda bir nechta tovar valyutalari mavjud, ular orasida Yangi Zelandiya dollari, Avstraliya dollari, Kanada dollari, Norvegiya kronasi, Janubiy Afrika rendi, Braziliya reali, Rossiya rubli va Chili pesosi mavjud.

AUD/USD

AUDUSD valyuta juftligi 2000 yilda Avstraliyada xom ashyo "bumi (inqirozi)" boshlanganidan beri barqaror o'sib bormoqda. Savdo uchun optimal vaqt — GMT 19:00 dan 4:30 gacha bo'lgan davrdir.

USD/CAD

Ushbu valyuta juftligi Amerika va Kanada dollarlaridan tashkil topgan. Shimoliy Amerika savdo sessiyasi soat 12:00 da ochiladi va GMT 20:00 da yopiladi, bu USDCAD savdosi uchun eng yaxshi vaqt.

NZD/USD

Siz GMT 22:00 dan 7:00 gacha AQSh dollariga qarshi Yangi Zelandiya dollari bilan savdo qilishingiz mumkin, ammo eng yaxshi vaqt yarim tundan 2:00 gacha, 6:00 dan 8:00 gacha va 12:00 dan 17:00 gacha bo'lgan davrlardir. Treyderlar jamoatida NZDUSD valyuta juftligi "kivi" deb nomlanadi. U butun savdo aylanmasining deyarli 2 foizini tashkil qiladi.

Kross-kurslar / Kross-juftliklar

LiteFinance: Kross-kurslar / Kross-juftliklar

Kross-juftliklar — bu AQSh dollarini o'z ichiga olmaydigan asosiy juftliklardir. Yapon iyenasi va yevro ko'pincha kross-kurslarda uchraydi.

GBP/EUR

Yevropa savdo sessiyasi Britaniya funti va Yevro bilan savdo qilish uchun eng yaxshi vaqtdir. U soat 7:00 da boshlanadi va GMT 16:00 da tugaydi.

EUR/CHF

Muhim iqtisodiy yangiliklar nashr etilganidan so'ng, Yevro va Shveytsariya frankidan tashkil topgan ushbu valyuta juftligi yuqori savdo hajmlarini namoyish etadi. EURCHF bilan ishlash uchun eng yaxshi vaqt GMT 8:00 dan 16:00 gacha bo'lgan davrdir.

EUR/JPY

Ushbu juftlik bilan savdo qilish uchun eng yaxshi davr - soat 13:30 atrofida yangiliklar chiqarilishi paytida. Siz EURJPY jufligi bilan 20:30 EST gacha bo'lgan vaqtda eng samarali savdo qilishingiz mumkin.

Asosiy juftliklarning narxi qanday aniqlanadi?

LiteFinance: Asosiy juftliklarning narxi qanday aniqlanadi?

Valyuta juftliklari narxlarini shartli ravishda ikki toifaga bo'lish mumkin: bid (sotib olish narxi) va ask (sotish narxi). Valyuta juftligining qiymati kotirovka qilinuvchi valyutaning asosiy valyutaga nisbatan kuchi yoki zaifligi bilan belgilanadi. Bazaviy valyutaning qiymati har doim 1 ga teng.

Foreksda asosiy valyuta juftliklari bilan qanday savdo qilish mumkin

Quyida savdoni boshlashning bir nechta oddiy qadamlari keltirilgan:

  1. Savdo hisobini yarating va uni to'ldiring.

  2. Siz savdo qilmoqchi bo'lgan valyuta juftligingizni tanlang.

  3. Texnik va fundamental tahlil o'tkazing.

  4. Savdo strategiyasini tanlang, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlarni o'ylab chiqing. Foydali tavsiyalarni LiteFinance mutaxassislarining materiallarida topish mumkin.

  5. Sotib olish yoki sotish uchun pozitsiya oching.

  6. Kutilmagan yo'qotishlarni oldini olish uchun bozorni kuzatib boring.

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

Valyuta juftligini hisoblash namunasi

Dunyodagi eng mashhur asosiy valyuta juftligi - yevro/AQSh dollari. EUR/USD joriy kursi bugungi kunda 1.10541 ni tashkil qiladi, ya'ni hozirgi paytda 1 yevro (EURUSDrate) AQSh dollariga teng.

