Kagi grafigining tashqi ko'rinishi chiziqli narx grafigiga o'xshaydi. Biroq, uning vazifasi butunlay boshqacha: Kagi kotirovkalarning vaqt oralig'idagi harakatini emas, balki narxning o'zgarish amplitudasini ko'rsatadi. Ushbu g'ayrioddiy yondashuv treyderlarga aktivlar bo'yicha tendentsiyalarni yaxshiroq kuzatib borish imkonini beradi.

Ushbu maqolada Kagi yordamida qanday ishlash, uning yordamida qanday signallarni olish va qanday qilib ularni savdoda ishlatish mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Kagi grafigining tashqi ko'rinishi

Vizual ravishda, grafikda biz vertikal chiziqlarni ko'ramiz, ular gorizontal chiziqchalar yordamida bog'lanib, lotincha "L" yoki kirillcha "Г" harfiga o'xshash uzluksiz chiziqni hosil qiladilar.​

LiteFinance: Kagi grafigining tashqi ko'rinishi

Kagi grafigi to'rt elementdan iborat:

  • Yin - pastga yo'naltirilgan chiziq (grafikda qizil rang bilan belgilangan);

  • Yang - yuqoriga yo'naltirilgan chiziq (grafikda yashil rang bilan belgilangan);

  • Yelka - yuksaluvchi harakatni pasayuvchi harakat bilan bog'laydigan chiziqcha;

  • Bel - pasayuvchi harakatni yuksaluvchi harakat bilan bog'laydigan chiziqcha.

Kagi grafigining qurilishi

Tuzilishi bo'yicha Kagi grafigi Renkoga o'xshab ketadi. U kotirovkalarning vaqt oralig'idagi harakatlarini hisobga olmaydi, va shakllanishining asosiy omili - narxning o'zgarish amplitudasidir.

Odatda og'ish belgilangan miqdor uchun belgilanadi, lekin ATR ma'lumotlariga (o'rtacha haqiqiy diapazon) qarab ham aniqlanishi mumkin. Shuningdek, ba'zi savdo terminallari foizli og'ishni qo'llashni ham taklif qiladi.

Renko grafigi bilan bevosita analogiya o'tkazish uchun men, BTCUSD grafigi tahlili uchun 125,1 AQSh dollariga teng bo'lgan qat'iy Kagi o'lchamini tanladim.

LiteFinance: Kagi grafigining qurilishi

Agar narx harakati berilgan qiymatdan kamroq bo'lsa, Kagi shakllanmaydi. Bizning holatda, bu 125,1 USD. Kagi grafigining qurilish jarayonini tushunishni osonlashtirish uchun yapon shamlarining grafikda shakllanish tarixini kuzatamiz.

Chap tomondagi grafikda, 11 avgust kuni 6388,8 darajagacha keskin o'sishdan so'ng,narxning pastga qarab tezkor harakatlanishi (№1 strelka bilan belgilangan) boshlanganligini ko'rish mumkin. Ushbu harakat, 125,1 AQSh dollari miqdorida belgilangan qiymatdan ko'proq edi. Natijada yangi Kagi shakllandi - o'ngdagi grafikda pastga yo'naltirilgan vertikal chiziq paydo bo'ldi. Kagi grafigidagi so'nggi yapon shamining yopilish darajasi bazaviy darajaga aylangan.

So'ngra, ketma-ket to'rtta buqa shamlarining qanday paydo bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Narxning umumiy o'sishi 125,1 AQSh dollaridan oshganda, bazaviy darajadan yangi Kagi shakllandi va endi unda yangi gorizonlat chiziqcha, ya'ni Kagining "beli"ni ko'rmoqdamiz.

Yuqoridagi skrinshotda ko'rib turganingizdek, №2 Kagi o'zida 9 ta shamni mujassam etgan. Ushbu misol, bu grafik turining vaqtga bog'liqligi yo'qligini aniq namoyish etadi.

To'qqizta shamdan iborat Kagining shakllanishi davrida, uning rangi qizildan yashil rangga o'zgartirganligini ko'rishimiz mumkin. Buning sababi, narx 6388,8 AQSh dollari miqdoridagi oldingi bazaviy darajani kesib o'tdi. Ya'ni, Kagi holati Yindan Yangga, ayiqdan buqaga o'zgargan - bu esa sotib olish uchun asosiy signaldir.

