Savdoda birinchi qadamlarni qo'ymoqchisiz, lekin hali strategiyani tanlab ulgurmadingizmi? Yangi boshlagan va professional treyderlarga mo'ljallangan turli xil Forex savdo tizimlari bilan tanishishni xohlaysizmi? Ushbu sharhda o'zingizning strategiyangizni ishlab chiqishda sizga yordam beradigan har xil turdagi tizimlar tahlil qilinadi. Har bir blokda amaliy misol bilan strategiyaning mohiyati, kirish/chiqish nuqtalari va xavf darajasi ko'rib chiqiladi.
Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:
Savdo strategiyasi nima?
Forex bozorida savdo strategiyasi - bu eng optimal xatar darajasida imkon qadar tezroq maqsadga erishishga yordam beradigan oldindan o'ylab chiqilgan harakatlar algoritmi. Ko'pincha uning maqsadi - ma'lum foiz daromad olishdir.
Savdo tizimi quyidagi savollarga javob beradi:
Maqsad qanday va unga qanchalik tez erishish kerak? Shunga asoslanib, vaqt, signallar chastotasi va xatar darajasiga qarab strategiya turi tanlanadi.
Asosiy savdo aktivlari qaysilar? Ularning volatillik darajasi qanday?
Qaysi taymfreym tahlil qilish uchun, qaysi biri - savdo uchun asosiy hisoblanadi?
Signalni qidirish uchun qanday instrumentlar qo'llaniladi? Fundamental, texnik yoki grafik tahlilmi? Qaysi instrumental asosiy signalni beradi, qaysi birlari - qo'shimcha signal?
Forex bozoridan chiqish bo'yicha, bozor oderi yoki kechiktirilgan orderni joylashtirish uchun signallarning qaysi kombinatsiyasi qo'llaniladi?
Risk-menejment qoidalari qanday? Birinchi bitimning hajmi, foyda yoki zarar keltirgan taqdirda keyingi bitimlarning hajmi qanday hisoblanadi?
Stop-loss va teyk-profit darajalari qanday hisoblanadi? Maksimal ruxsat etilgan umumiy zarar qancha?
Kutilmagan vaziyatlarda nima qilish kerak?
Savdo rejasiga ega bo'lish har qanday o'zgarishlarga tezda javob harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi. Strategiyaning yo'qligi - bu harakatlar tartibsizligi va vaqtni bekorga yo'qotish demakdir.
Ushbu strategiyalar Forex uchun qanday ishlaydi?
Forex savdo strategiyalarining ishlash printsipi:
Sizda strategiya bor bo'lsa, siz maksimal foyda olish yoki potentsial zararni minimallashtirish uchun qanday vaziyatda qanday choralar ko'rish kerakligini bilasiz.
Reja bo'lganda, siz yakuniy maqsadni tushunasiz. Uni bir necha bosqichlarga bo'lib, har bir bosqichda strategiyaning samaradorligini tekshirasiz. Agar reja bajarilmayotganini tushunsangiz, savdo tizimini qayta qurasiz.
Tizimli yondashuv, o'z harakatlaringizga ishonch beradi. Agar sizda ishlaydigan strategiya tayyor bo'lsa, maslahatchi uchun kod yozishga buyurtma bering, bu qadam strategiyangizni avtomatlashtirilgan savdo tizimiga aylantirishingiz mumkin.
Savdo strategiyangiz borligi, hissiy jihatga ham ega. Reja mavjud bo'lganda, siz his-tuyg'ularga berilmasdan, unga aniq amal qilasiz. Masalan, bitim ochilgandan keyin narx boshqa tomonga qarab ketdi, ammo reja bo'yicha zararning ruxsat etilgan darajasi ko'zda tutilgan. Shu sababli, siz bitimni vahima bilan yopmaysiz, narx o'zgarishiga umid qilib, oxirigacha kutmaysiz, balki oldindan o'ylab qo'yilgan strategiyaga sovuqqonlik bilan amal qilasiz.
Yangi boshlaganlar uchun savdo strategiyalari
Yangi boshlagan treyderlar uchun mo'ljallangan Forex savdo strategiyalari quyidagi xususiyatlarga ega:
Indikatorlarning minimal soni. Treyderni chalkashtirib yubormaslik uchun grafik ma'lumotga haddan tashqari to'yingan bo'lmasligi kerak.
Uzun taymfreymlar. H1-dan yuqoriroq bo'lgan taymfreymlarda harakat qilish osonroq, chunki tahlil qilish uchun yetarli vaqt bor.
Minimal tavakkalchilik. Nisbatan kam foyda keltiradigan, ammo samaradorlik darajasi yuqori bo'lgan kamnamo signallar.
Signallarning aniq talqini.
Ta'riflangan barcha manfaatli strategiyalar bazaviy hisoblanadi. Ularni ma'lum bir aktiv va taymfreymga moslab, indikator parametrlarini o'zgartirish va sozlash zarur.
Pozitsion savdo / Positional Trading
Pozitsion savdo uzoq muddatli strategiyalar turiga kiradi. U to'lqin nazariyasiga asoslanadi, unga ko'ra bozor davriy ravishda rivojlanadi – har qanday o'sishdan keyin pasayish kuzatiladi. Treyder uzoq muddatli pozitsiyani egallaydi va lokal kontrtrend korreksiyalarini e'tiborga olmagan holda, narxlarning ko'tarilishi yoki pasayishining bir to'lqinidan maksimal foyda oladi. Narx qayrilganida yoki fletga o'tganida pozitsiya yopiladi.
Strategiya tavsifi
Pozitsion treyding uchun kriptovalyutalar va fond aktivlari eng mos keladi. Valyuta juftliklari tor koridor bo'ylab harakatlanadilar, kriptovalyuta va fond aktivlarida esa o'sish chegarasi yo'q va trendlar uzoq muddatli bo'ladi. Taymfreymlar H4 va undan yuqori.
Xatar darajasi
O'rtacha. Asosiy xatar - stop-aut holati. Uzun taymfreymlarda bir punkt qiymati, daqiqali intervallarga qaraganda ancha yuqori bo'ladi. Shuning uchun, hatto mablag' ifodasidagi kichik korrektsiya ham sezilarli bo'lishi mumkin. Treyder prosadkaga (drawdown) bardosh berish uchun, yetarli miqdordagi depozit zaxirasiga ega bo'lishi kerak.
Mukofot koeffitsienti
Uzoq muddatli investitsiyalarning rentabelligi yiliga 15% -50% ni tashkil qiladi.
Savdo qilishning davomiyligi
Uzoq muddatli savdo. Bitimlar bozorda bir necha kundan bir necha hafta yoki oygacha ochiq ushlab turiladi.
Kirish/chiqish nuqtasi
Bozorga kirish uchun eng yaxshi ikkita ssenariy - bu bozor fletdan chiqqan paytda yoki fundamental drayverda bitim ochish. Masalan, choraklik yoki yillik hisobot chiqarilgandan keyin. Trendni aniqlash uchun yaxshi indikatorlar - Alligator, ADX, MA indikatorlari. Bozordan chiqish - vaziyatga qarab.
Misol
Uzoq muddatli pozitsion aksiyalar savdosi. Bitimni ochishdan oldin siz alohida sohalar bo'yicha statistikani tahlil qilishingiz kerak. Keskin o'sish - biotexnologiya kompaniyalarida bo'ladi, ammo narxning pasayish xavfi yuqori. Texnologik kompaniyalar aksiyalari yaxshi ko'tariladi, ammo ular bozorning umumiy pasayishi paytida "prosadka" darajasi juda chuqur bo'ladi. Chakana savdo va iste'mol sektori kompaniyalarining aksiyalari pozitsion savdo uchun eng yaxshi variant hisoblanadi.
Yuqoridagi skrinda Coca-Cola kompaniyasi aksiyalari narxining uzoq muddatli trendini ko'rish mumkin. Flet koridoridan chiqqandan so'ng, aksiyalar narxi yuqoriga qarab ko'tarildi. Lokal korreksiyalar davomiyligi - 1 oy. Trendga yaqin chiziqning konsolidatsiyasi paytida, va u tayanch chizig'idan qarshilik chizig'iga aylanganida bitim yopiladi. 9 oylik maydondagi rentabellik - har bir aksiya uchun 12 AQSh dollari yoki yillik 23% ni tashkil qiladi.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Pozitsion treydingning afzalligi shundaki, uzoq muddatli intervalda kuchli harakatlar uzoq va barqaror bo'ladi. Marketmeykerlar bozorni boshqarish uchun yetarli kapitalga ega emaslar. Fletdan chiqishdagi trendni yoki fundamental omildagi trendni ushlashga muvaffaq bo'lsangiz, o'z pozitsiyangizni bozorda deyarli nazoratsiz qoldirishingiz mumkin. Kunlik intervalda jadvalni bir necha soatda bir marta 5-7 daqiqaga tekshirish kifoya. Kamchiliklari: signallar kam, intradey sving-tizimlarga nisbatan daromaddorlik past.
Trendning buzilishi bo’yicha savdo / Breakdown strategy
Trendning buzilishi bo'yicha savdo qilish - bu oddiy Forex strategiyasining bir varianti bo’lib, unda asosiy signal trend chizig'ining buzilishi hisoblanadi. Buqa trendi chizig'i minimumlar bo'yicha, ayiq chizig'i esa maksimumlar bo'yicha quriladi. Patternlar va yangiliklar bilan tasdiqlangan buzilish, narx harakatining asosiy yo'nalishi o'zgarganligidan belgi beradi.
Strategiya tavsifi
Strategiyaning markazida bozorni to'lqinli rivojlantirish g'oyasi yotadi. Har qanday uzoq muddatli trend oxir-oqibat harakat yo'nalishi konsolidatsiyasi yoki o'zgarishi bilan yakunlanadi. Agar narx trend chizig'ini buzsa va kichik konsolidatsiyadan so'ng undan qaytsa, bu trend o'zgarishi mavjudligini bildiradi. Strategiya o'rta muddatli, eng yaxshi vaqt oralig'i – H1-H4.
Xatar darajasi
O'rtachadan pastroq. Soxta buzilish xavfi mavjud, shuning uchun qo'shimcha signallarni kuzatib borish muhimdir.
Mukofot koeffitsienti
Trendning davomiyligiga bog'liq. Bir soatlik intervalda 1-2 kun uchun rentabellik 100-150 punktni tashkil qilishi mumkin. Uzoq muddatli trendlar esa 300-400 punktga teng daromad keltirishi mumkin.
Savdo qilishning davomiyligi
Signallar nisbatan kam - soatli intervalda signal har 1-2 haftada bir marta paydo bo'lishi mumkin. Bitimni bozorda ushlab turish vaqti 12-15 soatdan bir necha kungacha, shuning uchun bir va uch martalik svoplarning hisoblanishini e' tiborga olish kerak.
Kirish/chiqish nuqtasi
Trendni buzayotgan shamdan keyingi yangi trend yo'nalishi ortidan kelgan sham. Trend liniyasi yaqinida konsolidatsiya shakllanishi Forex bozorida vaqtinchalik muvozanat paydo bo'lganligini ko'rsatadi. Masalan, yuksalayotgan trendda xaridorlar o'ta qimmatlashgan aktivni sotib olishga tayyor emaslar. Ko'pchilik trendning to'xtaganini va aktivni maksimumda sotishni boshlaganini ko'radi, narxning pasayishi boshlanadi. Tasdiqlovchi signallar: teskari patternlarning shakllanishi, asosiy qarshilik/tayanch darajalarining buzilishi.
Misol
Vazifa - trend liniyasini qurish va uning buzilishini kutish, boshqa instrumentlardan tasdiq olish. Bu yerda darajaning soxta korreksion buzilishini, trend yo'nalishi o'zgarishidan ajrata olish juda muhimdir.
AUD/USD juftligining soatli intervalida kuchli pasayuvchi trendni ko'rish mumkin, u trend liniyasini chizib olishga imkon beradi. Soxta buzilish ehtimolini kamaytirish uchun chiziq maksimal ekstremumlar asosida quriladi (agar buzilish paydo bo'lsa, trend chizig'i siljib ketadi). Skrinda ko'rinib turibdiki, chiziq birinchi va to'rtinchi maksimumlar bo'yicha qurilgan.
Trend oxirida volatillik kuchayadi va narx vaqtinchalik korreksiyaga o'tadi. "Uchburchak" patternining shakllanganini ko'rish mumkin, amplitudaning dastlabki oralig'i kamayadi. Uchburchakning tomonlari faqat vaqti–vaqti bilan soyalari bilan pastga tushadi, bu sotuvchilarning zaifligini ko'rsatadi - bu dastlabki signal. Shuningdek, nisbatan aniq gorizontal qarshilik darajasi ham ko'rinib turibdi.
Narx uchburchakning yuqori tomonini, so'ngra trend chizig'ini buzib o'tadi. Narx qarshilik darajasini buzishi bilanoq (uch marta tasdiqlash), keyingi shamda bitimni ochamiz. Ketma-ket ikkita teskari sham paydo bo'lganidan keyin bitimni yopamiz ("Uchta qora qarg'a" patterni shakllanishi). Minimal xatarlar bilan olingan foyda – 70 punktga teng.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Patternlar bo'yicha asosiy savdo ko'nikmalariga ega bo'lgan va trend yo'nalishlarini qanday qilib to'g'ri qurishni biladigan yangi boshlagan treyderlarga to'g'ri keladi. Uning afzalligi - uzun taymfreymlarda tahlil qilish uchun vaqt bor, trend buzilganidan keyin kechroq kirish -bu xato hisoblanmaydi. Kamchiligi - yangi trend chuqur korreksiya bo'lib chiqishi mumkin, shuning uchun kamida soatiga bir marta grafikni tekshirib turish tavsiya etiladi.
Sving-treyding / Swing Trading
Swing-Trading – og'ishlar bo'yicha daromad olishni nazarda tutuvchi Foreks savdo strategiyasi. Uning asosida daromadni maksimallashtirish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan lokal korreksiyalar g'oyasi yotadi. Ushbu savdo usuli trendni shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan og'ish momentlaridan (korreksion harakatlar) foydalanishga qaratilgan.
