Ushbu sharhda yangi boshlagan va professional treyderlar uchun, skalping, intradey va uzoq muddatli strategiyalar bo'yicha, trendli va flet savdo tizimlari uchun eng yaxshi asosiy Foreks indikatorlari ko'rib chiqiladi. Har bir blokda siz signallarning tavsifi va indikatorning amaliy misollar bilan batafsil sharhiga havolani topasiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Texnik tahlil indikatorlarini ikki guruhga bo'lish mumkin:

  1. Foreksda foydalanuvchi indikatorlari. Har qanday noodatiy vazifalar yoki individual savdo tizimlari uchun sotish uchun individual treyderlar tomonidan dasturlash tilida yoziladigan mualliflik indikatorlar. Ularning soni bir necha mingtani tashkil etadi va har yili indikatorlarning yangi versiyalari ishlab chiqiladi va modifikatsiya qilinadi.

  2. Bazaviy Foreks indikatorlari. Texnik tahlilning bazaviy nazariyasi asosida yotadi. Ular eng yaxshi deb hisoblanadi - o'nlab yillar davomida ular tovar-xomashyo, fond va valyuta bozorlarida sayqallangan va amalda sinovdan o'tgan. Kitoblar, treyderlik bloglari, vebinarlar va boshqa manbalarda tahlil qilinadigan yangi treyderlarga mo'ljallangan strategiyalarning aksariyati ular asosida qurilgan. MT4 terminaliga texnik tahlilning 30 ta bazaviy indikatori kiradi, MT5 - 38 ta indikatorni o'z ichiga oladi. LiteFinance terminalida esa hozirda 60 dan ortiq indikatorlar mavjud bo'lib, ishlab chiquvchilar treyderlarning so'rovlariga ko'ra yangilarini doimiy ravishda kiritib kelmoqdalar.

Muhim! Texnik instrument bilan tanishganingizdan so'ng, havola orqali uning to'liq sharhiga o'ting va bir vaqtning o'zida indikatorlar keltirilgan onlayn Foreks grafiklarini oching. Sharhda keltirilangan barcha ko'rsatmalarni darhol amalda qo'llashga harakat qiling. Bu sizga instrumentning mohiyatini yaxshiroq tushunishga va signallarni oson topishga yordam beradi.

Foreks indikatorlari nima?

Texnik tahlil - bu kotirovkalarning keyingi xatti-harakatlarini prognoz qilishdagi qonuniyatlarni aniqlash maqsadida narxlar tarixi va savdo hajmlarini o'rganish.

Texnik tahlilning tarkibiy elementlari:

  • Savdo indikatorlari - ma'lum bir davr uchun narx qiymatlarini hisoblab chiqadigan matematik tahlil va formulalar asosida qurilgan algoritmlar. Olingan ma'lumotlarga asoslanib, indikatorlar narxning keyingi harakatini prognoz qilishga imkon beradi. Indikatorlarning formulasi uning qanday maqsadda ishlatilishiga bog'liq.

  • Darajalar, trend chiziqlari - bozor tendentsiyasining vaqtincha to'xtashi yoki o'zgarishi ehtimoli yuqori bo'lgan darajalar. Ular konsolidatsiya zonalarining chegaralari sifatida namoyon bo'lishi mumkin. Bularga ham gorizontal, ham diagonal ko'rinishda bo'lishi mumkin tayanch va qarshilik darajalari (keyingi o'rinlarda "T/Q darajalari" deb nomlanadi) va Fibonachchi darajalari kiradi. Darajalarning tabiati treyderlar kayfiyati va ularning keyingi narxlar harakatini kutishlarini hisobga oladi.

  • Patternlar. Narxning barqaror takrorlanuvchi kombinatsiyasi, shamlar hosil bo'lishi. Buyuk ehtimol bilan ulardan keyin ma'lum bir harakat sodir bo'ladi. Masalan, trendning teskari qayrilishi, kanalning buzilishi va boshqalar.

Shuningdek, Foreks qonuniyatlarini matematik tahlil qilish ham tarkibiy qism hisoblanadi.

Fundamental tahlil - makro va mikroiqtisodiy statistika, yangiliklar, iqtisodiy, siyosiy omillar, fors-major holatlari asosida narxlarni prognoz qilish usuli.

Fundamental tahlilning tarkibiy elementlari:

  • Makroiqtisodiyot. Iqtisodiy ko'rsatkichlar: diskontlash stavkasi, YaIM darajasi, inflyatsiya, ishsizlik, sanoat ishlab chiqarishi va boshqalar.

  • Mikroiqtisodiyot. Ayrim kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari, ishlab chiqarish darajasi prognozlari, yangi yo'nalishlarni qamrab olishi, so'nggi ishlanmalari, ichki menejmenti, moliyaviy tahlilchilarning fikrlari.

  • Geosiyosiy omillar, fors-major holatlari va boshqalar.

Fundamental omillarga misol sifatida biz "Non-Farm Payrolls"da ish bilan band bo'lganlar soni, FRT(Federal rezerv tizimi) vakillarining relizlari, ma'lum bir aktivga talab va taklif nisbati va boshqalar bo'yicha hisobotni keltirishimiz mumkin. 

Baza va prognozlash yondashuvi bo'yicha texnik va fundamental tahlillar o'rtasidagi farq. Texnik tahlil matematik formulalar, modellar va o'tmishdagi patternlarni qidirish asosida qurilgan. Fundamental tahlil - iqtisodiy statistika, yangiliklar va boshqalar.

Texnik va matematik tahlil nima uchun qilinadi?

Texnik tahlil (TT) bozor tendentsiyasini, uning o'zgarish nuqtalarini prognoz qilish, stop-lossni o'rnatish va daromad bo'yicha maqsadlarni aniqlash uchun ishlatiladi.

Texnik tahlil bir nechta tezislarga asoslangan:

  • Bozor siklikdir. Iqtisodiy rivojlanish to'lqin nazariyasiga muvofiq harakat qiladi - cho'qqi va tub, o'sish va pasayish bor. Sikllar turli uzunliklarda bo'lishi mumkin, ammo siklning har bir bosqichining fundamental omillari prognoz qilish imkonini beradi.

  • Voqealar takrorlanadi. Va bu hodisalarning natijasi takrorlanadi. Agar qonuniyatlarni topish mumkin bo'lsa, unda ularning o'tmishdagi natijalariga ko'ra kelajakda natija qanday bo'lishini prognoz qilish mumkin.

  • Narxlar shakllanishi, sodir bo'layotgan barcha hodisalar bilan bog'liq. Talab, makroiqtisodiy statistika, bozor ishtirokchilarining kutganlari -bularning barchasi aktiv narxiga kiritilgan.

Texnik tahlil matematik, statistik usullar va patternlarni qidirishga asoslangan. Treyderlar takrorlanadigan omillarga stereotipik munosabatda bildirishadi - ularning xatti-harakatlarini statistik ma'lumotlarga ko'ra prognoz qilish mumkin.