Keling, EUR/USD misolida major valyuta juftligini sotishda treyderga kerak bo'lgan barcha asosiy parametrlarni hisoblab chiqamiz.

Pips qiymati

Pips — bu narx o'zgarishining minimal qiymati, aksariyat valyuta juftliklari uchun bu o'n mingdan bir qismlarga to'g'ri keladi. Hisoblash formulasi quyidagicha:

Pips qiymati = 1 pips / instrumentning kursi * bitim hajmi

Demak, EUR/USD bo'yicha 1 lot hajmli bitimning pips qiymati quyidagicha: 0,0001/1,001*100000 = $9,99.

Bitim hajmi pasayganda, pips qiymati mutanosib ravishda kamayadi. Shunday qilib, minimal 0,01 lot (1000 yevro) savdo hajmidagi bitta pipsning narxi 0,0999 dollarni tashkil qiladi.

Garov va yelka

Kredit yelka — bu treyderning yirik bitimlarni ochish uchun brokerdan qarzga olishi mumkin bo'lgan mablag'lar miqdori. Pozitsiyalar ochiq qolishi uchun garov, ya'ni, marjani ma'lum darajada saqlab turish lozim. Kredit yelka hajmi qanchalik katta bo'lsa, bitimlarni ochish uchun shunchalik kam mablag' kerak bo'ladi va shunga mos ravishda marja hajmi ham kichikroq bo'ladi.

Masalan, EUR/USD bo'yicha 1 lot pozitsiya ochish uchun sizga 100100 dollar kerak bo'ladi, 1:50 kredit yelkasi bilan esa 2002 dollar kerak bo'ladi. Va agar 1:200 ga teng kredit yelka olsangiz, huddi shunday hajmdagi bitimni ochish uchun sizda atigi 500,5 dollaringiz bo'lsa kifoya.

Pozitsiya hajmi

oreksda pozitsiya hajmi lotlarda o'lchanadi, bir standart lot bazaviy valyutaning 100000 birligiga teng, EUR/USD juftligida bu 100000 yevro bo'ladi.

Pozitsiyalar hajmini aniqlashda risk-menedjment qoidalariga rioya qilish muhimdir. Odatda, treyderlar har bir bitim bo'yicha shaxsiy kapitalining 2% dan ko'p bo'lmagan qismini xatar ostiga qo'yib ishlashadilar. 

Pozitsiya hajmini hisoblash formulasi:

Kapital hajmi * xatar / kirishdan stop-lossgacha bo'lgan masofa * pips qiymati.

Misol. Treyderning savdo kapitali 1000 dollarni tashkil etadi. Kirishdan stop-lossgacha bo'lgan masofa — 40 pips, EUR/USD bo'yicha pips qiymati — 10 dollar.

$1000*0,02 / 40*10 = 0,05 lot bir bitim uchun.

Bunda, treyder kredit yelka yordamida kattaroq hajmdagi bitimni ochishi mumkin.

Forex trendlari va trend valyuta juftliklari nima

Foreksda trend — bu ma'lum bir davr uchun aktiv narxining aniq intensivlilik va lokal maksimumlarning izchil yangilanishi bilan keladigan yo'naltirilgan harakati. Trendlarning uchta asosiy turi mavjud:

  1. Yuksaluvchi ("buqa") trend — narx yuqoriga qarab ko'tariladi. Agar har bir keyingi maksimum avvalgisidan yuqoriroq bo'lsa, unda trend saqlanib qoladi.

  2. Pasayuvchi ("ayiq") trend — kotirovkalar pastga qarab harakatlanadi. Narx doimiy ravishda minimumlarni yangilaydi.

  3. Yonmacha trend (flet), bir tomonlama aniq harakat yo'q. Bu bozorning eng keng tarqalgan holati.

Trend uning tugashi haqida signal paydo bo'lgunga qadar davom etadi, masalan, yuksaluvchi bozorda narx avvalgi maksimumdan oshib keta olmagan holat.