6441,3 USD darajasida so'nggi yuksaluvchi sham yopildi va yangi bazaviy daraja shakllandi. Bitkoin narxi keskin pasayib ketdi va birinchi qizil shamdayoq yangi Kagi hosil bo'ldi, u oxirgi bazaviy darajada aavalgisi bilan chiziqcha ("yelka") yordamida birlashtirildi.

Grafikdan ko'rinib turibdiki, oxirgi eng uzun ayiq shami avvalgidan oldingi bazaviy darajani – "bel"ni kesib o'tdi. Natijada, qolgan qismi Yin qizil rangiga qayta bo'yaldi.

Lokal trendning almashishi 5975,30 USD yopilish darajasida sodir bo'ldi. So'ngra, o'sish to'lqini boshlandi. Biroq, to'rtinchi Kaga 6444,1 USD maksimumimiga yetib,oldingidan avval bazaviy darajaga yetganida, buqa signalini berdi.

Kuzatuv ma'lumotlarini umumlashtirib, Kagi grafigi Renko va chiziqli oldinlash xususiyatlarini birlashtirganini ko'rishimiz mumkin:

  1. Kagi yonmacha harakatlar va kichik shovqinlarni filtrladi.

  2. Trend o'zgarishining asosiy darajalariga e'tiborga oldi (potentsial tayanch va qarshilik).

  3. Trend o'zgarishi uchun signal beradi.

Kagi signallari:

  1. Ikki rangli Kagi bozor muvozanatiga erishilganligini ko'rsatadi. Bu ehtimoliy trend o'zgarishi haqida ogohlantiradi.

  2. Qizil Kagi (Yin) ayiq trendiga ishora qiladi – sotish uchun signal.

  3. Yashil Kagi (Yang) buqa trendiga ishora qiladi - sotib olish uchun signal.

  4. Statistikaga ko'ra, bitta trendning uzunligi 10 Kagidan oshmaydi.

Kagi va boshqa indikatorlarni birga ishlatish

LiteFinance: Kagi va boshqa indikatorlarni birga ishlatish

Yuqoridagi grafikda ko'rib turganimizdek, Kagi grafigining "L" va "Г" ko'rinishida shakllanishining o'ziga xos xususiyatlari tufayli grafikdagi o'rta chiziqlari kam ma'lumot beradi – keraksiz burchaksimonlik hosil bo'ladi.

Biroq, 21-avgust kuni Kagi grafigidagi trendni o'zgartirish signali MACD gistogrammasining ijobiy zonaga o'tishi bilan belgilandi. Bu harakatlanuvchi o'rtachalarning boshqa kesishmalari bilan bir qatorda juda kuchli buqa signali hisoblanadi. Natijada, ushbu signal boshqa indikatorlar narx qayrilishi haqida signal bermagan paytda, yangi buqa trendining boshlanishini juda aniq belgilab berdi.

Kagi grafigining amaliy qo'llanilishi

Bir hafta davomida men Kagini faol ravishda sinab ko'rdim. Ushbu bo'limda tajriba natijalari bilan tanishishingiz mumkin. Tushunish qulay bo'lishi uchun men ETHUSD va XMRUSD kotirovkalarini yapon shamlari va Kagi grafiki ko'rinishida taqdim etaman.

07.09.2018 sanasidan ETHUSD bo’yicha prognoz

LiteFinance: 07.09.2018 sanasidan ETHUSD bo’yicha prognoz

Yapon shamlari grafigida narx keskin tushib ketdi. Kagi grafigida pastayuvchi harakat hosil bo'ladi, rang qizilga o'zgargan, bu trendning almashishini ko'rsatadi. ETHUSD kursi pasayishda davom etishi kutilmoqda, sotish uchun bitim ochamiz.

09.09.2018 sanasi uchun ETHUSD kotirovkalari

LiteFinance: 09.09.2018 sanasi uchun ETHUSD kotirovkalari

Narx pasayishda davom etdi - chapdagi grafikda uchta ayiq shamlari paydo bo'ldi. Biroq, keyin kotirovkalar yuqoriga ko'tarildi, Kagi grafigida qayrilishni ko'rish mumkin. Demak, qisqa pozitsiyani foyda bilan yopish mumkin.

05.09.2018 sanasidan XMRUSD bo’yicha prognoz

LiteFinance: 05.09.2018 sanasidan XMRUSD bo’yicha prognoz

​Yapon shamlari grafigida narx keskin pasayib ketdi. Kagi grafigida qayrilish shakllanmoqda, rangi hali o'zgarmagan. Pasayuvchi trendning fonida narxlar pasayishi kutilmoqda.