Matematik va texnik tahlilga bo'lgan ehtiyojni quyidagicha shakllantirish mumkin:

  • Tarixiy ma'lumotlar matematik va statistik usullar bilan tahlil qilinadi: guruhlash, o'rtacha qiymatga keltirish yordamida qonuniyatlar topiladi. Ommaning keyingi harakatlarini prognoz qilish uchun matematik va xulq-atvor modellari quriladi.

  • Matematik algoritmlardan foydalanish narx "shovqini"ni ajratib olish va savdo hajmlarining umumiy va o'rtacha qiymatlarini, narx harakatining amplitudasi va chastotasini alohida vaqt oralig'iga chiqarib olish, turli davrlar bo'yicha qiyosiy tahlil qilish kabilarni amalga oshirish imkonini beradi.

  •  Matematik va statistik tahlil asosida qurilgan algoritmlar ma'lum bir harakatni bajarish uchun signallarni hosil qiladi: bitim ochish va yopish, kechiktirilgan orderlarni o'rnatish. Shuningdek, ular bozorning haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlik darajasini ko'rsatadi, trendning kuchini baholashga imkon beradi va hokazo.

TT indikatorlari asosida savdo maslahatchilari ishlab chiqiladi — bitimlarni berilgan algoritm bo'yicha ochadigan avtomatik savdo tizimlari. Xedj-fondlar asta-sekin o'qitilib boradigan neyron tarmoqlari va LSTM-modellari asosida qurilgan yangi savdo tizimlarini joriy qilmoqdalar, ular statistik ma'lumotlar va istalgan natija bo'yicha eng maqbul yechimni topishga qodir.

Savdoda indikatorlar toifalari

Indikatorlar ikkita asosiy toifaga bo'linadi: kechikuvchi va oldinlab boruvchi. Birinchisi, hozirgi tendensiyani oldingi davrlar tendensiyasi bilan taqqoslaydi. Ular ma'lumotni faqat hozirgi tendensiya paydo bo'lgandagina uzatadilar.

Misol. Bozorda o'sib borayotgan trend kutilmoqda — hozirgi narx qiymati avvalgi 15 shamli ektremumlardan oshgan. Oddiy harakatlanuvchi o'rtacha qiymat - bu oxirgi 15 sham uchun narxning arifmetik o'rtacha qiymati. Oldingi 14-ta shamga nisbatan faqat oxirgi shamda narxning o'zgarishi harakatlanuvchi o'rtacha ko'rsatkichlariga zaif ta'sir ko'rsatadi: trend shakllanib bo'lgan, ammo MA buni hali ko'rsatmaydi. Uning kechikishi aynan shunda ifodalanadi - u faqat bozorda aniq trend shakllanganida o'zgarishni boshlaydi.

 Oldinlab boruvchi indikatorlar narx bilan birga o'zgaradi va ma'lum mezonlarga ko'ra narxning keyingi xatti-harakatlarini prognoz qilishga yordam beradi.

Kechikuvchi indikatorlar "konservativ" hisoblanadi — ular dastlabki signallarni bermaydilar. Ular oldinlab boruvchi indokatorlarga nisbatan aniqroq, ammo signal chiqishi bilan narx asosiy harakatning yarmini yurib qo'yishi mumkin. Shuning uchun, kechikuvchi indikatorlar ko'pincha uzun taymfreymlarda — H1 va undan yuqori taymfreymlarda qo'llaniladi, bunda narx harakatining qolgan qismi ham 20-50 punkt va undan ko'proq bo'lishi mumkin. Oldinlab boruvchi indikatorlar qisqa korreksiyalarda va skalpingda samarali bo'ladi.

Keling, ushbu toifalarning har birini batafsil ko'rib chiqamiz.

Oldinlab boruvchi indikatorlar / Leading Indicators

Oldinlab boruvchi indikatorlar — bu trendning tabiati, uning kuchi va narxning signal tasdiqlanishidan avval potentsial qayrilishi haqida ma'lumot beradigan mashhur Foreks indikatorlaridir. Ular iqtisodiy sikl haqida oldindan ma'lumot beradilar.

Ossilyatorlarning aksariyati oldinlab boruvchi indikatorlarga kiradi. Agar ossilyator diapazon chegaralarida bo'lsa, trendning tez qayrilib ketish ehtimoli bor. Va aksincha - agar ossilyator chegaradan chiqib, qarama-qarshi chegara tomon harakat qilsa, bu kuchli trend boshlanishi mumkinligi haqida signaldir.

LiteFinance: Oldinlab boruvchi indikatorlar / Leading Indicators

Foreksda oldinlab boruvchi indikatorlarning yana bir signali - bu divergensiyadir. Agar indikator va narx yo'nalishlari mos kelmasa, narx yo'nalishi tez orada indikatorning ortidan qayrilishini taxmin qilish mumkin.

Kechikuvchi indikatorlar / Lagging Indicators

Kechikuvchi indikatorlar oldingi va joriy davr asosida hisoblangan ma'lumotlarni ko'rsatadi. Ular muayyan bir aktivning tarixiy ma'lumotlari haqida tushuncha beradi va narx ortidan boradi, lekin uning harakatidan oldin yurmaydi. Masalan, harakatlanuvchi o'rtachalar (MA).

LiteFinance: Kechikuvchi indikatorlar / Lagging Indicators

Ko'k Narxning ko'k rangli chizig'i "1", "3", "5", "7" nuqtalarida qayriladi. Bej rangdagi EMA indikatori chizig'i, xuddi shunday, "2", "4", "6", "8" nuqtalarida narxdan orqada qolgan holda qayriladi.

Trend indikatorlari kechikuvchi deb, ossilyatorlar esa - oldinlab boruvchi deb nomlanishiga qaramay, strategiyalar ko'pincha aynan trendli instrumentlar asosida tuziladi. Bu treyder uchun eng avvalo trendning boshlanishi va uning yo'nalishini aniqlash birinchi o'rinda turishi bilan bog'liq. Ossilyatorning harakati esa tendensiyanint tasdig'i sifatida namoyon bo'ladi. Kechikuvchi indikator signallari yanada ishonchli hisoblanadi - ular joriy tendentsiyani hisobga olgan holda tarixiy ma'lumotlar asosida quriladi.

Savdo indikatorlarining har xil turlari

Texnik tahlil indikatorlarining tasnifi:

  1. Narxning xususiyati aniqlanishiga qarab:

    • Trendli. Trendning boshlanishi va oxirini, uning kuchini ko'rishga yordam beradi. Flet va undan chiqishni aniqlash uchun ishlatiladi. Ular to'lqinli strategiyalarda qo'llaniladi, tuzatishni (korreksiya) yo'q qilishga yordam beradi.

    • Ossilyatorlar. Narxning harakat yo'nalishini ko'rsatmaydi, lekin ular haddan tashqari sotib olinganlik (overbought) va haddan tashqari sotilganlik (oversold) (keyingi o'rinlarda OB/OS zonalari deb yuritiladi) zonalarini aniqlashga va potensial qayrilish darajalarini topishga yordam beradi.