EUR/USD

Yevro-dollar juftligi Foreksda eng mashhur hisoblanadi: uning valyutalari dunyodagi ikkita eng yirik iqtisodiyotni taqdim etadi. Juftlik yuqori volatillikka ega (o'rtacha 96 punkt), bu uni kunlik savdo qilish uchun ajoyib instrumnetga aylantiradi. Shuningdek, EUR/USD bo'yicha yangiliklarni kuzatib borish oson — AQSh va Yevropa Ittifoqining makroiqtisodiy ko'rsatkichlari, shuningdek Federal rezerv tizimi va Yevropa markaziy bankining yig'ilish protokollari internetda muntazam ravishda chop etib boriladi.

USD/CAD

Jufrtlik yuqori likvidlilik va volatillikka ega (80-100 punkt), uning harakatini oldindan prognoz qilish mumkin va tahlil qilishga oson. USD/CAD mashhurligi, Kanadaning neft va oltin eksportiga asoslangan kuchli iqtisodiyoti bilan bog'liqdir. Shu sababli, juftlikning kursini qimmatbaho metallar va neft bozorlarining holatiga qarab prognoz qilish oson.

AUD/USD

Ushbu juftlik uzoq va kuchli trendlarni shakllantirishi bilan ham mashhurdir. AUD/USD kursi xom ashyo ishlab chiqarish hajmi va ularning narxlariga bog'liq, chunki Avstraliya qishloq xo'jaligi mahsulotlari va minerallarning yirik eksportchisi hisoblanadi. Shuningdek, treyderlar jargonida "avstraliyalik" deb nom qozongan juftlikning narxiga Xitoy va Yaponiyaning iqtisodiy holati ham ta'sir qiladi.

GBP/JPY

Funt/iyena ham treyderlar orasida mashhur bo'lib, uning o'rtacha volatilligi 110 punktga yetadi. Biroq, endigina boshlagan treyderlar ushbu juftlikni kamdan-kam hollarda savdo qilish uchun tanlaydilar — uning kursiga juda ko'p omillar ta'sir ko'rsatadi. GBP/JPY bilan ishlashda, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi iqtisodiyotining holatini (YAIM, ishsizlik, inflyatsiya, sanoat ishlab chiqarishi va boshqalar to'g'risidagi ma'lumotlar) hisobga olishingiz, shuningdek Yaponiyaning pul-kredit faoliyati va siyosatini kuzatib borishingiz lozim. Ushbu juftlik foiz stavkalardagi farq tufayli, ko'pincha kerri-treyd savdo strategiyasida qo'llaniladi.

Asosiy juftlikning kotirovkasi va tebranishlariga namuna

Valyuta kotirovkalari doimiy ravishda o'zgarib turadi. Major valyuta juftliklarining narxi yanada tez o'zgarib turadi — ko'plab treyderlar aynan shu juftliklar bo'yicha bitimlarni ochishadi. Biroq, bu juftliklar narxlarining volatilligi unchalik yuqori emas, chunki ular nisbatan barqaror hisoblanadi.

LiteFinance: Asosiy juftlikning kotirovkasi va tebranishlariga namuna

EURUSD narxi 1,1285 ga teng bo'lishi mumkin — bu €1 sotib olish uchun $1.1285 talab qilinishini anglatadi. Agar kurs 1,1238 ga tushsa, demak, yevro narxi tushib ketgan, shuning uchun endi 1 yevro sotib olish 1.1285 dollarga tushadi. Agar kurs 1,1290 ga ko'tarilsa, unda yevro sotib olishingiz mumkin bo'lgan AQSh dollari miqdori ko'payadi, demak, AQSh dollari narxi tushib ketgan yoki yevro qiymati mustahkamlangan hisoblanadi.

Asosiy valyuta juftliklari bo'yicha FAQ

Asosiy valyuta juftliklari — bu tarkibiga AQSh dollari kiruvchi juftliklardir. Ular Forex bozorida eng keng savdoda qatnashadi. Ushbu ro'yxatga EURUSD, USDJPY, GBPUSD, USDCHF, AUDUSD, USDCAD, va NZDUSD juftliklari kiradi.

Forex valyuta juftliklarini to'g'ri o'qish uchun siz asosiy va kotirovka qilinuvchi valyuta nima ekanligini bilishingiz kerak. Asosiy (bazaviy) valyuta — bu juftlikdagi ikkinchi valyutaga qarshi savdo qilinadigan valyutadir (u kontr-valyuta deb ham ataladi).