Strategiya tavsifi
Ushbu tizim bo'yicha savdo qilishning variantlaridan biri bu korreksiya tugagan paytda bitimning ochilishi, yopilish - yangi korreksiya boshlangan paytda. H1-H4 dan yuqori taymfreym eng optimal hisoblanadi. Qisqa intervallarda trendning barqarorligi sustroq, shuning uchun sving-treydingda u kamroq qo'llaniladi.
Xatar darajasi
O'rtacha. Agar kuchli trend topilgan bo'lsa, unda yo'qotish xavfi nisbatan kamroq, orqaga og'ishning boshida bitimlarni o'z vaqtida yopish muhimdir. Ammo trend har doim ham barqaror emas, trendning yangilanishi deb qabul qilingan signal soxta bo'lishi mumkin va korreksiya davom etadi.
Mukofot koeffitsienti
Sving-treyding strategiyasi va taymfreymga qarab amalga oshiriladi. Trend bo'yicha savdo paytidagi soatlik intervalda bitimning daromadliligi 80-100 punktni tashkil etadi.
Kirish/chiqish nuqtasi
Bozorlarda yuksaluvchi trend kuzatilib, unda vaqti-vaqti bilan pastga yo'nalgan korreksiyalar paydo bo'ladi. Treyder ulardan quyidagicha foydalanishi mumkin:
Trend yo'nalishi bo'yicha korreksiya tugashi bilan bitimni oching. Misol uchun, trendning boshlanishi o'tkazib yuborilgan va eng yaxshi narx bilan kirish nuqtasini topishingiz kerak, deylik.
Korreksiyaning eng tubida bitimni trend yo'nalishi bo'yicha oching, ekstremumida yoping. Keyingi korreksiyani kutib turing, yana bitimni korreksiyaning tubki qismida oching.
Har bir korreksiya oxirida pozitsiya hajmini oshirib boring.
Bitimning qayrilishini trend yo'nalishi va korreksiya yo'nalishi tomon navbatma-navbat amalga oshiring.
Bitim yopilishi: korreksiyaning boshlanish darajasida 50% (oxirgi ekstremumga qaytish), qolgan 50% - treyling bo'yicha.
Qo'llaniladigan indikatorlar: trendni topish uchun tasdiqlovchi ossilyatorlar bilan trend instrumentlari. Qayrilish patternlari, qarshilik va tayanch darajalari, Fibonachchi darajalari.
Misol
Treyderning vazifasi - soatlik intervalda trendni topishdan iborat. Quyidagi grafikda pasayuvchi harakatdan keyin gorizontal qarshilik darajasi ko'rsatilgan.
1 – Qarshilik darajasi buzilganidan va narx unga taqalib qaytganidan so'ng, bir qator o'sib borayotgan shamlar paydo bo'ladi – trendning boshlanishi, uzun pozitsiyani ochamiz.
2 – Birinchi kuchli qayrilish – ketma-ket uchta sham – bitimni yopamiz.
3 – Narx yuqoriga qayrilib, trend chizig'ini chizishga imkon beradi. Uzun pozitsiyani ochamiz.
4 – Uchta pastga qaragan sham – bitimni yopamiz.
5 – Trend chizig'idan qaytish va bir nechta sham yuqoriga harakat – uzun pozitsiyani ochamiz.
6 – Uchta pastga qaragan sham – bitimni yopamiz. Bundan so'ng korreksiya amalga oshmaganiga qaramay, tavakkal qilmaganingiz ma'qul – keyingi ortga og'ishni kutamiz.
7 – Narx trend chizig'iga biroz yetib bormaydi, ammo qayrilish patterni mavjud – tavakkal qilib, bitimni ochishingiz mumkin (signal zaif).
8 – Uchta pastga qaragan sham – bitimni yopamiz.
Har bir bitimning daromadliligi 80-100 punktni tashkil etadi, ammo svopni ham hisobga olish lozim.
Ijobiy va salbiy tomonlari
Forex strategiyasining afzalliklari:
Daromadlilik yuqoriroq. Trend strategiyasidan farqli o'laroq, sving-treydingda treyder ko'proq daromad oladi. Masalan, trend strategiyasini qo'llagan treyder, bitimni yopishda 100 punktni qo'lga kiritadi. Sving-treyder esa trendda 50 punkt daromad oladi va korreksiya boshlanganida bitimni yopadi. Narx 15 punktga orqaga qaytadi, sving-treyder yana bitim ochadi. Uning daromadi - 50 + 65 = 115 punkt.
Kamroq xatar. Pozitsion treyder korreksiyani kutadi va bitimni "stop" bilan himoya qiladi. Agar stop ishlaydigan bo'lsa, uning zarari korreksiya chuqurligiga teng bo'ladi. Sving treyder esa bitmni korreksiya boshlangan paytda yopadi. Va agar orqaga og'ish yangi trendga aylansa, sving-treyder hech narsa yo'qotmaydi.
Strategiyaning kamchiliklari - grafikni doimiy ravishda kuzatib borishingiz va korreksiyaning boshi va oxirini yaxshi topa olishingiz kerak bo'ladi. Korreksiyalar har doim ham mukammal shaklda bo'lmaydi va fletga aylanib ketishi ham mumkin.
Trend bo’yicha savdo qilish / Trend Trading
Trend bo'yicha savdo trend harakatining boshida bitimni ochishni va qayrilish paytida yopishni nazarda tutadi. Treyderning vazifasi - trend boshlanishini topish va korreksiyani qayrilish deb qabul qilib, bitimni muddatidan oldin yopib yubormaslikdan iborat.
Strategiya tavsifi
Forex bozorida savdo qilish strategiyasining eng yaxshi varianti – bu fletdan chiqishda yoki trendning qayrilishida pozitsiya ochishdir. Taymfreym – H1 dan yuqori. Strategiya valyuta bozorida kunlik savdo uchun ham, fond bozorlarida pozitsion savdo uchun ham juda mos keladi.
Xatar darajasi
O'rtachadan pastroq. Asosiy xatar – bu bitimning kech ochilishi. Yangi boshlagan treyderlar trend boshlanishini o'tkazib yuborishadi va aksariyat hollarda u tugagan paytda bozorga kirishadi. Agar aqti-vaqti bilan grafikni kuzatib tursangiz, stop-loss va teyk-profitni o'rnatsangiz, xatarni minimallashtirish mumkin.
Mukofot koeffitsienti
Tanlangan taymfreymga va xavf darajasiga bog'liq. Soatlik intervalda 24-48 soatdan ortiq davom etuvchi trendni topish mumkin. Aktivning kunlik volatilligi 80-100 punktni tashkil etganda, 50 punkt va undan yuqori bo'lgan trendni topish mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Strategiya g'oyasi kun ichidagi, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar uchun M30dan yuqori intervallarda ishlaydi. Skalping uchun mos emas, chunki daqiqali intervallarda narx o'rtacha qiymatga keltirish go'yasiga zid bo'lgan yuqori impulsiv harakatni ko'rsatadi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Kirish nuqtasi:
Yakunlanish alomatlari bilan trendning mavjudligi: shamlar kichrayadi, fletga o'tish kuzatiladi. Qayrilish patternining paydo bo'lishi va trend chizig'ining qarama-qarshi yo'nalishda buzilishi bitimni ochish uchun signaldir.
Fletdan chiqish momenti - uning chegaralari buzilishi va tanalari doimiy ravishda o'sib borayotgan shamlarning paydo bo'lishi.
Trend indikatorlari va ossilyatorlar signallari: Alligator, MA, Momentum.
Bozordan qismlarga bo'lib chiqish. Narx prognoz qilingan tomonga o'tganidan so'ng, stop-loss zararsiz (yo'qotishsizlik) darajaga o'tkaziladi. Narx belgilangan miqdordagi punktlardan o'tganda, bitimning 50% yopiladi. Masalan, narx 20 punktdan o'tmagunga qadar, aniq qayrilmasligiga 99% ishonchingiz komil bo'lsa – bu birinchi maqsadingiz hisoblanadi. Bitimning qolgan 50 foizi, o'rtacha korreksiya chuqurligiga qarab, 10-15 punkt uzunlikdagi treyling-stop bilan himoya qilinadi.
Misol
"Alligator" indikatori signallari asosida pozitsiyani ochish printsipi.
Indikator signali – harakatlanuvchi o'rtacha (MA) ko'rsatkichlarning bir-biridan uzoqlashishi. Ikki holatda signallar ishlaydigan bo'lib chiqdi, uchinchisida esa signal uzoq yuksaluvchi harakatning boshlanishini ko'rsatadi, ammo kirish nuqtasi aniqlanmagan, chunki MA-larning uzoqlashishi orqaga og'ish paytida boshlanadi. Shuning uchun indikator signallarini qo'shimcha instrumentlar bilan filtrlash maqsadga muvofiqdir.
Afzalliklari va kamchiliklari
Afzalligi – yangi boshlaganlar uchun yaxshi strategiya. Uzun taymfreymlarda trend nisbatan barqaror, investorda vaziyatni baholash uchun vaqr bor, grafikni doimiy ravishda kuzatib borish shart emas. Bitimning 50% yopilgandan so'ng, grafikni nazorat qilib bo'lmaydi. Bundan tashqari, yuqoridagi misolda ko'rsatilganidek, alohida kichik trend harakatlarida ham pul ishlash mumkin. Kamchiligi – bu nisbatan kam uchraydigan signallar. Forex bozorida kuchli trend, ayniqsa uzoq intervallarda, kamdan-kam hollarda shakllanadi.
Diapazonli savdo / Range Trading
Diapazonli savdoga Forex bozorida flet bo'yicha savdo va kanalli savdo strategiyalari kiradi. Ular quyidagi g'oya asosida qurilgan: ko'pincha narx, o'rtacha harakatlanuvchi ko'rinishidagi median bilan belgilangan koridorda harakatlanadi. Narx o'zining o'rtacha qiymatiga intiladi. Narx o'rtacha qiymatdan qanchalik uzoq bo'lsa, uning qayrilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.
Strategiya tavsifi
Ushbu strategiyada savdo qilishning ikkita varianti mavjud:
Buzilishga yo'naltirilgan savdo: kanal narxning eng ko'p qayriladigan nuqtalari asosida quriladi. Agar chegara buzilsa, bitim buzilish yo'nalishi bo'yicha ochiladi.
Kanal ichidagi savdo. Kanal narxning yetib borgan va buzib o'tmagan nuqtalari, ya’ni, ekstremumlari asosida quriladi. Bitim kanalning o'rtasiga qarab, chegaradagi narx qayrilganda ochiladi.
Xatar darajasi
O'rtacha. Kanalning soxta buzilishi xavfi, bitim ochilgandan keyin, kanalning buzilishi yo'nalishida narx harakatini davom ettirish xavfi.
Mukofot koeffitsienti
Taymfreymga bog'liq. Kun ichida narx, har biri 20-30 punktga teng bo'lgan 1-2 signal berishi mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Strategiya g'oyasi kun ichidagi, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar uchun M30dan yuqori intervallarda ishlaydi. Skalping uchun mos emas, chunki daqiqali intervallarda narx o'rtacha qiymatga keltirish go'yasiga zid bo'lgan yuqori impulsiv harakatni ko'rsatadi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Ehtimoliy variantlar:
Yuqori risk. Bitim narxning kanaldan chiqishi bilan ochiladi. Buzilish kuchli inertsiyali harakatdan dalolat beradi. Bitimning yopilishi – eng sezilmas qayrilish ham yopishga signaldir.
O'rtacha risk. Bitim kanal chegarasi buzilganidan keyin ochiladi va narx uning o'rtasiga qarab qayriladi. Bitimning yopilishi - narx kanalning median chizig'iga yetishi, yopish uchun signaldir.
Asosiy texnik instrumentlar:
Egilgan yoki gorizontal kanallarning chegaralarini belgilaydigan darajalar, trend chiziqlari.
Kanal patternlari: parallelogramma, relslar, bayroq va boshqalar.
Kanal indikatorlari: Bollinjer polosalari, Envelopes, Keltner kanali, Darvas qutisi.
Qayrilish indikatorlari: Pivot nuqtalari, issiqlik xaritasi.
Haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlikni ko'rsatuvchi ossilyatorlar: stoxastik, MACD, RSI, CCI.
Misol
Asosiy indikator – bu 2-kengayish multiplikatori bilan Keltner kanali. Multiplikatorning ushbu qiymati kanalni kengaytiradi, bu narx nisbatan yetib boradigan va shu sababdan ularga qarab qayrilish ehtimoli yuqori bo'lgan nuqtalarni topishga imkon beradi. Tasdiqlovchi indikator - RSI ossilyatori.
Signal – narx kanal chegaralaridan tashqariga chiqadi va qayriladi. Ushbu yoki keyingi shamdagi RSI, "70" yoki "30" darajalariga tegib turishi kerak. Agar tegib turmagan bo'lsa, bitim ochilmaydi. Kanalning o'rta chizig'iga yetib borganida, pozitsiya hajmining 50 foizini yopamiz, qolgan 50 foizi 10-15 punkt uzunlikdagi treyling-stop bilan himoya qilinadi (H1 taymfreym uchun).
1 – kanalning o'rtasidan uchta kuchli sham kelib chiqishi, kuchli impuls harakatdan dalolat beradi. Keyin harakat to'xtaydi, qayrilish sodir bo'ladi. RSI "70" belgisiga tegdi. Daromadlilik taxminan 40 punktni tashkil qiladi.
2 – narx kanaldan tashqariga chiqdi, qayrildi va unga qaytdi. Qayrilish patternlari yo'q, shuning uchun signalni zaif deb atash mumkin, ammo RSI uni tasdiqlaydi. Taxminan 30 punktga teng daromadlilik.
3 – vaziyat avvalgisiga o'xshash. Daromadlilik taxminan 15 punkt.
4 – vaziyat avvalgilariga o'xshash, ammo signal soxta bo'lib chiqdi.
Kanallardan tashqaridagi qayrilish patternlariga e'tibor berish tavsiya etiladi. Agar ular yo'q bo'lsa, signal zaif hisoblanadi.