  2. Narxga nisbatan signallarning paydo bo'lishiga qarab:

    • Kechikuvchi indikatorlar. Narx birlamchi, indikator ko'rsatkichlari ikkilamchi. Avval grafikda narxning joriy qiymati paydo bo'ladi, uning asosida indikatorning joriy qiymati hisoblab chiqiladi va grafikda ko'rsatiladi.

    • Oldinlab boruvchi indikatorlar. Trendning potensial kuchini baholashga yordam beradilar.

    • Prognozlovchi indikatorlar. Oldingi davrlarning muayyan qismlarida qonuniyatlarni qidiruvchi va kelgusidagi bir nechta shamlar uchun narxning eng ehtimoliy harakatini ko'rsataib beruvchi juda mashhur Foreks indikatorlari.

  3. Qo'llanilish sohasiga qarab:

    • Kanalli indikatorlar. Narx kanallarini quradilar, narx ko'p vaqt davomida ularning diapazonida bo'ladi.

    • Hajm indikatorlari. Belgilangan vaqt davri uchun bitimlar hajmini ko'rsatadilar.

    • Daraja indikatorlari. Vizual ko'rinmaydigan darajalarni qurishda yordam beradilar.

    • Pattern indikatorlari. Allalroq shakllangan yoki shakllana boshlagan va grafikda vizual ko'rinmaydigan patternlarni kuzatish uchun mo'ljallangan.

    • Divergentsiya indikatorlari. Divergensiyani topishga yordam beradilar. Divergensiya va konvergensiya nima ekanligi haqida ushbu sharhda o'qing.

    • Volatillik indikatorlari. Oldingi davrlarga nisbatan, aktiv narxining joriy volatillik darajasini ko'rsatib beradilar.

    • Skalping indikatorlari. Kichik taymfreymlarda bozorni tez tahlil qilish uchun ishlatiladi.

    • Axborot indikatorlari. Joriy spred darajasini ko'rsatib beradi, grafikni sessiyalar, statistik ma'lumotlar axborot panellari va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha bo'lib beradilar.

  4. Grafikda aks ettirilishiga qarab:

    • Strelkali indikatorlar. Signal shamini o'q yoki nuqta bilan belgilab beradilar.

    • Grafik ustida aks ettiriluvchi indikatorlar. Bazaviy versiyada to'g'ridan-to'g'ri narxlar grafigida aks ettiriladi.

    • Grafik ostida aks ettiriluvchi indikatorlar. Bazaviy versiyada narxlar grafigi ostida joylashgan.

  5. Algoritmning murakkabligiga qarab:

    • Oddiy indikatorlar. Alohida mustaqil formula asosida qurilgan.

    • Kombinatsiyali indikatorlar. Bir nechta indikatorlar formulalari asosida qurilgan.

Trend indikatorlari / Trend Following Indicators

Trend indikatorlari narxning o'sishi yoki pasayishining boshlanishi va oxirini aniqlashga imkon beradi. Ham kechikuvchi, ham oldinlab boruvchi bo'lishi mumkin. Narx harakatining yo'nalishini va uning kuchini ko'rsatadi. Ular kunlik, o'rta va uzoq muddatli strategiyalarning barcha turlarida, ko'pincha asosiy indikator sifatida qo'llaniladi. Flet holatida samarasiz, kamdan-kam hollarda skalping va qisqa muddatli sving-treydingda ishlatiladi.

Misollar: harakatlanuvchi o'rtachalar, TEMA, Alligator, Parabolic SAR.

Harakatlanuvchi o’rtachalar / Moving Averages

Toifasi: kechikuvchi.

MA, EMA - sozlamalarda ko'rsatilgan interval uchun o'rtacha kotirovkalarni keyingi davrlar ma'lumotlarining turli vazndagi qiymatlari bilan ko'rsatadi. Harakatlanuvchi o’rtachalar (MA) prognoz qilish va shaxsiy strategiyalarni qurish uchun ishlatiladi. Savdo tizimlarida narx o'zining o'rtacha qiymatidan og'ishi baholanadi, bunda trendni tasdiqlovchi harakat yo'nalishi, og'ish burchagi, narxning MAga nisbatan joylashishi hisobga olinadi.

Oddiy MA-ni hisoblash formulasi:

SMA = SUM (Close (i), N)/N

N - sozlamalarda ko'rsatilgan davr, hisob-kitobdagi shamlar soni. Close (i) — har bir ketma-ketlik shamining yopilish narxi. MA sozlamalarida boshqa narx turlarini ham belgilash mumkin.

Oddiy harakatlanuvchi o'rtacha arifmetik o'rtacha kabi hisoblanadi. MA modifikatsiyalari — EMA, WMA, LWMA. Ularning hisoblash formulalari, shamning ketma-ketlikdagi raqamiga, uning savdo hajmiga va boshqa parametrlarga qarab, turli xil shamlarga har xil vazn berilishi bilan farq qiladi.

ЕМА hisoblash formulasi:

ЕМА(i) = k * P(i) + (1-k)*ЕМА(i-1)

k — tekislash davrini hisobga olgan holda vazn koeffitsienti. P(i) — joriy narx.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Harakatlanuvchi o’rtachalar / Moving Averages

Signal — ko'k rangdagi tezkor MA, sariq rang bilan belgilangan sekin MA-ni kesib o'tgan, ikkala harakatlanuvchi o'rtachalar aniq belgilangan yuqoriga yoki pastga qaragan yo'nalishga ega. "1" va "3" nuqtalarida ko'k MA sariqni pastdan yuqoriga kesib o'tadi — yuksaluvchi trend. "2" nuqtada qarama-qarshi kesishma —  pasayuvchi trend.

Quyidagilar uchun to'g'ri keladi:

  • Kunlik (intradey), o'rta va uzoq muddatli taktikalar. Kechikish tufayli skalping va fundamental tahlil tizimlarida ko'plab noaniq signallar beradi. 

  • M15-M30 va undan yuqori taymfreymlar. Kunlik va haftalik intervallarda uzoq muddatli bozor tendentsiyasini tahlil qilish uchun tez-tez ishlatiladigan vositalardan biri.

  • Har qanday aktivlar. Ko'pincha valyuta juftliklari va qimmatli qog'ozlarda qo'llaniladi.

Yangi boshlaganlar uchun juda mos keladi — formulasi sodda va signallar tushunarli talqinda taqdim etilgan. Har xil turdagi MA parametrlarni tanlash yangi boshlaganlarga eng sodda savdo tizimlarini qurish va optimallashtirish usullarini tushunishga imkon beradi.

Uchtalik harakatlanuvchi o’rtacha / Triple EMA (TEMA)

Toifasi: oldinlab boruvchi.

ТЕМА — eksponensial harakatlanuvchi o'rtachaning modifikatsiyalangan turi bo'lib, unda oddiy, ikkitalik va uchtalik EMA birlashtirilgan. Trendli strategiyalarda klassik EMA-ga alternativa bo'la oladi - kechikish ta'siri kamaytirilgan.