Valyuta qanchalik ko'p savdo qilinsa, siz, shuncha ko'p pul ishlashingiz mumkin. Forex bozoridagi butun savdolarning taxminan 70% AQSh dollari, yevro va Yaponiya iyenasiga to'g'ri keladi; 10% — Britaniya funti va Avstraliya dollariga to'g'ri keladi.

Spred — bu sotib olish va sotish narxi o'rtasidagi farqdir. Bu har bir tranzaksiya uchun sizning brokerga to'laydigan komissiyangiz sanaladi. Spred qanchalik kam bo'lsa, foyda shunchalik ko'p bo'ladi. EURUSD, USDJPY, AUDUSD, USDCHF va NZDUSD eng past spredlarga ega.

Hozirgi vaqtda Foreksda savdo qilish uchun eng mos asosiy valyutalar - bu AQSh dollari, yevro, iyena va funt sterling hisoblanadi.

Yevro-dollar valyuta juftligi eng likvid hisoblanadi va bozorning eng katta qismini egallaydi. Bundan tashqari, statistik ma'lumotlarga ko'ra, AQSh dollari dunyodagi eng ko'p sotiladigan valyutadir. Yevro ikkinchi o'rinda turadi. Ushbu valyuta juftligi himoya aktividir va agar siz yangi boshlagan treyder bo'lsangiz, savdo uchun bu juda yaxshi tanlov bo'lishi mumkin.

EURUSD, GBPUSD, USDCHF, USDCAD va USDJPY Forex savdosi uchun eng sodda juftliklar hisoblanadi.

Valyuta juftliklarida bir valyutaning boshqasiga nisbatan qiymati belgilanadi. Ya'ni, agar EUR/USD kursi 1,011 bo'lsa, bu 1 yevro sotib olish uchun 1,011 dollar kerakligini anglatadi. Shu bilan birga, valyuta kursi doimiy ravishda o'zgarib turadi va siz bundan foyda olishingiz mumkin.Agar treyder EUR/USD sotish uchun bitim ochgan bo'lsa, u dollarning mustahkamlanishida pul ishlaydi. Aksincha, agar yevro qiymati ko'tarilsa, u zarar ko'radi.

Valyuta juftliklari spekulyativ maqsadlarda ishlatiladi. Foreksda savdo qilish orqali siz valyuta kurslari farqida foyda olishingiz mumkin: valyutani arzonroq sotib olish va keyin uni qimmatroqqa sotish. Bundan tashqari, siz qarama-qarshi bitimlarni ham ochishingiz mumkin: qimmatroq sotish va keyin juftlikning narxi tushganda qisqa pozitsiyani yopish.

Foreksda valyuta juftliklari juda ko'p, ularni asosiy (major), kross-kurslar va ekzotik juftliklarga ajratish mumkin.1. Asosiy valyuta juftliklariga AQSh dollari va kuchli iqtisodiyotga ega mamlakatlarning valyutalaridan iborat juftliklar kiradi. "Majorlar" ga EUR/USD, USD/CHF, GBP/USD, AUD/USD, NZD/USD, USD/JPY, USD/CAD kiradi. Bu Foreksdagi eng mashhur valyutalar bo'lib, ular bo'yicha barcha bitimlarning 90 foizi amalga oshiriladi.2. Kross-kurslar qatoriga Amerika dollaridan tashqari, boshqa barcha asosiy valyutalar kiradi. Masalan, AUD/CAD, AUD/NZD, EUR/GBP, EUR/JPY. Bu juftliklar "major"larga qaraganda kamroq mashhurlikka ega, shuning uchun ular bo'yicha komissiyalar yuqori.3. Ekzotik juftliklar, ularga boshqa barcha valyuta juftliklari kiradi. Odatda, bu past likvidlikga ega kross-kurslar, masalan, USD/SEK, USD/TRY, NZD/SGD. Bunday aktivlar bo'yicha savdo hajmi kichik, shuning uchun ekzotik juftliklar bo'yicha komissiyalar eng yuqori bo'ladi.

Valyuta juftligi — bu bir valyutaning, boshqa valyutada ifodalangan qiymati. Masalan, USD/JPY juftligi, 1 AQSh dollarini, qancha JPY yapon iyenasini evaziga sotib olish mumkinligini anglatadi.