09.09.2018 sanasi uchun XMRUSD kotirovkalari

LiteFinance: 09.09.2018 sanasi uchun XMRUSD kotirovkalari

Skrinshotda ko'rib turganingizdek, prognoz tasdiqlandi. Narx pasayuvchi trend doirasida, kichik korreksiyalar bilan pasayib bormoqda.

Xulosa

Kagi - har qanday trendli strategiyada yapon shamlari grafigi bilan birgalikda ishlatilishi mumkin bo'lgan munosib instrumentdir. Biroq, uning afzalliklari ham, kamchiliklari ham bor.

Kagining afzalliklari

  • Yonmacha harakatlar va bozor "shovqinlari"ni filtrlaydi;

  • Trendning qayrilish signallarini beradi;

  • Qo'llab-quvvatlash va qarshilik darajasini osongina aniqlaydi;

  • MACD indikatorlari va boshqa harakatlanuvchi o'rtachalar bilan birga ishlatilganda ishonchli signallarni beradi.

Kagining kamchiliklari

  • Kech signallar;

  • Hajm bilan bog'liq indikatorlardan foydalanish mumkin emas;

  • Soxta signal ehtimoli mavjud.

Xulosa: Kagi grafigi trendni aniqlashda tasdiqlovchi instrument sifatida o'zini juda yaxshi ko'rsatgan. Kagini boshqa indikatorlar bilan qo'shib ishlatish, pozitsiyalarni ochish va yopishning maqbul nuqtalarini aniqlashga imkon beradi va shu bilan savdo strategiyalarining samaradorligini oshiradi.

Kagi grafiklari bo’yicha savollar

Kagi grafigi - bu narxlar grafigining bir turi bo'lib, narxlar dinamikasi amplitudasini o'lchash uchun qo'llaniladi. Kagi grafigi chiziqchalar bilan bog'langan vertikal chiziqlar shaklida qurilgan. Ushbu vosita ortiqcha bozor shovqinini olib tashlashga imkon beradi va yapon shamlari grafikiga nisbatan bozor trendlarini aniqroq ko'rsatadi.

Yapon shamlari vaqt o'tishi bilan aktivning kotirovkalari qanday o'zgarishini ko'rsatadi, masalan, ochilish/yopilish narxlari, bir soatlik maksimum/minimumlar (H1 taymfreymini tanlashda). Agar narx ma'lum bir qiymatga o'zgargan bo'lsa (treyder tomonidan belgilanadi), Kagi hosil bo'ladi. Ya'ni, agar Kagi sozlamalarida 100 USD qiymati ko'rsatilgan bo'lsa, u holda aktivning narxi 100 USD yoki undan ko'pga o'zgarmaguncha grafik shakllanmaydi.

Renko grafigi barcha trend indikatorlariga juda mos keladi. Eng ko'pi harakatlanuvchi o'rtachalar, MAC, RSI indikatorlari mos keladi.

Kagi grafigining qurilishi narx ma'lum bir qiymatga o'zgarganda sodir bo'ladi (treyder tomonidan grafik sozlamalarida o'rnatiladi). Grafikning bozor shovqiniga sezgirligi tanlangan qiymatga bog'liq bo'ladi.

Narx sozlamalarda ko'rsatilgan qiymatga teng bo'lib o'zgarganida, Kagi indikatori chiziqchalar bilan bog'langan vertikal chiziqlarni o'tkazadi. Narxlar oldingi bazaviy darajani kesib o'tgandan so'ng, chiziqlar rangini o'zgartiradi. Odatda, rang o'zgarishi trendning qyrilishini bildiruvchi kuchli signaldir.

Kagi grafigi, texnik indikatorlar bilan shamli indikatorlar tahlillarini birlashtiruvchi trend strategiyalari uchun juda mos keladi. Kagi yordamida pozitsiyalarni ochish va yopish bo'yicha ishonchli signallarni olish mumkin.

Kagi grafigi (Kagi Chart): Foreksda Kagi grafigi yordamida qanday savdo qilish kerak

Ushbu maqolaning mazmuni faqat muallifning shaxsiy fikri bo'lib, LiteFinancening rasmiy pozitsiyasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etilgan materiallar faqat axborot berish maqsadida taqdim etiladi va 2004/39 /EC direktivasi maqsadlari uchun investitsiyalar bo'yicha konsul'tatsiya sifatida qabul qilinishi mumkin emas.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Muallifga savollaringiz bormi? Siz ularni izohlarda muhokama qilishingiz mumkin .
Savdoni boshlash
Follow us in social networks!
Jonli chat
Leave a feedback
Live Chat