Hisoblash formulasi:

TEMA(i) = 3*EMA(i) – 3*EMA(EMA(i)) + EMA(EMA(EMA(i)))

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Uchtalik harakatlanuvchi o’rtacha / Triple EMA (TEMA)

Trend bo'yicha signal - narx TEMA egri chizig'ini kesib o'tadi va uning ustida/ostida joylashadi. Agar ikkita sham ketma-ket TEMA-dan yuqorida/pastda yopilsa, orderlarni o'sish/pasayish trendi tomon yo'naltirish mumkin. Sozlamalarni optimallashtirishda signallarning samaradorligi kamida 80% ni tashkil qiladi.

Quyidagilar uchun to'g'ri keladi:

  • Trendli, kontr-trendli strategiyalar, sving-treyding, uzoq muddatli prognozlash. Skalpingda juda kam qo'llaniladi.

  • H1 dan boshlangan taymfreymlar. kam hollarda - M15-M30.

  • Har qanday savdo aktivlari: valyuta, fond, tovar-xomashyo, kriptovalyutalar. Major-juftliklarda hammasidan yaxshiroq ishlaydi.                                                                              

Barcha turdagi harakatlanuvchi o'rtacha yoki Alligator bilan ishlaydigan va har qanday savdo tajribasiga ega bo'lgan treyderlarga tavsiya etiladi. Ossilyatorlar bilan yaxshi moslashadi.

Parabolik indikatori / Parabolic Stop and Reverse (Parabolic SAR)

Toifasi: kechikuvchi

Parabolic SAR — bu orderni o'rnatish va bozor tendentsiyasining o'zgarishi uchun mos nuqtalarni aniqlashga imkon beradigan trend indikatoridir. Signallarni talqin qilish printsipi bo'yicha u harakatlanuvchi o'rtachaga o'xshaydi. Agar parabolik SAR nuqtalari narx ostida joylashgan bo'lsa - yuksaluvchi, narx ustida bo'lsa - pasayuvchi. Nuqtalar joylashinuvidagi o'zgarish momenti -narx qayrilishi haqida signaldir. Qo'shimcha signal: Nuqtalar narxga qanchalik yaqin bo'lsa, trend harakati shunchalik tez bo'ladi va burilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.

Hisoblash formulasi:

PSAR(yuksaluvchi trend) = (Н(i-1) - PSAR(i-1))*AF + PSAR(i-1)

PSAR(pasayuvchi trend) = (L(i-1) - PSAR(i-1))*AF + PSAR(i-1)

H и L — narx ekstremumlari, (i-1) — oldingi sham.

AF — tezlashish koeffitsienti. Boshlang'ich qiymati 0,02, va u har bir keyingi sham bilan ortib boradi.

AF = 0,02 + X * k

X — davrlar soni, k — narxning o'zgarish bosqichi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Parabolik indikatori / Parabolic Stop and Reverse (Parabolic SAR)

Skrinshotda ko'rsatilgani kabi, faqat bitta holatda parabolik SAR soxta signal bergan - ko'k strelka bilan belgilangan. Boshqa jihatlarda esa, trend yo'nalishi to'g'ri prognoz qilingan. Parabolic SAR-ning 2-5 shamga kechikishi ham ko'rinib turibti.

Quyidagilar uchun to'g'ri keladi:

  • Trend va kontr-trend o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Muallif parabolik SAR indikatoridan 1-2 hafta davom etuvchi strategiyalar uchun foydalanishni tavsiya etadi. Fletda ishlatilmaydi.

  • Stop-loss va trailing-stop o'rnatilishining ta'riflari.

  • H1-H4 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Valyuta juftliklari, xom ashyo aktivlari, qimmatli qog'ozlar, indekslar, kriptovalyutalar.

Orderlarni o'rnatish uchun signallarni aniq talqin qilishi tufayli yangi treyderlarga to'gri keladi. Shuningdek, tajribali treyderlar uchun ham mos.

"Ichimoku buluti" indikatori / Ichimoku cloud

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Ichimoku buluti — narx volatilligi darajasi o'zgarishi bilan birgalikda narx impulsini baholash uchun ishlatiladigan trendli indikator. U 5 ta chiziqdan iborat bo'lib, ular "bulutlar", ya'ni diapazonlarni tashkil qiladi. Tahlil qilish printsipiga ko'ra chiziqlarning o'zini harakatlanuvchi o'rtachalar bilan taqqoslaydilar. Trendni aniqlash, Q/T darajalarini belgilash, bitimga kirish va chiqish uchun zonalarni topish uchun qo'llaniladi.

Hisoblash formulasi:

Tenkan-Sen chizig’i: (Max(High,N)+Min(Low,N))/2 

Max, Min — sozlamalarda ko'rsatilgan N davri uchun narxning ekstremal qiymatlari.

Kijun-Sen chizig’i: (Max(High,M)+Min(Low,M))/2 

Max, Min — sozlamalarda ko'rsatilgan M davri uchun narxning ekstremal qiymatlari.

Senkou Span A chizig’i: (Tenkan-Sen+Kijun-Sen)/2, M davri uchun oldinga siljigan

Senkou Span B chizig’i: (Max(High,Z)+Min(Low,Z))/2, M davri uchun oldinga siljigan

Max, Min — sozlamalarda ko'rsatilgan Z davri uchun narxning ekstremal qiymatlari.

Chinkou Span chizig’i: sham yopilishining joriy narxi, M davrining qiymati bo'yicha orqaga surilgan.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: "Ichimoku buluti" indikatori / Ichimoku cloud

Indikator chiziqlari "bulutlar" — diapazonlarni hosil qiladi. Bulutlardan past bo'lgan narx — pasayuvchi trendni, yuqori bo'lsa - yuksaluvchi trendni bildiradi. Yashil bulut o'sib borayotgan trendning davom etishini anglatadi, qizili esa — pasayuvchi trendni ko'rsatadi. Senkou Span liniyalari buzilish strategiyasini yaratish yoki "poydevor"larni o'rnatish uchun asosiy darajalar sifatida xizmat qiladi.

Quyidagilar uchun to'g'ri keladi:

  • Volatillik darajasi yuqori bo'lgan instrumentlar bilan ishlovchi trendli strategiyalar.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar. Kunduzgi intervalda uzoq muddatli tendentsiyalarni tahlil qilish uchun tavsiya etiladi. Skalpingda daqiqali intervallarda qo'llanilishi mumkin, ammo signallar kam bo'ladi.

  • Ko'pincha valyuta juftliklarida qo'llaniladi.

Tajriba darajasi o'rtachadan yuqori bo'lgan treyderlarga mos keladi. Foydalanuvchidan bir vaqtning o'zida bir nechta chiziqlar va diapazonlar signallarini narx joylashuvi bilan birgalikda tezda tanib olish va talqin qilish talab qilinadi. Yangi boshlaganlar uchun u murakkab ko'rinishi mumkin.

Bill Uilyamsning Alligator indikatori / Alligator Indicator

Toifasi: kechikuvchi.