Indikator multiplikatorini o'zgartirib, bitimlarni ochish printsipini o'zgartirishingiz mumkin. Masalan, "1" multiplikatori yordamida kanalni buzish uchun bitimlarni ochishingiz mumkin.
Afzalliklari va kamchiliklari
Yangi boshlagan treyderlar uchun mos bo'lgan, mantiqan tushunarli Forex savdo strategiyasi. Kamchiligi: kanal kengligini aniqlaydigan kanal indikatorlarining sozlamalarini tanlashga uzoq vaqt kerak bo'ladi.
Kunduzgi savdo (intraday) / Day Trading
Kunduzgi savdo (Intraday trading) deb - bitimni svop to'lamasdan, bitta savdo sessiyasida ochish va yopishga aytiladi. Agar kuchli trendga qat'iy ishonch va grafikni vaqti-vaqti bilan kuzatib borish imkoniyati bo'lsa, pozitsiyani keyingi kunga o'tkazish mumkin.
Strategiya tavsifi
Kunduzgi savdo – bu bozorda bitimni ushlab turish davomiyli kesimidagi strategiyalarning bir turi. Masalan, Intraday savdosiga skalping, sving-treyding, trendli strategiyalar kiradi. Qo'llaniladigan taymfreymlar – М5-Н1.
Xatar darajasi
Tanlangan Intraday savdo turiga bog'liq. Skalping - xatar darajasi yuqori, sving-treyding - xatar darajasi o'rtacha, trend strategiyasi - xatar darajasi o'rtacha.
Mukofot koeffitsienti
Skalpingda kunlik daromad 100 punkt va undan ko'proq bo'lishi mumkin. Aktivning volatilligi 70-100 punkt bo'lgan trend savdo strategiyasining daromadliligi – 30-50 punkt.
Savdo qilish davomiyligi
Kunduzgi savdo "o'rta muddatli" savdoga o'tish imkoniyatiga ega bo'lgan qisqa muddatli strategiyalarni o'z ichiga oladi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Aniq qoidalar yo'q. Skalpingda ossilyatorlar va patternlardan foydalanish mumkin. Kirish/chiqish nuqtalari -narxning qayrilishi. Trend savdosida - fletdan chiqish yoki trend o'zgarishini ko'rsatadigan trend indikatorlari, darajalar. Kirish/chiqish nuqtalari - asosiy darajalarning buzilishi, harakatlanuvchi o'rtachalardan signal va boshqalar.
Misol
Kunduzgi savdoning variantlaridan biri - bu grafik yoki fundamental tahlil bilan tasdiqlangan trendning qayrilishi yoki fletdan chiqish uchun kuchli signalni qidirishdir. Va 5-8 sham harakatidan daromad.
EUR/USD valyuta juftligining soatlik intervalida, mantiqqa ko'ra ertami-kechmi yakunlanishi kerak bo'lgan uzoq yuksaluvchi trend ko'rinib turibdi. Uning korrektsiyalari bo'yicha trend liniyasi chizilgan. Trendning yuqori qismida ikkita cho'qqi bilan gorizontal koridor shakllanmoqda. Soat 14.00 da kichik qizil sham paydo bo'ladi, ya'ni narx qarshilik darajasini buzmaydi. Xaridorlarning "nafasi yetishmay qolgan"ligini ko'rsatib turgan, xaridorlar va sotuvchilar balansi mavjud.
Soat 15.00 da kuchli sham paydo bo'ladi. U yuksaluvchi trend chizig'ini buzib o'tgan - bu dastlabki signal. Keyin narx tayanch darajasini ham buzib o'tadi - bu qisqa pozitsiyani ochish uchun signal. Pastga qaragan katta sham fundamental omil bilan ham tasdiqlangan - avgust oyi uchun AQSh inflyatsiya bo'yicha statistik ma'lumotlar e'lon qilingan, bu prognozlar bilan to'g'ri kelgan va yuqori darajada qolgan (8% dan ortiq). Bu shuni anglatadiki, FZT tez orada AQSh dollarini kuchaytirgan holda stavkasini oshiradi.
Svopni hisoblash muddati kelishidan oldin yoki pasayuvchi trenddan keyingi ketma-ket ikkita teskari sham paydo bo'lganidan so'ng, bitimni yopamiz. Ushbu Forex strategiyasi bo'yicha savdo qilish, minimal risklarda tahminan 25 punkt foyda keltirdi.
Afzalliklari va kamchiliklari
Afzallik - skalpingdan trend savdosi, trendga qarshi yoki fundamental tahlil savdosigacha bo'lgan har qanday savdo uslubi borligi. Shuningdek, svopda tejash imkomiyati. Kamchiligi shundaki, grafikni doimiy ravishda kuzatib borish zarur.
Korreksiya bo’yicha savdo / Retracement Trading
Ushbu turdagi strategiya - sving-treydingning bir variantidir, ammo alohida yo'nalishga ajratilgan, chunki u noyob indikatorlar guruhi – Fibonachchi instrumentlari asosida qurilgan. Har qanday trendda korreksiyalar mavjud va ularning chuqurligi ko'pincha "Oltin kesim" koeffitsientlariga mos keladi. Korreksiya darajalari yuqori ahamiyatli va kamroq ahamiyatga ega turlariga bo'linadi, uzoq muddatli korreksiya darajalarining buzilishi trend yo'nalishining o'zgarishini anglatadi. Shuningdek, Fibo korreksiya darajalari, stoplar va teyk-profitlarni o'rnatish uchun ham qo'llaniladi.
Strategiya tavsifi
Birinchi korreksiyaning boshlanishidan so'ng, ekstremumda boshlanadigan va trend boshida tugaydigan Fibonachchi setkasi quriladi. 23,6% daraja - birinchi, zaif darajadir. 38,2% – korreksiyaning eng ehtimolli tugash darajasi. Agar narx trend yo'nalishida qayrilsa, "0" nuqtasida teyk-profit bilan bitim ochiladi. Agar narx yangi ekstremumni chizsa, "0" uning darajasiga ko'chirib o'tkaziladi.
Xatar darajasi
O'rtacha. Darajalarni qurish usuli matematik bo'lib, shu sababli doimo narxning darajalar orasida qayrilishi ehtimoli mavjud. Aks holda narx teyk-profitgacha yetib bormaydi.
Mukofot koeffitsienti
Taymfreymga bog'liq. H1 taymfreymidagi korreksiya darajalari orasidagi masofa 15-35 punktga teng bo'lishi mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Strategiya kun ichidagi o'rta va uzoq muddatli savdo uchun to'g'ri keladi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Kirish nuqtasi - narxning korreksiya darajasidan trendga qarab sapchishi. Teyk-profit - bu trend bo'yicha keyingi daraja yoki "0" nuqtasi. Stop-loss - korreksiya yo'nalishi bo'yicha keyingi daraja. Qo'shimcha indikatorlar – bu qayrilishini tasdiqlovchi patternlar va ossilyatorlar.
Misol
Birinchi korreksiyadan so'ng, Fibo setkasi quriladi (qurilish uchun ekstremumlar – ko'k chiziqlar).
Korreksiya trendga qarshi ketayotgan shamlarning soni bilan belgilanadi. Birinchi holda, korreksiya yo'q, chunki 0,38 daraja faqat soya bilan sinovdan o'tkazilgan va uning keyingi harakatlari 0,23 darajasiga yaqin kichik shamlardan iborat. Ikkinchi vaziyatda 0,5 darajaga aniq tegib o'tish va yuksaluvchi "yutib yuborish" patternlari mavjud - uzun pozitsiya ochish mumkin. 0,5 darajaga ikkinchi tegib o'tish signal tasdig'idir. "0" darajasida bitimning 50 foizini yopamiz, qolgan 50 foizini 0,23 dan 0 gacha bo'lgan uzunlikdagi treyling-stop bilan himoya qilamiz.
Fibo setkasini trend o'sib borishiga ko'ra cho'zamiz.
Qanchadir vaqt mobaynida narx 0,23 va 0,38 darajalari o'rtasida harakatlanishiga e'tibor bering. So'ngra 0,5 darajasiga o'tadi, undan sapchib yuqoriga ko'tariladi. Bitimlarni 0,23 va 0,38 darajalaridan boshlab har qanday sapchishda ochish mumkin.
Afzalliklari va kamchiliklari
Strategiyani hisoblash tamoyili, "teskari hisob" psihologiyasi bilan qo'llab-quvvatlanadi. Aksariyat treyderlar Fibo darajalarini ishlashida ishonchlari komil, shuning uchun ular kechiktirilgan orderlarni belgilashda ularga tayanadilar. Orderlar ishlaydi, demak, Fibo usuli ham ishlaydi. Shuning uchun uning afzalligi – bu instrumentning mantiqan sodda va tushunarli ekanligi. Uning kamchiligi shundaki, eng kuchli darajalarni "his qilishni" o'rganish uchun sezgilaringizni rivojlantirishingiz kerak.
The Bladerunner Trade savdo strategiyasi
Ushbu strategiya trend harakatining boshlanish momentini ko'rsatadigan harkatlanuvchi o'rtacha asosida qurilgan. Tizim yangi boshlaganlarga juda to'g'ri keladi, chunki unda signallar aniq talqin qilinadi. Eng yaxshi taymfreymlar - M30-H1. Strategiya instrumentlari: EMA (20) harakatlanuvchi o'rtacha ko'rsatkichi, darajalar va buzilish patternlari.
Strategiya tavsifi
Strategiya kontseptsiyasi 4-ta asosiy hodisalar asosida qurilgan:
Konsolidatsiya zonasidan chiqish - narxning yon kanal chegarasini buzib o'tishi.
Buzilish patternlari. Masalan, buzilish yo'nalishi bo'yicha 3 ta sham.
Harakatlanuvchi o'rtachalarning buzilishi. Konsolidatsiya zonasini buzib o'tgandan so'ng, sham harakatlanuvchi o'rtachaning tepasida/ostida yopilishi kerak. Qolgan shamlar ham EMA (20)dan yuqori/pastroq yopilishi kerak.
Sinash. Narx harakatlanuvchi o'rtacha qiymatga qaytadi, unga tegadi va undan sapchib ketadi va trendga qarab ketadi.
EMAning sinov momenti kuchli trendning boshlanishini tasdiqlaydi.
Xatar darajasi
Nisbatan kichik. Strategiyada fletdan chiqish va trendning boshlanishini tasdiqlovchi bir nechta instrumentlar kombinatsiyasi qo'llaniladi. Signallar kamdan-kam uchraydi, ammo samarali bo'ladi.
Mukofot koeffitsienti
30-50 punkt va undan yuqori – bitim treyling-stop bo'yicha yopiladi.
Savdo qilish davomiyligi
Vazifa trenddan maksimal darajada foydalanishdir. M30-H1 taymfreymlarida nisbatan kam uchraydigan, ammo aniq signallar bor, ularning yordamida kunlik bitimlarni svopda tejagan holda yopish mumkin.
Kirish/chiqish nuqtalari
Bitim harakatlanuvchi o'rtacha narx bilan sinovdan o'tkazilgandan va trend tomon harakatlana boshlaganidan keyin ochiladi. Bitimning yopilishi - savdogarning xohishiga ko'ra.
Misol
Narx aniq qarshilik darajasi bilan yonmacha harakatlanmoqda, ammo tayanch darajalari sust ifodalangan. Qo'llab – quvvatlashning birinchi (qizil) darajasida soxta buzilish mavjud - EMA testi yo'q, narx uni yuqoriga qarab buzib o'tadi.
Keyingi buzilishda tizimning dastlabki uchta sharti bajariladi:
Narx EMAdan pastroq yuradi.
1-nuqtada gorizontal koridordan tashqariga chiqish imkoniyati mavjud.
2-nuqtada shakllangan trend patternlari mavjud -ketma-ket uchta kattalashib borayotgan tanali pasayuvchi shamlar.
3-nuqtada narx EMA-ga deyarli tegdi - 4-chi tasdiqlovchi signal. Birinchi ko'k o'qdayoq qisqa pozitsiyani ochish mumkin. 4-nuqta - bu narx endi EMAga aniq tegib turganligining yakuniy tasdig'idir, tegib turish nuqtasi endi qarshilik darajasiga aylangan, chizilgan tayanch darajasi bilan mos keladi. Ikkinchi ko'k srelka, shamni ko'rsatadi, undan keyin 100% "short" bitimni ochish mumkin.
Bitim yopilishining variantlari:
H1 intervalida 30-50 punkt foyda olgandan keyin bitimning 50 foizini yopamiz, qolgan qismini 15-20 punkt uzunlikdagi treyling-stop bilan himoya qilamiz.
Keyingi yon koridor paydo bo'lganda.
Narx chizig'i EMA chizig'ini pastdan yuqoriga kesib o'tganda.
Afzalliklari va kamchiliklari
Strategiyaning afzalligi - signallarning tushunarliligida. MA bilan tasdiqlangan trend patterni va konsolidatsiya zonasining buzilishi - bu kuchli signal. Boshqa tomondan qaraganda, Forex bozori hech qachon aniq bo'lmagan. Shuning uchun, boshqa davrlar bilan tajriba o'tkazmasdan yoki boshqa indikatorlarni qo'shmasdan, faqat EMA (20) ga ishonish xavfli. Shuning uchun, strategiya g'oyasini tanlangan aktiv va taymfreymga moslashtirib ishlatishni tavsiya qilaman.
The Pop ‘n’ Stop Trade savdo strategiyasi
Aniq yuksaluvchi yoki pasayuvchi trend paydo bo'lishi bilan, yonmacha harakat tugagandan so'ng, bitimlarni ochish - bu klassik taktikadir. Narx bir muncha vaqt tor yon koridorda harakat qiladi, shundan so'ng u qarshilik yoki tayanch darajasini buzib o'tadi, bu trendning boshlanishini bildiradi.
Strategiya tavsifi
Flet - bu bozor noaniqligi holati. U trend harakatida "vaqtinchalik tanaffus" sifatida paydo bo'lishi mumkin, masalan, dam olish kunlari yoki yangiliklar chiqishidan oldin. Yoki bu trend "charchaganligi" va endi ikkinchi tomon revansh olishga tushishini anglatadi. Kanal chegaralari buzilishi, trendning boshlanishini anglatadi va aynan shu yerda pozitsiya ochiladi. Strategiya yangi treyderlar uchun mos keladi, ammo H1-dan boshlangan taymfreymda konservativ risk-menedjment qoidalari riolya qilish sharti bilan.