Volatil juftliklar kuniga o'rtacha 70-80 punktdan ko'proq o'tishi mumkin bo'lgan juftliklar hisoblanadi. Volatil juftliklarga GBP/NZD, GBP/AUD, GBP/CAD, GBP/JPY, EUR/NZD, EUR/CAD, EUR/AUD, EUR/JPY kiradi, ularning narxi ko'pincha kuniga 100 punktdan ko'proq masofa bosib o'tadi.

Bazaviy valyuta — bu valyuta juftligini belgilashda birinchi keladigan valyuta bo'lib, u kotirovka qilinuvchi valyuta evaziga sotib olinadi yoki sotiladi. Masalan, EUR/USD juftligida yevro asosiy(bazaviy) valyutadir.

Valyuta bilan siz, xalqaro Forex bozorida savdo qilishingiz mumkin. Buning uchun LiteFinance onlayn platformasida ro'yxatdan o'tib, savdo hisobini ochsangiz va uni to'ldirsangiz kifoya. Bundan so'ng, siz darhol savdo qilishni boshlashingiz mumkin. Birjadan farqli o'laroq, Forex hisobida minimal balans qoldig'i uchun qat'iy talablar mavjud emas.

Litefinance onlayn platformasida yuqori likvidli "majorlar" (EUR/USD, USDJPY, AUDUSD va boshqalar), kross-juftliklar (GBP/JPY, EUR/GBP va boshqalar), shuningdek ekzotik juftliklar (masalan, USD/TRY, USD/MXN) savdo qilish uchun muntazir.

Hozirgi vaqtda dunyodagi eng arzon valyuta Venesuela bolivaridir. Uning kursi COVID-19 bilan bog'liq inflyatsiya tufayli katta zarar ko'rdi. Shu asnoda, bolivarning narxi 2020 yilda rekord darajada past bo'ldi. Vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. 2021-yilning mart oyida Venesuela Markaziy banki 200 000, 500 000 va 1 000 000 bolivar nominaldagi banknotalarini chiqardi.

Foreksda savdo qilish uchun 100 dan ortiq kross-kurslar va ekzotik juftliklar mavjud. Agar siz bir vaqtning o'zida bir nechta valyuta juftliklari bilan savdo qilishni tanlasangiz, tajribangiz qanchalik kam bo'lsa, shuncha ko'p muammolar yuzaga kelishi mumkin. Savdoni boshlash uchun turli yo'nalishlarda harakatlanadigan ikkita juftlikni tanlaganingiz yaxshidir.

Bu savolga aniq javob berishning ilojisi yo'q. Mutaxassislar EURUSD, USDJPY, USDCAD, GBPUSD, USDCHF juftliklari bilan savdo qilishni tavsiya qiladilar.

Forex strategiyasini tanlash birinchi navbatda treyderning harakteri, maqsadlari, byudjeti, bo'sh vaqti va aniq bilimlariga bog'liq. Skalping, kunlik savdo va sving-treyding Forex bozorida eng daromadli hisoblanadi.

Asosiy valyuta bozorlari Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika hisoblanadi. Vaqt zonalaridagi katta farq tufayli ularning ish sessiyalari turli vaqtlarda boshlanadi. Tungi savdo ushbu bozorlarning har qaysisida ketishi mumkin, barchasi sizning joylashuvingizga bog'liqdir. Foreksdagi ba'zi valyuta juftliklari, masalan, NZDJPY, tungi vaqtda kamroq marja talablariga ega bo'ladi.

Xorijiy valyutalar narxlarining o'zgarishida daromad olishingiz mumkin. Biroq, esda tutish kerak bo'lgan narsa: valyuta savdosi passiv investorlarga mos kelmasligi mumkin.

Forex valyuta juftliklari: bu nima va qanday qilib pul ishlash mumkin

Ushbu maqolaning mazmuni faqat muallifning shaxsiy fikri bo'lib, LiteFinancening rasmiy pozitsiyasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etilgan materiallar faqat axborot berish maqsadida taqdim etiladi va 2004/39 /EC direktivasi maqsadlari uchun investitsiyalar bo'yicha konsul'tatsiya sifatida qabul qilinishi mumkin emas.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Muallifga savollaringiz bormi? Siz ularni izohlarda muhokama qilishingiz mumkin .
Savdoni boshlash
Follow us in social networks!
Jonli chat
Leave a feedback
Live Chat