Alligator indikatori impuls harakati boshlangan paytdagi kirish nuqtalarini ko'rsatadi. Turli davrlar va siljishlar bilan uchta harakatlanuvchi o'rtacha (MA) dan iborat. Chiziqlarning bir vaqtda bir-biridan uzoqlashganligi - trend boshlanishi ehtimolini, chiziqlarning bir-biriga yaqinlashishi esa — trend zaiflashayotganini bildiradi. Chiziqlarning bir-biri bilan o'ralib kesishishi yoki qisqa oraliq bilan parallel harakatlanishi - bu Flet holatidir.

Hisoblash formulasi: 

Median Price (МР) = (High+Low)/2

Ko'pincha boshqa indikatorlarda "Close Price" ishlatiladi. Alligatorda esa median narx ishlatiladi, u maksimal va minimal narxlar yig'indisining o'rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblab chiqiladi.

Jaw chizig’i (Jag’): Tekislangan МА (МР, 13, 8)

Teeth chizig’i (Tishlar): Tekislangan МА (МР, 8, 5)

Lips chizig’i (Lablar): Tekislangan МА (МР, 5, 3)

Qo’llash namumasi:

LiteFinance: Bill Uilyamsning Alligator indikatori / Alligator Indicator

Harakatlanuvchi o'rtachalarning bir-biridan uzoqlashish momentlari strelkalar bilan ko'rsatilgan. Bir oz kechikish bilan chiziqlarning uzoqlashishi aniq trendni ko'rsatadi. To'g'ri to'rtburchaklar bilan belgilangan chiziqlarning bir-biriga yaqinlashishi va o'ralib kesishishi - har ikki yo'nalish bo'yicha narxning teng harakatlanishi bilan kechayotgan Fletni ko'rsatadi.

Quyidagilar uchun to'g'ri keladi:

  • Trend strategiyalari. Harakatlanuvchi o'rtachalarning yaqinlashishi va o'zaro kesishishi bilan fletning boshlanishi haqida ogohlantiradi, chiziqlarning bir vaqtda uzoqlashishi bilan fletdan chiqishni ko'rsatadi.

  • Trendning boshlanish va tugash nuqtalarini topish uchun. Narxning fletdan chiqish momentini yaxshi ko'rsatib beradi.

  • H1 va undan yuqori bo'lgan taymfreymlarda. Kechikishi sababli, H1 dan kam intervallarda samarasiz hisoblanadi.

  • Valyuta juftliklari.

Alligator - kunlik, o'rta va uzoq muddatli strategiyalari bo'yicha ishlaydigan yangi boshlagan treyderlar uchun eng yaxshi trend savdo indikatorlaridan biridir.

Turli davrlardagi MA indikatorlarining eng oddiy kombinatsiyasi trendni samarali aniqlab beradi.

KDJ indikatori / KDJ

Toifasi: kechikuvchi

KDJ - bu trendning kuchi va yo'nalishini baholashga imkon beruvchi indikatordir. Narxlar grafigi ostida ko'rsatiladi, turli davrlar keltirilgan 3 qatordan iborat.

Hisoblash formulasi:

К chizig’i = KFactor * PrevK + DFactor * RSV

RSV = ((Close – Min low) / (Max high – Min low)) * 100

D chizig’i = KFactor * PrevD + DFactor * K

J chizig’i = 3 * D - 2 * K

Max high va Min low  — sozlamalarda ko'rsatilgan davr uchun narxning ekstremumlari. KFactor, DFactor - sozlamalarda ko'rsatilgan koeffitsientlar.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: KDJ indikatori / KDJ

Signal - barcha chiziqlarning o'zaro kesishishi. Sotib olish uchun signal: qizil chiziq ko'kidan yuqori, ko'k chiziq — yashilidan yuqori. Sotish uchun signal: qizil chiziq ko'kidan pastroq, ko'k chiziq — yashilidan pastroq. Chiziqlar bir-biridan qanchalik uzoqlashsa, signal shunchalik kuchli bo'ladi.

Quyidagilar uchun to’g’ri keladi:

  • Trendli kunlik, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Fletda ishlamaydi.

  • H1 va undan yuqori bo'lgan taymfreymlar.

  • Kriptovalyutalardan tashqari har qanday savdo aktivlari.

Trend indikatorlari, ossilyatorlar va Price Action bilan savdo tizimlari bo'yicha ishlaydigan treyderlar uchun to'g'ri keladi. Alligator va Stoxastik bilan birlikda yaxshi ishlaydi.

"TD Sequential indicator " indikatori (Tomas DeMarkdan) / TD Sequential indicator

Toifasi: kechikuvchi.

TD Sequential indicator — bu lokal trendlarning tugashini topadigan va qayrilish nuqtalarini aniqlaydigan mashhur indikatordir. Ish algoritmi uch qism-elementga bo'lingan. Birinchi "Price flip" elementi 6-ta shamdan iborat — trendning o'zgarishini anglatuvchi shamlar kombinatsiyasi. Ikkinchi "Setup" elementi 9-ta shamdan iborat - ushbu uchastkada indikator narx harakatini aniqlaydi: korreksiya yoki "Price flip" qayrilish, ya'ni yangi trend. Uchinchi "Countdown" elementi 13-ta shamdan iborat bo'lib, u yangi trend shamlarini keyingi "Price flip" narx qayrilishi boshlangunga qadar hisoblab chiqadi. Faqat algoritmga kiritilgan talablarga mos keladigan shamlargagina raqam beriladi.

Hisoblash formulasi: indikator tarkibidagi uchta elementning har biri uchun farqli bo’lgan dasturiy algoritm bo'yicha joriy shamni yopilish narxlarini avvalgilari bilan taqqoslash.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: "TD Sequential indicator " indikatori (Tomas DeMarkdan) / TD Sequential indicator

Indikator butun grafikni alohida markirovkali uchta tarkibiy qismga bo'lib beradi: yirik raqamlarda — shamlar ostida, mayda raqamlarda — shamlar ustida, qayrilish patternlari. Signallarni talqin qilish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun havola orqali o'tib, sharhni o'qing.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • "Yapon shamlari" grafiklari. Indikator faqat sham yoki barlarda ishlaydi.

  • "Price Action" elementlarini o'z ichiga olgan uzoq muddatli trend strategiyalari. Indikatorning uchala qismini hisobga olgan holda ishlash diapazoni kamida 25-28 shamni tashkil etadi. Juda kam uchraydigan signallarni beradi.

  • H4 va undan yuqori taymfreym. Kichikroq taymfreymlarda indikator modelini buzadigan ko'plab tugallanmagan patternlar soni hosil bo'ladi.

  • Valyuta juftliklari, kriptovalyutalar.

Faqat qayrilish modellarni ko'rishni biladigan va murakkab indikatorlarning matematik qismini tushunadigan professional treyderlar uchun tavsiya etiladi.

DeMark harakatlanuvchi o'rtachasi indikatori / TD Moving Average ( by DeMark)

Toifasi: kechikuvchi.