Xatar darajasi
O'rtacha. Sabablari:
Flet kanalining buzilishi soxta bo'lishi mumkin. Signalni tasdiqlash uchun narxning kanalga qaytishga urinishidan foydalanishingiz mumkin (kanal chegarasi buzilishi, unga qaytish va undan buzilish tomon sapchib qaytishi), trend indikatorlari va ossilyatorlar.
Flet koridorida kamdan-kam hollarda parallel chegaralar va chizish uchun aniq ekstremumlar mavjud bo'ladi. Qarshilik/tayanch chizig'ini olib kelish uchun ekstremumni tanlash xatosi, bitimning keragidan ertaroq yoki aksincha kechroq ochilishiga olib kelishi mumkin.
Mukofot koeffitsienti
Kuchli trendda 50-70 punktdan ko'proq foyda olishingiz mumkin. Ammo foyda 20-25 punktga yetganida, bitimning bir qismini yopish tavsiya etiladi.
Savdo qilish davomiyligi
Bir necha soatdan bir necha kungacha. Trend harakati kamida 8-10 sham davom etadi. Siz svopni to'lashdan oldin bitimni muddatidan oldin yopishingiz yoki bitimni treyling-stop bilan himoyalab, trenddan maksimal darajada foydalanib qolishga harakat qilishingiz mumkin.
Kirish/chiqish nuqtalari
Dastlabki grafik: yonmacha harakat mavjud va ahamiyatli qarshilik/tayanch darajalarini qurish mumkin. Darajalarning soyalar bilan sayoz buzilishlariga yo'l qo'yiladi. Dastlabki signal: narx darajani buzib o'tadi va undan tashqarida yopiladi. Shamning tanasi nisbatan katta. Ikkinchi sham buzishni davom ettiradi va buzilish shami bilan bir xil tanaga ega. Uchinchi shamda pozitsiyani ochamiz.
Xatarni kamaytirish uchun siz lokal korrektsiyani kutib turishingiz va narxning trendga qarab qayrilishini kutishingiz mumkin (kech kirish). Buzilishdan so'ng (ikkinchi sham), keyingi shamda xatar darajasini oshirish va bitim ochish mumkin. Kirish ertaroq, lekin foyda ko'proq bo'ladi. Bitim yopilishi: 50% – bir soatlik taymfreym uchun 30-40 punktdan keyin, qolgan 50% - 15-20 punkt yoki trendning o'rtacha korreksiya chuqurligidan bir oz uzunroq treyling-stop himoyalanadi.
Misol
Birinchi vazifa - flet uchastkasini topish.
Nisbatan kichik pasayuvchi harakatdan so'ng, narx yuqori volatillik bilan yonmacha harakatga o'tdi. Tayanch darajasini strelkalar ko'rsatgan uchta nuqtada chizib chiqish mumkin. Qarshilik darajasi unchalik aniq emas, lekin grafikda uning to'g'ri chizilganligi ko'rinadi – darajalar qurib bo'lingandan so'ng, narx kanalning ikkala chegarasini yana bir necha bor sinovdan o'tkazdi.
Trend harakati uchun signal:
Narx qarshilik chegarasiga tegib turadi, undan sapchib tushadi, bir muncha vaqt u bo'ylab harakatlanadi. Yon harakat shamlari kichik tanalarga ega, bu kichik savdo hajmi va vaqtinchalik sukunatdan dalolat beradi.
Narx qarshilikni buzib o'tadi. Buzilish shami katta tanaga ega va deyarli darajaning chegaralaridan butunlay tashqarida yopiladi. Bu yerda siz bitimni ochishingiz mumkin. Ammo flet uchastkasining o'rtasida soxta buzilishning misoli shuni ko'rsatadiki, hatto ketma-ket ikkita o'sib borayotgan sham ham trend shakllanishini kafolatlamaydi.
Buzilishdan keyingi uchinchi sham - o'sib boruvchi. Narx EMA (9) dan yuqoriroq - bu tasdiqlovchi signal. Uzun pozitsiyani ochishingiz mumkin.
E'tibor bering, pozitsiya ochilgandan so'ng, uzun soyali ikkita qizil sham hosil bo'ldi. Agar stop-loss qisqa bo'lsa, bitim zarar bilan muddatidan oldin yopilishi mumkin.
Afzalliklari va kamchiliklari
Afzalligi - bu treyderlarning strategiyasi va xatti-harakatlarining tushunarli mantig'i. Kamchiligi - bu soxta buzilishlar va trendning boshlanishi bilan deyarli darhol qayrilishi. Strategiyaning murakkabligi - darajalarning qurilishida. Buni yuqoridagi grafikda tasvirlangan lokal buzilishlardan aniq ko'rish mumkin.
Professionallar uchun savdo strategiyalari
Ushbu bo'limda texnik va fundamental tahlillar bazasi bilan yaxshi tanish bo'lgan treyderlar uchun Forex strategiyalari tahlil qilinadi, shuningdek, foydani maksimal darajada oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. Ushbu tizimlarning umumiy xususiyatlari:
Yuqori xatar darajasi. Ammo strategiyaning o'rtacha oylik daromadliligini oshirishga imkon beruvchi signallar tez-tez uchraydi.
Diqqat va tezkor javobni talab qiladigan yanada murakkab instrumentlar kombinatsiyasi.
Savdo tizimiga moslashuvchanlikni beradigan signallarning aniq bo'lmagan talqinlari. Bozorga kamroq aniqligdagi signallar bilan kirish -treyderning ixtiyoriga ko'ra, ammo bu yondashuv sizga "oldinlab boruvchi" bitimlarni ochish va shunga mos ravishda foydani ko'paytirib borish imkonini beradi.
Savdo tizimini ishga tushirishdan avval uni strategiya testerdan o'tkazganingizga ishonch hosil qiling.
Iqtisodiy ma'lumotlar bo'yicha savdo / News Trading
Ushbu savdo tizimlar guruhi fundamental tahlil uchun Forex savdo strategiyalari qatoriga kiradi. Statistik ma'lumotlarning e'lon qilinishi investorlarning fikriga keskin ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, treyderlarning umidlarini to'liq qondiradigan ijobiy moliyaviy hisobotlarni nashr etilishi kompaniya aksiyalari qiymatining oshishiga olib keladi.
Strategiya tavsifi
Asosiy instrument - iqtisodiy kalendar, moliyaviy hisobotlarning chop etilish taqvimi. Agar statistika ma'lumotlari prognozdan yaxshiroq bo'lsa, aktivning narxi ko'tariladi, yomonroq bo'lsa - statistika ijobiy bo'lgan taqdirda ham, aktiv narxi tushadi. Xabarlar e'lon qilinishidan bir necha daqiqa oldin, har ikki yo'nalishda ham kechiktirilgan orderlar qo'yiladi. Harakat tugaganidan so'ng, bitim birinchi qayrilish signalidayoq yopiladi.
Xatar darajasi
Strategiya bir necha sabablarga ko'ra yuqori xatarli strategiyalar guruhiga kiradi:
Ko'pchilikning reaktsiyasini aniq bashorat qilishga har doim ham ilojisi bo'lmaydi. Harakat yo'nalishini tanlashdan oldin, narx har ikki tomonga bir nechta shamlardan o'tishi mumkin, bu esa stoplarni yoki yolg'on orderlarga ham ta'sir qilishi mumkin.
Yuqori volatillik tufayli spred keskin o'sib boradi va sirpanishlar paydo bo'ladi. Sababi: sotib olish yoki sotish uchun buyurtmalar balansidagi o'zgarishlar.
Treyder ma'lumotlarga onlayn rejimda kirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Ko'pgina portallar statistikani 10-15 daqiqa kechikish bilan nashr etadilar.
Yangi boshlagan treyderlarga yangiliklar chiqishidan 30 daqiqa oldin va statistika chiqqandan keyin 30 daqiqa mobaynida savdo qilmay turish tavsiya etiladi.
Mukofot koeffitsienti
Harakatning chuqurligiga va uning davomiyligiga bog'liq. O'rtacha daromad 1-4 soat ichida 30-50-80 punkt bo'lishi mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Iqtisodiy statistika bilan bog'liq yangiliklar bozorga qisqa muddatli ta'sir ko'rsatadi. Yuqori volatillik dastlabki bir necha soat ichida kuzatiladi – H1 intervalida 3-5 sham. Ba'zida yangiliklar uzoq muddatli pasayish trendini keltirib chiqarishi mumkin. Misol: pandemiya davrida global YAIM bo'yicha salbiy prognoz AQSh fond indekslarining uzoq muddatli pasayishiga olib keldi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Asosiy instrument - bu har qanday ishonchli ma'lumotlarning onlayn manbai. Indikatorlar ikkinchi darajali rol o'ynaydi, chunki yangilik narxni osongina trendga qarshi qayrishi mumkin.
Misol
Non-Farm Payrolls iqtisodiy statistika bo'yicha savdo. AQShning bandlik to'g'risidagi hisoboti oyning har birinchi juma kuni e'lon qilinadi. Agar haqiqiy ko'rsatkich prognozdan juda farq qilsa, USD/EUR kursi yuqoriga yoki pastga ketadi.
1.Iqtisodiy kalendarni tahlil qilamiz:
08 iyul uchun hisobotga ko'ra, ish o'rinlari sonining o'sishi 372K ni tashkil etdi, shundan so'ng bu ko'rsatkich 398K gacha o'sish tomonga qayta ko'rib chiqildi. Tahlilchilar o'sish sur'atlarining 398K dan 250K gacha pasayishini taxmin qilganlar. Ammo haqiqiy ko'rsatkich 528K ga teng bo'lib chiqdi. Bu shuni anglatadiki, tahlilchilarning pessimistik prognozi amalga oshmadi, AQSh iqtisodiyoti o'sishni ko'rsatdi.
2.5 avgust kuni hisobotning e'lon qilinishidan 5 daqiqa oldin (Moskva vaqti bilan soat 15.25 da) biz M5 taymfreymida kechiktirilgan sotib olish/sotish orderlarini 5-7 punkt masofada 4 xonali kotirovkalarda o'rnatamiz, agar prognoz va faktik ma'lumot o'rtasida kuchli tafovut bo'lsa, kechiktirilgan orderlardan biri ishga tushadi.
Ijobiy statistika darhol dollarning mustahkamlanishiga, ya'ni EUR/USD kursining pasayishiga olib keladi – Sell Stop orderi ishga tushiriladi. Birinchi qayrilish shami hosil bo'lganda yoki teskari pattern paydo bo'lganda bitimni yopamiz (ushbu misolda - PIN-bar). Foyda - 40 daqiqada taxminan 70 punkt.
Afzalliklari va kamchiliklari
Afzallik shundaki, yangi boshlaganlar uchun murakkab ko'rinuvchi texnik tahlildan foydalanmasangiz ham bo'ladi. Kamchiligi - doimo yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va qaysi yangiliklar eng kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkinligini tushunishingiz kerak.
Skalping / Scalp Trading (Scalping)
Skalping - bu yuqori chastotali savdo bo'lib, u bir necha punktli rentabellik bilan operatsiyalarni ochishni nazarda tutadi. Skalping uchun yuqori volatillik va likvidlikka ega aktivlar tanlanadi. Treyderning vazifasi - birinchi signaldayoq pozitsiyani yopish yoki ochish orqali narxning qisqa muddatli harakatidan maksimal darajada foydalanishdir. Shuning uchun Skalping uchun eng yaxshi hisob turi - ECN bo'lib, u yerda spredlar hajmi nolga yaqin va yuqori likvidlik tufayli sirpanishlar yo'q.
Strategiya tavsifi
Skalping uchun eng mashhur taymfreymlar - M5 – M15, kam hollarda - M1. Bitimlar bozorda 15-30 daqiqa, kam hollarda – bir necha soat ushlab turiladi. Agar aniq trend mavjud bo'lsa, skalping muammosiz kunlik savdoga aylanishi mumkin. Bir kunda skalperlar o'nlab bitimlarni ochadilar, va pir paytda, yaqqol to'g'ridan-to'g'ri yoki teskari korrelyatsiyali bir nechta aktivlar grafiklarini nazorat qiladilar.
Xatar darajasi
Yuqori. Asosiy xatar - prognoz qilishning murakkabligi tufayli yo'qotish. Qisqa muddatli intervallarda barqaror trendlar kuzatilmaydi. Har qanday vaqtda oddiy treyderlarning stoplarini to'playdigan marketmeykerlarning bosimi ostida, narx qayrilishi mumkin. Qisqa intervallarda ko'pincha yuqori chastotali (HFT) robotlar ishga tushiriladi, ular o'rnatilgan va bekor qilingan buyurtmalar hajmi bilan, trenddagi tartibsizlikni keltirib chiqaradi.
Mukofot koeffitsienti
Spredni hisobga olganda, bitta bitimning daromadliligi, o'rtacha - 3-5 punktni tashkil etadi. Skalperning daromadi zararli bitimlarni hisobga olgan holda, 100 punktdan yuqori sof foydani tashkil qilishi mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Skalping - qisqa muddatli treydingning bir turi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Amalda qo'llaniladigan indikatorlar turi, skalping strategiyasiga bog'liq. Masalan, asosiy darajalardan sapchish. Bu yerda asosiy ko'rsatkich - trend chizig'i yoki qarshilik/tayanch chizig'idir. Ikkinchi variant – kanal ichidagi savdo. Bu yerda asosiy indikator - kanal indikatoridir. Bitim narx kanaldan tashqarida median (kanal o'rtasi) tomon qayrila boshlaganda ochiladi. Bir necha punktli foyda olgandan keyin yoki qayrilish signali paydo bo'lgandan so'ng bitim yopiladi.
Misol
Skalping fundamental volatillik momentlarida yoki konsolidatsiya zonalarida yaxshiroq ishlaydi. Trend harakatida skalping sving-treydingga aylanadi. Shuning uchun skalperning vazifasi narx harakatining amplitudasi keskin oshadigan vaqtni topishdir.