TD Moving Average ( by DeMark) — harakatlanuvchi o'rtachaning ishlov berilgan versiyasi. Mavjud trendni ko'rsatadi, bitimlarni ochish va yopish nuqtalarini belgilash va treyling-stop orderini o'rnatish uchun darajalarni aniqlashda qo'llanilishi mumkin.

Hisoblash formulasi: ko'rsatkich joriy shamning ekstremumlarini oldingi shamlar bilan taqqoslaydi va prognoz asosida, buqa yoki ayiq trend chizig'ini chizadi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: DeMark harakatlanuvchi o'rtachasi indikatori / TD Moving Average ( by DeMark)

Bu harakatlanuvchi o'rtachalardan narx diapazonini shakllantirib beruvchi kombinatsiyalangan indikator turidir. Signallarni talqin qilish haqida ko'proq ma'lumot olish uchun havola orqali sharhga o'ting.

Quyidagilar uchun to’g’ri keladi:

  • O'rta va uzoq muddatli trend strategiyalari.

  • Valyuta juftliklari va kriptovalyutalar. Kam hollarda - fond aktivlari uchun.

  • H4 va undan yuqori taymfreymlar.

Indikator signallarining shakllanish algoritmini yaxshi tushunadigan professional treyderlarga tavsiya etiladi.

Koppok egri chizig’i (Coppock Curve) indikatori / Coppock Curve

Toifasi: kechikuvchi.

"Coppock Curve" indikatori uzoq muddatli trendlarni topish uchun ishlatiladi. ROC indikatorining tez va sekin ossilyator chiziqlari, harakatlanuvchi o'rtacha ko'rsatkich asosida qurilgan. Gistogramma va chiziq ko'rinishidagi variantlari uchrab turadi.

Hisoblash formulasi:

CC = WMA (ROC(s) + ROC(q))

WMA — o'lchangan harakatlanuvchi o'rtacha qiymat. ROC — narx o'zgarishi tezligining indikatori, uning formulasini ushbu sharhning "ossilyatorlar" bo'limida topasiz. ROC(s) va ROC (q) — sekin va tez ossilyatorlar.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Koppok egri chizig’i (Coppock Curve) indikatori / Coppock Curve

Signal: o'rtacha qiymatga keltirilgan o'lchangan indikator ko'rsatkichlari o'sishni boshlaganda — bozorda yuksalish trendi. Ko'rsatkichlar tushganda - pasayish trendi. Skrinshotda ko'rsatilgani kabi, Koppok egri chizig'i bir qarashda qisqa ko'rinadigan trendlarni yaxshi ko'rsatib turibdi, va kunlik intervalda ular 7-14 kun davom etadi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Uzoq muddatli strategiyalar. Muallifning tavsiyasiga ko'ra, indikator oylik grafiklarda uzoq muddatli trendlarni topish uchun ishlatiladi, bazaviy sozlamalar ham ularga moslab qo'yiladi.

  • D1-MN taymfreymlari.

  • Valyuta juftliklari, uzoq muddatli harakatlanish diapazonga ega aksiyalar. Ko'pincha ekzotik valyuta juftliklari savdosida qo'llaniladi.

1-2 haftadan bir oygacha yoki undan ko'proq vaqt davomida investitsiya kiritsh maqsadida qurilgan strategiyalar bo'yicha ishlaydigan uzoq muddatli investorlar uchun mos keladi.

ZigZag indikatori / ZigZag

Toifasi: yordamchi.

ZigZag — bu kichik narx harakatlarini e'tiborga olmay, eng muhim hisoblanuvchi maksimum va minimum darajalarni chiziqlar bilan o'zaro bog'laydigan qo'shimcha indikatordir. Kelajakdagi harakat bo'yicha prognoz bermaydi, o'tmishdagi muhim o'zgarishlarni ko'rsatadi. Davr qanchalik kichik bo'lsa, indikatorning sinish nuqtalari shunchalik ko'p bo'ladi.

Hisoblash formulasi: belgilangan og'ish sozlamalari, ekstremumlar va davr o'rtasidagi shamlar soni bo'yicha sham ekstremumlarini topish algoritmi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: ZigZag indikatori / ZigZag

Trendni aniqlash, Q/T darajalarini chizish uchun ekstremumlarni qidirish uchun ishlatiladi. Grafik tahlil figuralarini topishga yordam beradi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • O'rta va uzoq muddatli trend strategiyalari. Elliott to'lqinlari nazariyasiga asoslanib qurilgan savdo tizimlari. Katta taymfreymlarda trend mavjudligini tahlil qilish va keyinchalik qisqa intervallarda savdo qilish uchun. Kanalli indikatorlar bilan uyg'un keladi.

  • H4 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Har qanday savdo instrumentlari — valyuta juftliklari va kriptovalyutalardan tortib fond derivativlarigacha.

Yordamchi instrument sifatida, uzoq muddatli trend tahlili bilan shug'ullanadigan har qanday tajriba darajasidagi treyderlarga mos keladi.

Ossilyatorlar

Momentum indikatorlari yoki ossilyatorlari sozlamalarda ko'rsatilgan davr uchun aktiv narxining o'zgarish hajmini o'lchashga imkon beradi. Bozorning "buqalar" yoki "ayiqlar" bilan to'yinganligini aniqlash uchun ishlatiladi. Ko'pincha ular 0 dan 100 gacha bo'lgan cheklangan qiymatlar diapazoniga ega. Agar indikator diapazonning chegaralaridan biriga yaqinlashsa va median qiymatiga qarab qayrilsa, trend o'zgarishi yoki flet holati yuzaga kelishi mumkin. Ushbu instrumentlar signallarni aniqlaydi, indikator turiga qarab, ossilyatorlar narx harakatidan oldinlab ketishi yoki kechikishi mumkin. Diapazonli bozorlarda yaxshi ishlaydilar.

Misollar: stoxastik ossilyator, RSI, CCI, Momentum.

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Momentum indikatori — ma'lum bir davr uchun narx o'zgarishi hajmini o'lchaydigan trend ossilyatori. Uning asosida trendning yakuniy fazasida narxlarning keskin "sakrashi" g'oyasi yotadi: agar narx o'sib borsa, har bir sham bilan birga aktivni sotib olishni istaganlar soni ham ortib boradi. Aksincha, narx qanchalik tez tushgani sayin, aktivni sotishni istaganlar soni shunchalik ko'payadi. Agar ossilyator ekstremumlarga yetgan bo'lsa, unda qisqa muddatli trend davom etadi, ekstremumlardagi qayrilish  — narx harakatining teskari qayrilishini bildiradi.