Skrinda ko'rib turganingizdek, 7 soatlik vaqt kesimida to'qqizta yetarlicha kuchli qisqa muddatli (qizil chiziqlar) va uchta soxta, zararli (ko'k chiziqlar) harakatlar mavjud. Daromadli harakatlarda "Yutib yuborish" va "PIN-bar" patternlari shakllanishi kuzatiladi. Skalper ushbu harakatning 50 foizini oladi deb faraz qilsak, spredni olib tashlagan holda, har bir bitim 7-10 punktga teng daromad keltiradi.
Afzalliklari va kamchiliklari
Strategiyaning afzalligi shundaki, u har qanday aktivlar, har qanday taymfreymlar va har qanday vaziyatda, shu jumladan flet holatida ham pul ishlashga imkon beradi. Skalping har doim boshqa turdagi strategiyaga o'tishi mumkin. Kamchiligi - bu ko'zlarga va asab tizimiga yuqori zarar. Spred bu strategiyada muhim ahamiyatga ega, chunki u foydaning katta qismini oladi. Shuning uchun treyder har daqiqada bozorni nazorat qilib, iloji boricha ko'proq foydali bitimlarni ochishga harakat qilishi kerak.
Kerri-treyding / Carry trading
Kerri-treyd (carry trade) – Markaziy banklarning stavkalari farqi bo'yicha daromad olish tizimi. Har bir brokerda svop komissiyasi mavjud bo'lib, u savdo kuni ichida bitim yopilmaganligi uchun, treyder hisobiga o'tkaziladigan yoki hisobdan yechib olinadigan to'lov miqdoridir. Agar svop pozitsiya ochilgan yo'nalishda ijobiy bo'lsa, treyder har kuni kichik daromad oladi.
Strategiya tavsifi
Valyuta juftliklari bo'yicha H4 va undan yuqori taymfreymlarda, uzoq muddatli bitimlarni faqat ijobiy svop bilan narx harakati yo'nalishi bo'yicha ochishni nazarda tutadi. Strategiya ko'pincha uzoq muddatli trend tizimlariga qo'shimcha sifatida qo'llaniladi.
Xatar darajasi
Past. Strategiyaning ikkita asosiy xatari bor - bu narx prognozga qarama-qarshi yo'nalishda ketishi yoki mamlakatlardan biri Markaziy banki hisob stavkasini o'zgartirishidir. Birinchi holda, stop-lossni zararsizlik darajasiga siljitish kifoya + spred. Bitim nolga yopiladi, lekin siz svopdan foyda olasiz. Ikkinchi holda, xatar hisoblash stavkalarini doimiy ravishda nazorat qilish orqali bartaraf etiladi.
Mukofot koeffitsienti
Svop summasi va bitimni bozorda ushlab turish davomiyligiga bog'liq. 4 xonali kotirovkalarda kredit yelkasiz pozitsiyaning 0,01 lotga teng minimal hajmi bilan, daromadlilik 1 yil uchun taxminan 35-50 AQSh dollarini tashkil etadi.
Savdo qilish davomiyligi
Kerri-treyd - uzoq muddatli strategiyadir. Bitim bozorda qancha uzoq ushlab turilsa, daromad shunchalik katta bo'ladi. Svop har kuni hisoblanadi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Asosiy signal - ijobiy svop. Indikatorlar – har qanday trendli indikator. Ular faqat trend yo'nalishini va uning kuchini aniqlash uchun kerak. Stop-loss orderini zararsizlik darajasiga o'tkazgandan so'ng, indikatorlarni boshqarish kerak emas.
Misol
1. Ijobiy svopli valyuta juftligini topamiz. Qidiruvni "ekzotik" valyutalardan boshlagan ma'qul – ular bo'yicha sirpanishlar bilan keladigan uzoq muddatli trendlar kuzatiladi. Kross-kurslarda ijobiy svoplar tez-tez uchraydi. Svoplar to'g'risidagi ma'lumotlar spetsifikatsiyalarda keltirilgan.
2. Uzoq muddatli trendni tahlil qilamiz. Agar pasayuvchi harakat uchun zarur shart-sharoitlar mavjud bo'lsa, qisqa pozitsiyani ochamiz.
Afzalliklari va kamchiliklari
Strategiya faqat kuchli trend harakati sharoitida ishlaydi, aks holda bitim sessiyasi tugashidan va svop hisoblanishidan oldin stop orderiga binoan yopiladi. Afzalligi: narx ketidan stop orderini siljitish sharti bilan, deyarli xavf-xatarning yo'qligi va trend harakatida qo'shimcha daromad olish imkoniyati.
Kamchiliklari: uzoq muddatli trend harakati bilan mos keladigan ijobiy svopga ega bo'lgan aktivlar soni juda oz. Ikkinchi kamchilik: hisoblangan svop miqdori shunchalik kichikki, sezilarli daromad olish uchun depozit, hattoki kredit yelka bilan savdo qilganda ham, bir necha ming dollarni tashkil etishi lozim. Aks holda, bundan daromadliroq moliyaviy instrumentlar turganda, pullaringizni bekordan muzlatishning ma’nosi yo’q.
Setkali strategiya: Grid Trading
Setkali strategiya, har qanday kurs harakatida orderlardan biri ishga tushishiga umid qilgan holda, kechiktirilgan orderlarni joriy narxdan yuqori va pastroqqa o'rnatishni nazarda tutadi. Trend bo'yicha strategiya: sotib olish uchun order narxdan yuqori, sotish uchun order esa - pastroq o'rnatiladi. Kontr-trend strategiyasi: sotish orderi narxdan yuqori, sotib olish orderi esa narxdan pastroq o' rnatiladi.
Strategiya tavsifi
Fikslangan darajalarda joylashtirilgan orderlar setkasini o'rnatib chiqish strategiyasi, yuqori volatillik bor bozorlarda qo'llaniladi. Flet bozorida narxlar harakatining katta amplitudasi bilan ishlaydi.
Xatar darajasi
Yuqori. Treyderdan nafaqat kechiktirilgan orderlarning to'g'ri masofasini, balki narxning keyingi harakatini ham to'g'ri taxmin qilishi talab qilinadi. O'zgaruvchan bozorda narx qisqa kechiktirilgan orderni ilib olishi va boshqa tomonga ketishi mumkin. Boshqa tomondan qaraganda, narx uzoq kechiktirilgan orderga yetib bormasligi mumkin. Maslahatchilar yordamida savdo qilishda, bu masala ikki tomondan bir nechta kechiktirilgan orderlar setkasini o'rnatish yo'li bilan hal qilinadi. Zararni qoplash uchun lotni ko'paytirish maqsadida Martingale koeffitsiyenti qo' llaniladi.
Mukofot koeffitsienti
Qisqa taymfreymda orderlar setkasini joylashtirishda daromad kichik bo'ladi - bir necha punkt. Shuning uchun ushbu savdo opsiyasi avtomatlashtiriladi. Bozorni fundamental tahlili bo'yicha savdo qilishda rentabellik 30-50 punktni tashkil qilishi mumkin. Kechiktirilgan orderlar yordamida soxta buzilishlar filtrlanadigan trendli daromadli strategiyalarda - 100 punkt va undan yuqori daromadlilik.
Savdo qilish davomiyligi
Foyda bo'yicha maqsadlarga va orderlar bilan ishlash tezligiga bog'liq. Setkali savdo strategiyasi, skalpingda, o'rnatishni avtomatlashtirish va kechiktirilgan orderlarni olib tashlash sharti bilan qo'llanilishi mumkin. Qulayroq taymfreym - M30-H1.
Kirish/chiqish nuqtalari
Narx fletda harakatlanadi va soxta buzilishlarning paydo bo'lish xavfi mavjud. Buy stop/sell stop kechiktirilgan orderlar tegishli ravishda mumkin bo'lgan buzilishdan yuqori va pastda joylashtiriladi. Agar yuqoriga qarab buzilish soxta bo'lib chiqmasa, "buy stop" ishga tushadi - uzoq pozitsiyani ochish.
Narx fletda harakat qiladi va darajaga tegib o'tishiga ishonch bor, unda flet koridorining o'rtasida sapchish sodir bo'ladi. Buy limit/stop limit orderlari ehtimoliy qayrilish darajalarida o'rnatiladi.
Instrumentlar: qayrilish patternlari, Pivot darajalari, ATR volatillik indikatori va boshqalar.
Misol
Treyderning vazifasi - buzilishdan keyin narxning harakat yo'nalishini prognoz qilish va tegishli kechiktirilgan orderni o'rnatish.
Grafikda narx bir muncha vaqt gorizontal koridorda harakatlanayotganini ko'rish mumkin. Qarshilik darajasi aniq chizilgan, aniq tayanch darajasi yo'q. Narx 50% hollarda pastki qizil chiziqqa tegib o'tadi va undan sapchib, yuqoriga ko'tariladi. Va hatto bir muncha vaqt uning atrofida harakatlanadi. Ammo 50% hollarda boshqa tayanch darajasi, ya'ni ko'k chiziq bilan teginish bilan soxta buzilishlar birga kelgan. Sotish bo'yicha kechiktirilgan Sell Stop orderini ko'k chiziqning ostida o'rnatamiz. Agar qizil tayanch darajasining yana bir buzilishi soxta bo'lib chiqsa, narx ko'k darajadan qayrilib, ordergacha yetib bormaydi. Ko'k darajadagi buzilish kuchli pasayuvchi trendning boshlanishini anglatadi.
Afzalliklari va kamchiliklari
Afzalligi: narx qaysi tomonga ketmasin, kechiktirilgan order ishga tushiriladi. Kamchiligi: narx orderni ilib, qayrilib ketishi mumkin.
Bounce Strategy savdo strategiyasi
Bu strategiya toifasining umumiy nomi bo'lib, uning mohiyati asosiy chiziqlar yoki egri chiziqlardan qaytish momentlarida bitimlarni ochishdadir. Ushbu strategiyalarining bitimlarni ochish printsipida, kanal strategiyalari bilan juda ko'p o'xshashliklari mavjud. Savdo har qanday aktivlar bo'yicha amalga oshiriladi, eng maqbul taymfreymlar - M15 va undan yuqori.
Strategiya tavsifi
Sapchib tushish (bounce) bo'yicha savdo imkoniyatlari:
Trend chizig'idan qaytish. Trend chizig'i birinchi uchta nuqta bo'yicha quriladi. Kelgusida bitim trend chizig'idan sapchish paytida ochiladi.
Harakatlanuvchi o'rtachadan qaytish. Narx uni buzib o'tmagunicha, harakatlanuvchi o'rtacha chiziq, tayanch chizig'i bo'lib xizmat qiladi. Ushbu misol yuqorida Bladerunner Forex Strategy strategiyasida ko'rib chiqilgan.
Fibonachchi darajasidan qaytish. Fibo darajasidan sapchish paytida, H1-H4 taymfreymlarida bitimlarni ochish.
Dumaloq, asosiy darajalardan qaytish.
Flet koridori savdoda qo'llanilmaydi.
Xatar darajasi
O'rtacha. Trend harakati qisqa muddatli korreksiyalardan iborat bo'lib, trend chiziqlari ularning ekstremumlari bo'yicha quriladi – strategiyani amalga oshirishning eng oson varianti. Fibo darajalari va harakatlanuvchi o'rtachalar bo'yicha savdo qilish qiyinroq, chunki buzilish har vaqtda sodir bo'lishi mumkin.
Mukofot koeffitsienti
Taymfreymga, trend kanalining kengligiga, trend kuchiga bog'liq. Bitta bitim bo'yicha o'rtacha 5-7 yoki undan ko'p shamli harakatni olishingiz mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
M15 taymfreymida bitim bozorda o'rtacha 2-3 soat davom etadi. Kunlik taymfreymda bir hafta yoki undan ko'proq vaqt davomida.
Kirish/chiqish nuqtalari
Strategiyaning yana bir varianti – bu trend koridoridan sapchishlarda savdo qilish. Bitim sapchishdan so'ng, keyingi shamda yoki birinchi shamning o'rtasida ochiladi, agar uning tanasi avvalgisiga nisbatan ancha katta bo'lsa. Agar narx darajani biroz buzib o'tgan bo'lsa, bitim narxning kanalga qaytganida ochiladi. Kanalning boshqa chegarasida yopilish. E'tibor bering, bu yerda kanal indikatorlaridan foydalanish mumkin emas, ularning kanallari narxning ketidan "ergashadi". Ko'pincha ishlatiladigan instrument - "to'g'ri to'rtburchak" figurasi. Yoki uch nuqta bo'yicha chiziqlarni qo'lda qurib chiqish.
Misol
Vazifa - uchta nuqta bo'yicha chiziqlar bilan cheklanishi mumkin bo'lgan trendni topish. Uzun taymfreymlardan foydalanganingiz ma'qul. Narx har doim ham koridorning qarama-qarshi chegarasiga yetib bormaydi, shuning uchun bitimni muddatidan oldin yopish imkoniyatlarini izlashingiz kerak.
Kunduzgi taymfreymda, qizil strelkalar ko'rsatib turgan nuqtalar bo'yicha yuksalish trendida tayanch va qarshilik chiziqlarini quramiz. Sapchishlarda (ko'k strelkalar) bitim ochamiz. Bitim treyderning xohishiga ko'ra yopiladi. Grafik kunlik bo'lgani uchun, 3-5 sham bilan kifoyalanish ham mumkin. Masalan, oxirgi bitimda narx faqat koridorning o'rtasiga yetib borgan.
Afzalliklari va kamchiliklari
Sapchishlarda savdo qilish g'oyasi mantiqan to'g'ridir, kanalli strategiyalar va sving-treyding strategiyalari unga asoslanib qurilgan. Ammo trendni ushlay olish va narx uch martadan ko'proq sapchib tushadigan chiziqlarni chiza olish juda muhimdir. Buni amalga oshirish esa juda qiyin. Yangi boshlaganlar uchun strategiya qiyin bo'lib tuyulishi mumkin, chunki unda harakatlar uchun aniq ko'rsatmalar mavjud emas. Har kim qayrilish nuqtalarini aniqlash uchun instrumentlarni o'zi tanlaydi va bitimni qaysi paytda muddatidan oldin yopish kerakligini o'zi hal qiladi.