Hisoblash formulasi:

MOMENTUM = Close(i)/Close(i-n) * 100%

Close(i) — joriy shamning yopilish narxi, Close(i-n) — shamning "n"-ta shamdan so'nggi yopilish narxi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Ossilyatorlar

Signal ekstremumlarda hosil bo'ladi: ossilyator chuqurlik hosil qildi va yuqoriga qarab burildi — bu yuksaluvchi harakat bo'yicha order o'rnatish uchun signal, agar ossilyator cho'qqini hosil qilsa - pasayuvchi trend bo'yicha order o'rnatish uchun signal hisoblanadi. Skrinshotda quyidagilarni ko'rishingiz mumkin: kunlik taymfreymdagi indikator uzun pozitsiyani ochish uchun signallarni mukammal ijro etib bermoqda, yuqori ekstremum — bu trendning tugashi. Asosan, indikator 3-5 shamlik qisqa harakatlarni aniqlaydi, shuning uchun u kunlik taymfreymda samaraliroq bo'ladi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Intradey trendli strategiyalar, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Kam hollarda — skalping uchun. Ossilyator ekstremumlarni narx yetib borishidan oldin chizadi va uning orqaga qayrilishi - trendni o'zgartirish uchun signaldir.

  • Har qanday taymfreymlar uchun.

  • Har qanday instrumentlar: valyuta juftliklari, kriptovalyutalar, fond va tovar-xomashyo aktivlari.

Tajribasi kam treyderlar uchun eng yaxshi savdo indikatorlaridan biri — sodda va tushunarli formulaga ega, aniq signallarni beradi, trend indikatorlari bilan yaxshi ishlaydi.

Stoxastik ossilyator / Stochastic Oscillator

Toifasi: kechikuvchi.

Stoxastik ossilyator joriy shamning yopilish narxi va belgilangan davrdagi ekstremumlar o'rtasidagi nisbatni ko'rsatadi. Indikatorning harakat diapazoni — "0-100". "20-0" va "80-100" zonalari mos ravishda xaridor/sotuvchi (keyingi o'rinlarda X/S zonasi) zonalari deb ataladi. Stoxastika ularning chegaralarida joylashganligi trendning o'zgarishi uchun potentsial signaldir. Indikator kuchli narx harakatining boshlanishini va qayrilish nuqtalarini aniqlash, shuningdek lokal ekstremumlar va divergensiyalarni topish uchun ishlatiladi.

Hisoblash formulasi:

%К (asosiy chiziq) = (Close - Min(n))/(Max(n) - Min(n))*100%

%D (qo’shimcha chiziq - signal chizig’i, punktirli chiziq) = SМА (%К, n)

Close — joriy shamning yopilish narxi, Min(n), Max(n) — sozlamalarda ko'rsatilgan davr uchun minimum va maksimum, SMA — oddiy harakatlanuvchi o'rtacha.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Stoxastik ossilyator / Stochastic Oscillator

Stoxastik ossilyator harakati trend harakatini takrorlaydi. Haddan tashqari sotib olinganlik zonasidagi indikatorning qayrilishi kuchli harakatning yakunlanishini ko'rsatadi, undan keyin trend o'zgarishi yoki flet holati kelishi mumkin.

Quyidagilar uchun to’g’ri keladi:

  • Trendning qayrilish momentlarida signallarni topishga asoslangan trendli strategiyalar.

  • Divergensiya printsipiga asoslangan kunlik strategiyalar. Narxlar yo'nalishi va ossilyator chiziqlarining bir-biridan uzoqlashishi  —  bozor tendentsiyasining potensial o'zgarishini bildiradi.

  • M30-H1 dan yuqori bo'lgan taymfreymlar. Qisqa intervallarda Stoxastik narx shovqini va bozordan tashqari tebranishlarga juda sezgirdir.

  • Har qanday valyuta juftliklari, aksiyalar va fond indekslari uchun. Kriptovalyutalarda kam hollarda qo'llaniladi.

Signallarni talqin qilish nuqtai nazaridan eng keng tarqalgan va tushunarli ko'rsatkichlardan biri sifatida endi boshlagan treyderlarga tavsiya etiladi. Indikatorlardan foydalanish namunasi: trend indikatorlari signallarini tasdiqlashda boshqa ossilyatorlar bilan birgalikda ishlatish - CCI, MACD, RSI.

Tovar kanali indeksi (CCI) / Commodity Channel Index (CCI)

Toifasi: oldinlab boruvchi

CCI ossilyatori joriy narxning o'rtacha qiymatdan og'ish darajasini aniqlaydi. "-100;100" diapazonida harakatlanadi. Uning chegaralaridan tashqariga chiqish, mos ravishda aktivning haddan tashqari sotilishi va haddan tashqari sotib olinishini anglatadi - barqaror yo'nalishni uning o'rtacha qiymati tomon qaratib o'zgartirish imkoniyati mavjud.

Hisoblash formulasi (bosqichma-bosqich):

  1. Tipik narx (TP) = (H+L+C)/3, bu yerda H — shamning maksimal narxi, L — shamning minimal narxi, C — shamning yopilish narxi.

  2. SMA (TP, N) = SUM (TP, N)/N. N shamlardan iborat bo'lgan davr uchun tipik narxlarning oddiy harakatlanuvchi o'rtachasi hisoblanadi. O'rtacha arifmetik qiymat formulasi: barcha TPlar yig'indisi ularning soniga bo'linadi.

  3. D = TP - SMA (TP, N). Har bir shamning tipik narxi va SMA o'rtasidagi farq hisoblanadi.

  4. SMA (D, N) = SUM (D, N)/N.  D qiymatining harakatlanuvchi o'rtachalarini hisoblash.

  5. М = SMA (D, N) * 0,015.

  6. CCI = M/D.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Tovar kanali indeksi (CCI) / Commodity Channel Index (CCI)

CCI o'sishi trend mavjudligini tasdiqlaydi. Qayrilishning boshlanishi tendentsiyaning tugashini bildirishi mumkin. Ko'pincha, CCI signallari aniq bo'lmaydi, shuning uchun instrumentni qo'shimcha sifatida, boshqa ossilyatorlar yoki trend indikatorlari bilan birga qo'llash tavsiya etiladi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Har qanday turdagi trend va kontr-trend strategiyalari.

  • Har qanday taymfreymlar. Ko'p hollarda turli xil sozlamalar bilan M30 — H4 intervallarida ishlatiladi.

  • Har qanday turdagi aktivlar.

Boshlang'ich bilim darajasiga ega treyderlarga, boshqa ikki asosiy RSI va Stoxastik ossilyatorlari bilan birgalikda qo'llash tavsiya etiladi. Uch bosqichli tasdiqlash strategiyasini qo'llash misoli bu yerda batafsil tahlil qilingan.

Nisbiy kuch indeksi (RSI) / Relative Strength Index (RSI)

Toifasi: oldinlab boruvchi

RSI — "buqalar" yoki "ayiqlar"ning kuchini va ularning tendentsiyasi o'zgarishi ehtimolini aniqlaydigan mashhur indokator. 0 dan 100 gacha bo'lgan diapazonda harakatlanadi: indikator chizig'i diapazon chegaralariga qanchalik yaqin bo'lsa, aktivning haddan tashqari sotib olinishi yoki haddan tashqari sotilishi va tendentsiyaning o'zgarishi ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.