Running out of steam strategy savdo strategiyasi
"Bosh/yelkalar", "Ikki jarlik", "ikki cho'qqi" patternlari aniq shakllanmaganda, trendning qayrilishi bo'yicha savdo qilishning alohida holati.
Strategiya tavsifi
"Buqalar/ayiqlarning nafasi yetishmay qoldi" - deb aytilganda, yuksalish yoki pasayish harakatidan keyin narx qandaydir yuqori yoki past darajaga taqalgan vaziyat haqida gap ketayotganligini anglatadi. Bu shaunday narxki, undan balandrog'iga xaridorlar aktivni sotib olishdan, sotuvchilar esa undan pastrog'iga sotishdan bosh tortishadi. Narx darajani bir necha marta sinaydi, shundan so'ng uning yo'nalishi o'zgaradi.
Signalning shakllanishi:
Faqat bitta gorizontal darajani chizish mumkin: qarshilik – buqalar undan yuqoriga ko'tarila olmaydigan, tayanch - "charchagan" sotuvchilar undan pastroq tusha olmaydigan. Ikkinchi darajani chizib bo'lmaydi – shakllangan flet kanali yo'q.
Narx uzun uchastkada darajani uch marta sinovdan o'tkazadi.
Aniq qayrilish patternlari mavjud emas.
Bitim uchinchi sapchishdan keyin ochiladi. Bitimni yopish - vaziyatga qarab.
Xatar darajasi
Yuqori. Uchinchi retestdan keyin to'rtinchisi bo'lishi mumkin. Darajaning buzilishi yoki soxta buzilish yuzaga kelishi mumkin. Ikkala holatda ham bitim Stop bilan yopiladi.
Mukofot koeffitsienti
Trendning kuchiga bog'liq. Daromadlilik 20-30 punkt orasida bo'lishi mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Strategiya uzoq muddatli. Narxlar shovqini va marketmeykerlar ta'sirini istisno qilish uchun, H1 dan yuqori taymfreymlarda ishlash lozim. Signalning shakllanishi bir necha kun davom etishi mumkin. Ochilgan bitim bozorda 1 kundan ortiq ushlanib turadi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Bitim qayrilishdan keyingi shamda, narx uchinchi marta darajaga teggandan so'ng ochiladi.
Misol
Nazariy jihatdan qarshilikning yuqori darajasini chizish mumkin. Ammo narx unga bir necha bor yetishga harakat qiladi. Tayanch darajalari aniq ifoda etilmagan - chizilgan darajalarning har biri haqida xuddi shunday deyish mumkin. Ammo pasayish trendi biroz yuqoriga qaragan korreksiya bilan boshlandi. Bitimni ochish momenti noaniq. Qarshilik darajasidan sapchishdan keyingi pastga yo'naltirilgan ikkita uzun sham yaxshi fursat bo'lib ko'rinadi, ammo korreksiya momentini kutish va u tugaganidan so'ng bitimni ochgan ma'qul.
Afzalliklari va kamchiliklari
Ushbu printsipni alohida strategiya deb aytish qiyin, ammo ba'zi manbalarda unga alohida e'tibor beriladi. Strategiya shuni ko'rsatadiki, trend o'zgarishi uzoq vaqt davom etishi mumkin. Va narx yo'nalishni o'zgartirishdan oldin aniq fletsiz harqanday tartibsiz figuralarni chizishi mumkin. Uning afzalligi - ertami-kechmi trend baribir keladi va signal kuchli bo'ladi. Kamchiligi - agar bitim ochilgan bo'lsa, yana bir bor asosiy darajaga qaytishga bardosh berish uchun katta depozit kerak bo'ladi.
Harakat impulsining kuchini talqin qilish uchun "valyuta kuchi indikatori" ossilyator turidagi instrumentdan foydalanish mumkin.
Breakout Strategy savdo strategiyasi
Breakout Strategy strategiyasi, asosiy daraja buzilganlik holatida, bitimni ochishni nazarda tutadi. Bu trendli va kanalli strategiyalarining o'ziga xos simbiozidir. Trend ko'pincha sotuvchilar va xaridorlar buyurtmalarida muvozanat yuzaga keladigan darajalarga duch keladi. Narx bir muncha vaqt daraja bo'ylab harakatlanadi va undan keyin qayrilish (yangi trend yoki korreksiya) yoki daraja buzilishi ehtimoli bor. Buzilish(proriv) dan keyin bitimni ochish, Breakout Strategy deb nomlanadi.
Strategiya tavsifi
Strategiyaning g'oyasi, narxni ilib ketgan darajaning buzilishi, trend hali tamoman tugamagan degan fikrda qurilgan. Va agar siz trendning boshida bitimni ochishga ulgurmagan bo'lsangiz va u har qanday vaqtda tugashi mumkinligidan qo'rqsangiz, buzilish - bu aynan uning oxirgi qismidan foydalanib wolish uchun qulay fursatdir.
Xatar darajasi
O'rtacha. Buzilish soxta bo'lib chiqishi mumkin. Boshqa tomondan qaraganda, agar u fundamental omillar bilan tasdiqlangan bo'lsa, ya'ni narx yangiliklardan keyin ham davom etsa, xatar kamayadi.
Mukofot koeffitsienti
Soatlik intervalda 30-50 punktdan yuqori foyda olishingiz mumkin. Vaziyat omadli kechgan holda, daromad 70-100 punktdan yuqori bo'lishi ham mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Trendning kuchiga bog'liq. O'rtacha, 4-6 shamni olishga ulgirish mumkin.
Kirish/chiqish nuqtalari
Trend aniq ifodalangan harakatni ko'rsatadi. Keyin vaqtinchalik pauza keladi va Flet paydo bo'ladi. Narx vaqti-vaqti bilan ikkala tomonga qarab chiqishga harakat qiladi va flet koridoriga qaytadi. Tasdiqlovchi pattern bilan trend tomon buzilish - bitimni ochishga signal. Bitim buzilishdan keyingi shamda ochiladi. Bitimni yopish - vaziyatga qarab. Yopish uchun signallar: qayrilish patternlari, treyling bo'yicha yopilish va boshqalar.
Misol
1 – narx pasayuvchi harakat boshlanganidan so'ng, birinchi qayrilish nuqtasini chizdi. Pasayuvchi harakat qisqa bo'lsa-da, uni trend deb atash mumkin, chunki shamlarning uzunligi avvalgilariga qaraganda ancha uzun.
2 – korreksiyaning tugashi.
3 – narx yana o'sha darajaga taqaladi - tayanch chizig'ini chizish mumkin.
4 – korreksiyaning tugashi, qarshilik shakllanadi.
5 – tayanch darajasini kuchli daraja sifatida tasdiqlash. Shamlarning deyarli pastga qaragan soyalari yo'q. Bu shuni ko'rsatadiki, xaridorlar aktivni sotib olishga shoshilmayaptilar va soat oxirida narx eng past qiymatda qoladi.
6 – qarshilik darajasining tepaga qarab soxta buzilishi va tayanch darajasi buzilishi bilan pastga qaratilgan kuchli sham qatori.
7-qisqa pozitsiyani ochamiz.
Ketma-ket ikkita yuksaluvchi sham paydo bo'lganidan keyin bitimni yopilishi. Yoki treyling bo'yicha.
Afzalliklari va kamchiliklari
Strategiyaning afzalligi shundaki, signal narxning keyingi harakatini tasdiqlaydi. Kamchiligi: bunday kuchli trendlar kamdan-kam uchraydi va M15-M30 taymfreymida harakatning beqarorligi tufayli ko'plab soxta signallar beradi.
Overbought and Oversold savdo strategiyasi
Savdo strategiyasi trend abadiy davom eta olmasligi g'oyasiga asoslanadi. Ertami-kechmi narx shunchalik yuqori bo'ladiki, xaridorlar aktivni sotib olishdan bosh tortadilar. Yoki shunchalik past bo'ladiki, sotuvchilar o'sishiga umid qilib, aktivni zarar bilan sotishdan bosh tortadilar. Yoki xaridorlar nihoyat o'zlari uchun qulay narxni ko'rishadi va aktivni sotib olishga qaror qilishadi.
Xaridorlar bo'lmaganda, o'z hajmlari bilan narxni tushirib yuboradigan sotuvchilar paydo bo'ladi. Qayrilish nuqtasida aktiv haddan tashqari sotib olingan deb ataladi. Ammo qayrilish kamdan-kam hollarda tez va aniq shakllanadi. Xaridorlar yana arzonlashtirilgan aktivni sotib olishni boshlaydilar, narx haddan tashqari sotib olinganlik darajasiga ko'tariladi. Shunday qilib, taklif zonasi hosil bo'ladi. Haddan tashqari sotilganlik zonasi uchun esa "ko'zgu" holati, shu asnoda talab zonasi hosil bo'ladi.
Strategiya tavsifi
Treyderning vazifasi - talab va/yoki taklif zonalarini to'g'ri belgilash va zonalar chegaralarining soxta buzilishlarini filtrlash orqali ularga kechiktirilgan orderlarni o'rnatish. Maqsad - narxning qayrilish zonalarida trendni shakllanishini kutish.
Xatar darajasi
O'rtachadan yuqori. Masalan, mantiqan, pastga qayrilish har qanday holatda ham sodir bo'lishi kerak. Ammo qayrilishdan keyin yana xaridorlar hajmi ortishi mumkin. "Belanchak" uzoq vaqt davom etishi mumkin. Ammo xaridorlar sotuvchilar hali aktivni ommaviy sotishga tayyor emasligini, ya'ni o'sishni davom ettirishga umid qilishlarini anglab yetgach, narx o'sishda davom etadi. Bunday "ralli" kriptovalyuta bozorida aniq ko'rinadi.
Mukofot koeffitsienti
Taymfreymga bog'liq. Soat intervalida kuniga kamida 30-50 punkt beradigan trendni ushlash mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Taymfreymning qanaqaligiga bog'liq. Strategiya bir necha kungacha bitimni ushlab turish imkoniyatiga ega bo'lgan kunlik savdo uchun to'g'ri keladi. Ammo zonalar H4 va undan yuqori taymfreymda eng yaqqol ko'rinadi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Siz grafikda haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlik zonalarni aniqlaysiz. Ularda qayrilish patternlari va boshqa qayrilish signallari paydo bo'lishi bilanoq, siz teskari yo'nalishda bitim ochasiz. Eng kuchli signal – bu eng uzoq zona chizig'ining retesti. Bitimni yopish – trendning tugashi, qarama-qarshi zonaga yetish.
Misol
H4 taymfreymi uchun uzoq muddatli Forex strategiyasi.
H4 taymfreymida yuqori volatillikda fletga o'tishni boshlagan yuksaluvchi trend kuzatilgan.
"1" nuqtalari bo'yicha tayanch (qizil gorizontal) va qarshilik (ko'k gorizontal) darajasini qurishingiz mumkin. Bu kelajakdagi talab (pastki zona) va taklif (yuqori zona) zonalarining eng yaqin darajalari.
"2" nuqtada yana bir qayrilish shakllanadi. Darajali nazariya nuqtai nazaridan u "soxta buzilish" deb nomlanadi – u oldingi qarshilik darajasini buzib o'tadi, lekin trendni davom ettirmaydi. Uning asosida eng uzoq qarshilik darajasi quriladi. Ko'k chiziqlar orasidagi masofa - taklif zonasidir.
Keyingi yuksaluvchi harakatda eng uzoq qarshilik chizig'ining buzilishi sodir bo'ladi. Zonaga qaytish - uzoq qarshilik darajasidagi retest bo'lib, xaridorlar ikkinchi urinishda ham yuksalish trendini o'rnatolmasligini ko'rsatadi. "3" nuqtada qisqa pozitsiya ochamiz.
Narx tayanch darajasini buzib o'tadi va yuqoriga qayriladi. "4" nuqtada qisqa pozitsiyani yopamiz. Qayrilish nuqtasi bo'yicha uzoq tayanch chizig'ini o'tkazamiz. Qizil chiziqlar orasidagi masofa - talab zonasini tashkil qiladi.
"5" nuqtada narx yana talab zonasiga kiradi, uzoq tayanch darajasida retest o' tkazadi va yuqoriga qayriladi – uzuq pozitsiya ochamiz.
"6" nuqtada, narx yaqin qarshilik darajasiga tegganda, bitimni yopamiz.
Ushbu misol, uzoq muddatli intervalda, talab va taklifning shakllangan zonalaridan, darajani retest qilish qoidasiga muvofiq, bitimni ochish uchun signallarni qanday qilib ketma-ket topish mumkinligini ko'rsatadi.
Afzalliklari va kamchiliklari
Strategiyada signallarning aniq talqini yo'q. Har bir treyder o'z xohishiga ko'ra zonalarning chegaralarini aniqlaydi va soxta buzilish chegaralarini belgilaydi. Mantiqan tushunarli bo'lishiga qaramay, ushbu strategiyada yuqori xatarni belgilaydigan aniqlik yo'q. Bunday holda, ossilyatorlar haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlik zonalari diapazonlarini aniqlashga yordam bermaydi. Zonaning o'zi esa, ortidan trend davom etgan konsolidatsiya zonasi bo'lib chiqishi mumkin.
Daily Fibonacci Pivot Trade savdo strategiyasi
Ushbu strategiya - Fibonachchi darajalari bo'yicha savdo qilishning bir turi bo'lib, qo'shimcha tasdiqlovchi "Pivot nuqtasi" indikatoriga ega. Savdo, shuningdek, Fibo darajalari orasidagi trendning korrektsiyasi yoki davom etishi asosida amalga oshiriladi. Ammo kuchaytiruvchi signal - ikkala indikator signallarining o'zaro mos kelishi.
Strategiya tavsifi
Trend bozorida birinchi korreksiyaning boshida Fibonachchi darajalari quriladi. Dastlabki signal - narx Fibo darajasidan sapchib, trend tomon siljidi. Bunday holda, daraja S1/S2/S3 yoki R1/R2/R3 bilan mos keldi.
Xatar darajasi
Yuqori. Foreks strategiyasi uzoq vaqt davomida ma'lum bir aktiv va taymfreymga moslashtirilishi kerak. Uzoq muddatli sinovlarsiz ko'plab soxta signallarni olish xavfi yuqori.
Mukofot koeffitsienti
H4 taymfreymida darajalar orasidagi masofa taxminan 40 punktni tashkil qiladi.
Savdo qilish davomiyligi
Uzoq muddatli strategiya, bitim bozorda bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Korreksiya paytida narx Pivot darajalariga mos tushadigan, Fibo darajasiga tegib o'tadi. Keyin esa qariladi. Ochilgan shamning o'rtasida bitim ochamiz. Eng yaqin maqsad - trend bo'yicha keyingi daraja.
Misol
Grafikda bu taxminan shunday ko'rinadi. S1/R1 darajalari qoldirilgan bo'lsa ham, grafik chiziqlar bilan ortiqcha to'yingan, ammo korreksiyadagi bitta kirish nuqtasini ko'rish mumkin. Shuning uchun maslahatim: ushbu strategiyada ishlash ko'nikmalarini, kotirovkalar tarixiga tayanib takomillashtirish qiyin. Demo-hisobdan foydalaning va indikator sozlamalarida "Teskari qiymatlar soni"dagi eng minimal qiymat - 2 qiymatini o'rnating. Bunday holda, indikator H4 intervali uchun 6 shamni, H1 uchun esa – 24 shamni hisobga oladi. Va darajalarning ikki qiymatini hisoblab chiqadi.
Afzalliklari va kamchiliklari
Fibonachchi darajalari - bu yaxshi instrument aslida, faqatgina unga o'rganish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Ammo Pivotning nuqtalari bilan kombinatsiyada, nisbatan oddiy bo'lgan Forex strategiyasi, murakkab, professional tizimga aylanadi. Pivot nuqtalaring turli xil formulalari bor: Kamaril'ya, Fibonachchi, Vudi va boshqalar. Siz tarix bo'yicha indikatorlarni "qulog'idan cho'zish orqali" parametrlarni uzoq o'zgartirishingiz mumkin, ammo bu haqiqiy hisobdagi natijani kafolatlamaydi.
Overlapping Fibonacci Trade savdo strategiyasi
Strategiya bitta trendda qurilgan ikkita Fibonachchi setkasi asosida tuziladi. Birinchi setka trendning boshlanishi va uning ekstremumi asosida quriladi. Yangi ekstremumlar paydo bo'lganda, setka kengayadi. Ikkinchi setka birinchi korreksiyaning ekstremumi va trendning ekstremumiga asoslangan. Ikkala setkada ham turli sanash nuqtalari va bir xil so'nggi nuqta mavjud.
Strategiya tavsifi
Ikkala Fibonachi setkasi darajalarining bir-biriga mos kelishi, kuchli gorizontal hisoblanadi. Undan sapchish yuz bergan paytda, "trend bo'yicha keyingi daraja yoki ekstremum darajasi" ("0" - daraja) maqsadli darajasi bilan bitim ochiladi.
Xatar darajasi
Yuqori. darajalar oxir-oqibat bir-biriga mos keladigan tarzda setkalarni qurish bo'yicha harakatlar, istalganlarni haqiqiy natija sifatida qabul qilinishi xavfiga olib keladi.
Mukofot koeffitsienti
Taymfreymga bog'liq. H4 taymfreymida darajalar orasidagi masofa taxminan 40 punktni tashkil qiladi. Soatlik intervalda qisqa harakat bilan 15-20 punktga teng foyda olishingiz mumkin.
Savdo qilish davomiyligi
Taymfreymga bog'liq. Agar bitim Fiboning keyingi darajasida yopilsa, H1 intervali bo' yicha strategiya kunlik strategiyaga aylanadi.
Kirish/chiqish nuqtalari
Kirish - kkitalik Fibo darajasida korreksiya narxidan trendga qarab sapchish bor bo'lsa. Ikkitalik darajani buzib o'tish va trendga qaytish mumkin. Bitim trend bo'yicha ikkitalik daraja buzilgan paytda ochiladi. Bitimni yopish - trend bo'yicha keyingi Fibo darajasi.
Misol
Bir-birining ustiga o'rnatilgan ikkita setka, vizual nuqtai nazardan unchalik qulay emas, grafikda ko'plab chiziqlar, ajratilgan zonalar hosil bo'ladi. Va agar buning ustiga boshqa indikatorlarni ham qo'shsangiz, betartiblik paydo bo'ladi. Shunga qaramay, ba'zi qonuniyatlarni topish mumkin. Masalan, 0,5 va 0,618 daralari bir-biriga mos kelishi, haqiqatan ham kuchli signal bo'lib chiqdi. Bundan tashqari, ba'zi uchastkalarda turli xil setkalar darajalari orasidagi harakatlarni ko'rish mumkin. Ular kichik, va ulardan ko'p pul ishlab bo' lmaydi. Ammo ularni kichik taymfreymlarda savdo qilish uchun ishlatish mumkin, bu esa avvalroq kirish nuqtalarini topishga imkon beradi.
Afzalliklari va kamchiliklari
Signalni boshqacha sozlamalarga ega o'xshash indikator yordamida topish g'oyasi, eng ishlaydigan strategiyalardan biri hisoblanadi. Bir nechta stoxastik indikatirlar, harakatlanuvchi o'rtachalar va boshqa indikatorlar asosida qurilgan strategiyalar mavjud. Ammo uchbu holatda, u faqat trendning boshlanish va tugash nuqtalarini intuitiv ravishda aniqlashni o'rganganingizdagina ishlaydi. Agar birinchi Fibo setkasi trendning boshlanish nuqtasi va uning ekstremumi bo'yicha qurilsa, hech qanday muammo bo'lmaydi. Unday bo'lsa, ikkinchi setka uchun qanday korreksiya nuqtasini qo'llash lozim? Yoki korreksiyalar ikkita bo'lsa, ikkita Fibo setkasi quriladimi? Ushbu savollarga tajribangiz va intuitsiyangizni rivojlantirgan holda, faqat siz javob berishingiz mumkin. Setkalarni "ko'r-ko'rona" o'rnatish - bu soxta signallarni olish xavfi demakdir.
Savdo strategiyalaridan foydalanish bo’yicha natijalarni sarhisob qilamiz
Ushbu blokda ko'rib chiqilgan barcha strategiyalar bo'yicha reytingli Pivot jadvali tayyorlangan va umumiy mezonlar bo'yicha 1 dan 19 gacha ball berilgan. 1 – eng oddiy, yangi boshlagan treyderlar uchun tavsiya etilgan strategiya, 19 –eng murakkab, professional savdo tizimi. Baholash sub'ektivdir. Va agar bu borada sizning fikringiz boshqacha bo'lsa, o'z tajribangiz, strategiyangiz bilan o'rtoqlashmoqchi bo'lsangiz yoki tahlil qilingan tizimlar bo'yicha savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, ushbu fikrlaringizni sharhlarda muhokama qilish uchun taklif qilaman.
Strategiya: Pozitsion savdo
Xatar darajasi: o’rtacha
Mukofot koeffitsienti: yillik 15-50%
Bitimning davomiyligi: Bir necha hafta
Kirish nuqtalari: Uzoq muddatli trendning boshlanishi
Chiqish nuqtalari: Trendning qayrilishi, narxning fletga o’tishi. Treyling bo’yicha chiqish
Afzalliklari: Uzun taymfreymda barqaror trend mavjud. Grafikni doimiy ravishda kuzatib borish shart emas
Kamchiliklari: Signallar kam. Nisbatan pastroq daromadlilik
Umumiy reyting: 9
Strategiya: Trend buzilishi bo'yicha savdo
Xatar darajasi: O’rtachadan pastroq
Mukofot koeffitsienti: Bir necha kun ichida 100-150 punkt
Bitimning davomiyligi: 12-15 soatdan bir necha kungacha
Kirish nuqtalari: Qayrilishda trend chizig'i buzilishidan so'ng, keyingi sham
Chiqish nuqtalari: Qayrilish patternlarining paydo bo'lishi, trend harakatining susayishi
Afzalliklari: Signallarning mantiqan tushunarliligi. Tahlil qilish uchun vaqt borligi. Kech kirishning mumkinligi
Kamchiliklari: Chuqur korreksiyada zararni oldini olish uchun grafikni kuzatib borish kerak
Umumiy reyting: 1
Strategiya: Sving treyding
Xatar darajasi: O’rtacha
Mukofot koeffitsienti: Trend bo'yicha savdo qilishdagi soatlik intervalda, daromadlilik 80-100 punktni tashkil qiladi
Bitimning davomiyligi: Bir necha soatdan bir necha kungacha
Kirish nuqtalari: Pozitsiya tugaganidan so'ng narxning trend yo'nalishi bo'ylab qayrilishi
Chiqish nuqtalari: Narx korreksiyaning boshlanish darajasiga yetganida 50%. Qolgan 50% - treyling bo'yicha
Afzalliklari: Signallarning mantiqan tushunarliligi. Korreksiya uchastkalarini "o'tkazib yuborish" hisobiga nisbatan yuqori daromadlilik
Kamchiliklari: Grafikni doimiy nazorat qilish. Korreksiya yangi trend bo'lib chiqishi xavfi mavjud
Umumiy reyting: 6
Strategiya: Trend bo'yicha savdo
Xatar darajasi: O’rtachadan pastroq
Mukofot koeffitsienti: Kun ichidagi (kunlik) savdoda 40-50 punkt
Bitimning davomiyligi: O'rta muddatli treydingga o'tish imkoniyati bilan kun ichidagi (kunlik) savdo
Kirish nuqtalari: Trendning yakunlanishi, uning qayrilishi. Yoki fletdan chiqish. Patternlar va trend indikatorlari yordamida tasdiqlanadi
Chiqish nuqtalari: Maqsadli daromadga erishilgandan so'ng, bitimning qisman yopilishi, hajm qoldig'ini treyling bilan himoyalash. Darajalar, qayrilish patternlari bo'yicha chiqish
Afzalliklari: Grafikni baholash uchun vaqt bor, soatlik va undan ko'proq intervallarda trendlar barqaror bo'ladi
Kamchiliklari: Nisbatan kam uchraydigan signallar
Umumiy reyting: 4
Strategiya: Diapazonli savdo
Xatar darajasi: O’rtacha
Mukofot koeffitsienti: Soatlik taymfreymda 20-30 punkt
Bitimning davomiyligi: Kun ichidagi savdo
Kirish nuqtalari: Agar kanalning o'rtasiga qarab buzilish bo'lgan taqdirda, narxning kanaldan tashqarida qayrilishi. Yoki buzilishsiz narxning sapchish momentida
Chiqish nuqtalari: 50% – kanalning o'rtasi, 50% – treyling bo'yicha yoki kanalning qarama-qarshi chegarasiga tekkanida
Afzalliklari: Aniq talqin qilish mumkin bo'lgan nisbatan aniq signallar
Kamchiliklari: Kanal kengligini aniqlab beruvchi indikatorlar sozlamalarini tanlashning murakkabligi
Umumiy reyting: 12
Strategiya: Kunlik (kun ichidagi) savdo
Xatar darajasi: Yuqori – skalping uchun, o'rtachadan pastroq – trend strategiyasi uchun
Mukofot koeffitsienti: Aktivning yuqori volatilligi bilan trend bo'yicha strategiya uchun 70-100 punkt
Bitimning davomiyligi: Bitimni bozorda o'rtacha 8-12 soat ushlab turish yo'li bilan kunlik savdo
Kirish nuqtalari: Qayrilish patternlari, trend indikatorlari, ossilyatorlar bilan aniqlanadigan, trendning qayrilish momentlari yoki fletdan chiqish
Chiqish nuqtalari: Trendning yakunlanish momentida: asosiy darajalarga erishish, yangiliklar chiqarilishidan 30 daqiqa oldin, qayrilish patternlarining paydo bo'lishi
Afzalliklari: Svopda tejash. Har xil turdagi strategiyalarni amalga oshirish imkoniyati
Kamchiliklari: Grafikni doimiy nazorat qilish
Umumiy reyting: 5
Strategiya: Korreksiya bo'yicha savdo
Xatar darajasi: O’rtacha
Mukofot koeffitsienti: Soatlik intervalda 15-35 punkt
Bitimning davomiyligi: Kunlik, o'rta va uzoq muddatli savdo
Kirish nuqtalari: Korrektsiyaning oxiri, Fibo darajasidan "sapchish" bilan trend yo'nalishi bo'yicha qayrilish
Chiqish nuqtalari: Uzoq muddatli strategiyaning konservativ ko'rinishi - bitimning 100 foizi trend bo'yicha eng yaqin Fibo darajasiga yetishi bilan yopiladi. Agressiv - bitimning 50 foizi "0" darajasida yopiladi, qolgan 50% treyling bilan himoyalanadi
Afzalliklari: Tizim ko'pchilik psixologiyasiga asoslangan
Kamchiliklari: Kuchli darajalarni aniqlash uchun sezgi (intuitsiya) kerak
Umumiy reyting: 14
Strategiya: The Bladerunner Trade
Xatar darajasi: O’rtachadan pastroq
Mukofot koeffitsienti: 30-50 punkt va undan yuqori
Bitimning davomiyligi: Kun ichidagi
Kirish nuqtalari: Asosiy daraja va MA-ni narx bilan sinash nuqtasining bir-biriga mos kelishi
Chiqish nuqtalari: Qayrilish patterni bo'yicha, treyling bo'yicha
Afzalliklari: Signallarning mantiqan tushunarliligi
Kamchiliklari: Signallarning kamligi
Umumiy reyting: 2
Strategiya: The Pop ‘n’ Stop Trade
Xatar darajasi: O’rtacha
Mukofot koeffitsienti: Konservativ variant – 25-30 punkt, agressiv – 50 punkt va undan yuqori
Bitimning davomiyligi: Bir necha soatdan bir necha kungacha
Kirish nuqtalari: Narxning fletdan chiqishi (koridor chegarasining buzilishi), trendning boshlanishi
Chiqish nuqtalari: Qayrilish patternlarining paydo bo'lishi, shamlar tanasining kichrayishi, fletga o'tish
Afzalliklari: Signallar mantiqan tushunarli
Kamchiliklari: Soxta buzilishlar paydo bo'lishi xavfi mavjud
Umumiy reyting: 7
Strategiya: Iqtisodiy yangiliklar bo'yicha savdo
Xatar darajasi: Yuqori
Mukofot koeffitsienti: 30-50 punkt
Bitimning davomiyligi: Bir necha soat
Kirish nuqtalari: Yangiliklar chiqishi. Kechiktirilgan orderlardan foydalanish mumkin
Chiqish nuqtalari: Trendning so’nishi
Afzalliklari: Volatillikning keskin o'sishida tez daromad olish imkoniyati
Kamchiliklari: Volatillik sababli stop ishlaganida, bitimning yopilish ehtimoli yuqori, harakat yo'nalishida adashish xavfi mavjud.
Umumiy reyting: 13
Strategiya: Skalping
Xatar darajasi: Yuqori
Mukofot koeffitsienti: 50-100 punkt – bitimlar soniga bog’liq
Bitimning davomiyligi: Qisqa muddatli savdo
Kirish nuqtalari: Bozorga kirish signallarini qidirish uchun har qanday yondashuvlar
Chiqish nuqtalari: Bozordan chiqish signallarini qidirish uchun har qanday yondashuvlar
Afzalliklari: Strategiya har qanday aktivlarga va har qanday bozor holatiga, shu jumladan fletga ham to'g'ri keladi
Kamchiliklari: Kuniga o'nlab bitimlarni ochish kerakligi sababli emotsional stress mavjud
Umumiy reyting: 16
Strategiya: Kerri-treyd
Xatar darajasi: O’rtachadan pastroq
Mukofot koeffitsienti: Kredit yelkasi, pozitsiya hajmi va svop hajmiga bog’liq
Bitimning davomiyligi: Uzoq muddatli
Kirish nuqtalari: Uzoq muddatli narx harakatiga mos keladigan ijobiy svop
Chiqish nuqtalari: Treyling bo'yicha. Yoki hisob stavkalari o'zgartiriladigan vaqtgacha
Afzalliklari: Agar narx yo'nalishi bo'yicha to'gri prognoz qilingan va stop o'z vaqtida zararsizlik darajasiga o'tkazilgan bo'lsa, risklar mavjud emas
Kamchiliklari: Ijobiy svop bilan aktivlar soni cheklangan. Katta depozit kerak va kredit yelkasi bilan savdo qilish shart
Umumiy reyting: 3
Strategiya: Setkali strategiya
Xatar darajasi: Yuqori
Mukofot koeffitsienti: 30-50 punkt
Bitimning davomiyligi: Ko'pincha kunlik(kun ichidagi) savdo
Kirish nuqtalari: Kechiktirilgan orderlar bo’yicha
Chiqish nuqtalari: Treyling bo’yicha
Afzalliklari: Narx qaysi yo'nalishda ketmasin, order baribir ishlaydi
Kamchiliklari: Kechiktirilgan orderlar uzunligini hisoblash qiyin
Umumiy reyting: 15
Strategiya: Bounce Strategy
Xatar darajasi: O’rtacha
Mukofot koeffitsienti: 5-7 sham
Bitimning davomiyligi: M15 intervalida bir necha soat
Kirish nuqtalari: Kanal chegarasidan sapchib qaytgandan so'ng keladigan keyingi shamda
Chiqish nuqtalari: Kanalning qarama-qarshi chegarasiga yetganda
Afzalliklari: Bir harakat bilan bir nechta signallarni ushlash mumkin
Kamchiliklari: Signallarni aniqlash bo'yicha aniq ko'rsatmalar mavjud emas
Umumiy reyting: 8
Strategiya: Running out of steam
Xatar darajasi: Yuqori
Mukofot koeffitsienti: 20-30 punktdan boshlab
Bitimning davomiyligi: Kun ichidagi, uzoq muddatli
Kirish nuqtalari: Qisqa pozitsiya uchun qarshilik darajasidan sapchib qaytish paytida, uzun pozitsiya uchun qo'llab-quvvatlash darajasidan
Chiqish nuqtalari: Vaziyatga qarab
Afzalliklari: Trend yo'nalishini o'zgartirganda kuchli harakatni ushlash mumkin
Kamchiliklari: Bitimni ochish signallarini talqin qilish bo'yicha aniq tavsiyalar mavjud emas
Umumiy reyting: 17
Strategiya: "Breakthrough" (ilg’orlashish) strategiyasi
Xatar darajasi: O’rtacha
Mukofot koeffitsienti: 50-70 punkt
Bitimning davomiyligi: Bir necha soatdan bir necha kungacha
Kirish nuqtalari: Kichik gorizontal harakatdan so'ng trendning davom etishi
Chiqish nuqtalari: Qayrilish patternlarining paydo bo'lishi
Afzalliklari: Breakthrough (ilg'orlashish) holatida trendni davom ettirish ehtimoli yuqori
Kamchiliklari: Soxta ilg'orlashish xavfi, kam uchraydigan signallar
Umumiy reyting: 10
Strategiya: Haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlik
Xatar darajasi: O’rtachadan yuqoriroq
Mukofot koeffitsienti: soatlik intervalda 30-50 punkt
Bitimning davomiyligi: Bir necha soatdan bir necha kungacha
Kirish nuqtalari: Talab va taklif zonalarida qayrilish patternlari bo'yicha
Chiqish nuqtalari: Trendning oxiri. Narxning qarama-qarshi zonaga yetib borishi
Afzalliklari: Strategiyaning tushunarli mantig'i, ammo zonalar chegaralari treyderning shaxsiy xohishiga ko'ra aniqlanadi
Kamchiliklari: Signallarning aniq talqini yo’q
Umumiy reyting: 11
Strategiya: Daily Fibonacci Pivot Trade
Xatar darajasi: Yuqori
Mukofot koeffitsienti: Н4 intervali uchun 40 punkt atrofida
Bitimning davomiyligi: Uzoq muddatli strategiya
Kirish nuqtalari: Korreksiyaning oxiri Fibo darajalaridan biriga va Pivotning qayrilish darajasi bilan mos keladi
Chiqish nuqtalari: Trend yo'nalishi bo'yicha Fiboning birinchi darajasi
Afzalliklari: Signalning ikki tomonlama tasdiqlanishi
Kamchiliklari: Signallarning murakkab talqini
Umumiy reyting: 18
Strategiya: Overlapping Fibonacci Trade
Xatar darajasi: Yuqori
Mukofot koeffitsienti: Н4 intervali uchun 40 punkt atrofida
Bitimning davomiyligi: Uzoq muddatli strategiya
Kirish nuqtalari: Ikki xil turdagi setkalarning Fiboning ikkala darajasi bilan mos keladigan korreksiyaning oxiri
Chiqish nuqtalari: Trend yo'nalishi bo'yicha Fiboning birinchi darajasi. Yoki ikkala setkada ham mos keladigan "0" darajasi
Afzalliklari: Signallarning ikki tomonlama tasdiqlanishi
Kamchiliklari: Kam uchraydigan signallar. Ikkinchi Fibo setkasining qurilish nuqtalarini aniqlashning murakkabligi
Umumiy reyting: 19
Oddiy strategiya - daromadli strategiya degani emas. Murakkab professional savdo tizimi ham daromadlilikni kafolatlamaydi. Indikatorlar soni ham muhim emas, signalni ikki marta tasdiqlashga urinish muvaffaqiyat ehtimolini oshirmaydi, balki uning paydo bo'lish chastotasini kamaytiradi. Muvaffaqiyatli strategiya - bu siz tushunadigan, maqsadlaringizga mos keladigan va charchoq emas, balki qoniqish va qulaylik olib keladigan strategiya.
Foreksda bunday savdo strategiyasini qanday topish mumkin:
Demo hisobida turli xil savdo tizimlarini sinab ko'ring va o'zingizga yoqadiganini tanlang. LiteFinance kompaniyasining demo hisobi ro'yxatdan o'tishni talab qilmaydi.
Daromad ortidan quvmang. Birinchi bosqichda maqsad -tajribani oshirishdir.
Eksperiment qiling. Strategiyalarni o'zingizning go'yalaringiz bilan boyiting, ularni o'zingizga moslashtiring va har xil vaziyatlarda sinab ko'ring. Taymfreymlarni o'zgartiring, tizimni turli xil aktivlarda qo'llang, turli xil xatar darajalarini o'rnating. Turli indikatorlar bilan ishlashga harakat qiling.
O'z kuchingizga ishoning, yangi narsalarni sinab ko'rishdan qo'rqmang va siz albatta muvaffaqiyatga erishasiz. Muvaffaqiyatli investitsiyalar tilayman!
Forex strategiyalari bo'yicha ko'p beriladigan savollar
Eng yaxshi Forex strategiyasi - bu sizga ishlash uchun eng qulay bo'lgan strategiyadir. Indikatorlar soni yoki signallarning kombinatsiyasi muhim emas. Strategiya sizning daromad bo'yicha maqsadlaringizga javob berishi, emotsional charchatmasligi, minimal xatar darajasida maksimal samarali signallarni berishi kerak.
Sizga eng qulay bo'lgan kesimda:
- M5-M15. Yuqori chastotali savdo uchun mos interval (skalping, qisqa muddatli sving-treyding). Har ikki yo'nalishda ham kun ichidagi volatillik bo'yicha foyda olishga imkon beradi. Har qanday o'zgarishlarga tezda javob qaytara oladigan va tavakkal qilishga tayyor bo'lgan faol, ishtiyoqli treyderlar uchun mos keladi.
- N1-N4. Har qanday turdagi kunlik (intraday) savdo uchun mos keladigan taymfreym. Sizga kuchli trendlarda pul ishlashga imkon beradi. Bu interval yangi boshlagan treyderlar uchun tavsiya etiladi, chunki signalni topish va qaror qabul qilish uchun yetarlicha vaqt bor.
- D1, MN. Uzoq muddatli savdo uchun mos taymfreym. Ushbu intervallarda trend eng barqaror, ammo signallar kamdan-kam uchraydi. Ular ko'pincha kichik intervallarda savdo qilishda tahlil qilish uchun ishlatiladi.
- Strategiya turlari bilan tanishing, Internetda bir nechta har xil turdagi Forex savdo tizimlarini tanlang.
- Strategiyaning asosiy parametrlarini tushunib oling: indikatorlar va ularning sozlamalari (ular nimaga ta'sir qiladi), oldindan tahlil qilish qoidalari, bozorga kirish, stop va teyk-profit o'rnatish, bozordan chiqish qoidalari.
- Testerda strategiyalarni sinab ko'ring: optimal sozlamalarni tanlang, eng samarali signallar paydo bo'ladigan momentlarni aniqlang. Statistikani saqlab qoling (bektest).
- Demo-hisobda optimal sozlamalar bilan eng yaxshi strategiyani qo'llang. Agar test davri statistikasidan og'ish bo'lsa, sabablarni qidiring va ularni bartaraf qiling.
- Agar hammasi ishlayotgan, test natijalaridan hech qanday og'ish yo'q bo'lsa – haqiqiy hisobda strategiyani ishga tushiring.
Skalping – bu bozorda bitimlarni qisqa muddatli ushlab turishni o'z ichiga olgan strategiyalar guruhi. M5-M15 taymfreymidagi, ham trend strategiyalari, ham flet uchun mos bo'lgan har qanday strategiyalar skalping uchun mos keladi. Eng ko'p ishlatiladigan standart indikatorlar: MA, kanal indikatorlari. Shuningdek, skalping yangiliklar bo'yicha savdo strategiyalarida ham ishlaydi, bu yerda volatillikning keskin o'sishi, nisbatan katta narx harakatlarini tezda olishga imkon beradi.
Foreksda imkoniyatlar va daromadlarning yuqori chegarasi yo'q. Bularning barchasi faqat siz, sizning o'rganish istagingiz, tajribangiz, sabr-toqatingiz, emotsional barqarorligingizga bog'liq. Bir nechta maslahatlar:Harakatlar rejasini tuzing. "Barchasini birdaniga" qo'lga kiritishga shoshilmang. Bir nechta maqsadlar qo'ying. Masalan, bir oydan keyin 10% rentabellikka erishish. Yoki har hafta bitta yangi strategiyani o'zlashtirish.
- Doimiy ravishda mahoratingizni oshirib boring. Yangi instrumentlarni qidiring, bozor o'zgarishlariga tezda javob qaytarishni o'rganing va h. k.
- Investorlarni jalb qiling, komissiyalardan pul ishlang.
- O'z kuchingizga ishoning va natijalaringizni doimiy ravishda yaxshilashga harakat qiling.
Strategiya testeri - oldingi vaqt intervallarida strategiya samaradorligini baholash uchun mo'ljallangan platformaga o'rnatilgan dastur, foydalanuvchi ilovasi yoki mustaqil dastur. Sinash mavzusida bir nechta foydali maqolalar:
Haqiqiy savdo natijalari test natijalaridan farq qilishi mumkin, chunki test spredning o'zgarishini, kutilmagan fundamental omillarni, marketmeykerlarning harakatlarini hisobga olmaydi.- Strategiyalar turlari bilan tanishing: taymfreymlar, qo'llaniladigan instrumentlar, taktikalar kesimida.
- Demo-hisobida har xil turdagi strategiyalar bo'yicha bitimlarni ochishga harakat qiling. Strategiyalarning samaradorligi, sarflangan vaqtni qoplash va boshqalarni baholang.
- Treyderlar forumlarida muloqot qiling. O'z tarafingizdan fikrlarni bayon qilish sizga savollarni, bilimlaringizni aniq tuzishga va afzalliklaringizni tushunishga yordam beradi. U yerda siz o'zingiz uchun savdo nazariyasida ko'rib chiqilmaydigan qiziqarli nostandart g'oyalarni topishingiz mumkin.
Ushbu maqolaning mazmuni faqat muallifning shaxsiy fikri bo'lib, LiteFinancening rasmiy pozitsiyasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etilgan materiallar faqat axborot berish maqsadida taqdim etiladi va 2004/39 /EC direktivasi maqsadlari uchun investitsiyalar bo'yicha konsul'tatsiya sifatida qabul qilinishi mumkin emas.