Hisoblash formulasi:

LiteFinance: Nisbiy kuch indeksi (RSI) / Relative Strength Index (RSI)

RS hisob-kitobi:

LiteFinance: Nisbiy kuch indeksi (RSI) / Relative Strength Index (RSI)

SMA — oddiy harakatlanuvchi o'rtacha, N — hisoblash davri, U va D — joriy sham va oldingi sham narxlarini taqqoslash natijasida olinadigan qiymatlar.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Nisbiy kuch indeksi (RSI) / Relative Strength Index (RSI)

"1" - kesmada RSI uzoq vaqt davomida haddan tashqari sotilganlik zonasida joylashgan — bu tendentsiyaning ehtimoliy o'zgarishiga signal. "2" - kesmasida ham xuddi shunday holat — RSI haddan tashqari sotib olinganlik zonasida bo'lganligi sabab, bozor tendentsiyasi o'zgarishi mumkin. Indeksning "3" - kesmada pastga qarab ketishi pasayuvchi trendni tasdiqlaydi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Har qanday turdagi aktivlar uchun, lekin ko'pincha valyuta juftliklari bilan qo'llaniladi.

  • M30 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Intradey strategiyalari, sving-treyding, uzoq muddatli tendentsiyani tahlil qilish. Skalping uchun qo'llanmagan ma'qul.

Har qanday tajriba darajasiga ega treyderlarga to'g'ri keladi. Yangi boshlaganlar uchun Stoxastik va CCI bilan birgalikda qo'llash tavsiya etiladi.

MACD indikatori / Moving Average Convergence Divergence (MACD)

Toifasi: kechikuvchi.

MACD — ossilyator turidagi juda mashhur trend indikatori. Eksponensial MAlarning bir-biriga yaqinlashish va uzoqlashish darajasini ko'rsatadi. U 2 ta chiziq va gistogrammadan iborat. MACD indikatorining asosiy chizig'i narxlarning ko'tarilish yoki tushish tezligini aniqlashga yordam beradi. Signal chizig'i tendentsiyaning o'zgarish nuqtalarini ko'rishga yordam beradi va orderlarni o'rnatish uchun signallar beradi.

Hisoblash formulasi:

MACD (asosiy chiziq) = EMA (Close, SP) - EMA (Close, FP)

SP — sekin ЕМА-ni hisoblash davri, FP — tez ЕМА davri. Close — yopilish narxi.

MACD (signal chizig’i) = SMA (MACD «asosiy chiziq», P)

SMA — oddiy harakatlanuvchi o’rtacha, Р — signal chizig’ining davri.

Gistogramma MACD indikatorining asosiy va signal liniyalari o'rtasidagi farqni ko'rsatadi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: MACD indikatori / Moving Average Convergence Divergence (MACD)

"1-2" va "4-5" zonalarida asosiy va signal chiziqlarining kesishishi gistogramma ustunlarining o'sishi bilan birga sodir bo'ladi. Agar ikkala chiziq pastga qarab ketsa va ustunlar noldan past bo'lsa, trend pasayuvchi bo'ladi. Agar barcha elementlar yuqoriga yo'naltirilgan bo'lsa, trend yuksaluvchi bo'ladi. Ustunlar qanchalik katta bo'lsa, trend shunchalik kuchli bo'ladi. MACD chiziqlari bir-biriga yaqinlashishi va "3" zonadagi kichik ustunlar - bu narx muvozanati va bozorning to'yinganligi belgisidir.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Asosan valyuta juftliklari, kriptovalyutalar va fond bozori aktivlari.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Skalping va fundamental tahlil bo'yicha savdodan tashqari har qanday turdagi strategiyalar.

Harakatlanuvchi o'rtachalar turlarini tushungan va yanada murakkab savdo instrumentlariga o'tishga tayyor bo'lgan treyderlar uchun mos keladi.

O'rtacha yo'nalishli harakat indeksi (ADX) / Average Directional Index (ADX)

Toifasi: oldinlab boruvchi.

ADX trend ossilyatori 2 komponentdan iborat bo'lib, 0% dan 100% gacha bo'lgan diapazonda harakatlanadi. ADX-ning asosiy grafik elementi trend harakatining kuchini aks ettiradi, lekin uning yo'nalishini aniqlamaydi: 40% dan yuqori turgan chiziq - kuchli trend harakati. Uning qayrilishi ehtimoli ko'proq, va bunda narx yo'nalishini o'zgartirgandan so'ng, ADX liniyasi bir xil darajada qolishi mumkin. Qo'shimcha grafik elementlar + DI, - DI bozor harakatining yo'naltirilganligini ko'rsatadi. Agar +DI elementi -DI elementidan yuqori bo'lsa va yuqoriga qarab harakat qilsa, trend yuksaluvchi bo'ladi.

Hisoblash formulasi:

LiteFinance: O'rtacha yo'nalishli harakat indeksi (ADX) / Average Directional Index (ADX)

+DI, - DI elementlarini hisoblash, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va eksponentsial MA-ga moslashtirib korreksiya qilingan TR narxlarining haqiqiy tafovutini hisobga oladi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: O'rtacha yo'nalishli harakat indeksi (ADX) / Average Directional Index (ADX)

ADX signallaridan biri - bu uning yordamchi chiziqlarining o'zaro kesishishidir. Birinchi holda, ko'k DI+ qizil DI- chizig'ini pastdan yuqoriga qarab kesib o'tadi — bu yuksalish trendiga signal hisoblanadi. Ikkinchisida - yuqoridan pastga kesib o'tadi, bu esa pasayish trendidan dalolatdir. Moviy ADX chizig'ining o'sishi, yo'nalishidan qat'i nazar, trendning kuchayishini anglatadi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kunlik trend strategiyalar, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Fletda ishlamaydi, yonmacha harakatning yakunida signallarni yaxshi yetkazib beradi.

  • M30-H4 taymfreymlari. M30 dan past bo'lgan taymfreymlarda ko'proq soxta signallarni beradi.

  • Har qanday aktivlar. Ammo ko'pincha u valyuta juftliklari bilan, kamdan-kam hollarda tovar va fond aktivlari bilan qo'llaniladi.

Texnik tahlil bo'yicha boshlang'ich va undan yuqori darajadagi bilimlarga ega bo'lgan treyderlarga to'g'ri keladi. Indikator "og'ir" va unda signallarni talqin qilishning ko'plab variantlari mavjud, shuning uchun yangi boshlaganlar uchun u murakkab ko'rinishi mumkin.

Lagerr indikatori / Laguerre indicator

Toifasi: oldinlab boruvchi.

 Laguerre indicator trend indikatori ossilyator printsipi asosida qurilgan, uning qiymatlari 0 dan 1 gacha bo'lgan diaapzonda o'zgarib turadi. Ba'zi versiyalarda chegara diapazonlari mavjud emas. U mikrotrendlarni kuzatish uchun ishlatiladi, bozor sikllarini aniqlab beradi.

Hisoblash formulasi: algoritm maksimal entropiyaning spektral tahlili asosida qurilgan. Hisoblashning asosiy prinsipi to'rt a'zoli Lagerr filtri qo'llaniladigan RSI formulasiga o'xshaydi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Lagerr indikatori / Laguerre indicator

Skrinshotda oossilyatorning umumiy ko'rinishi uning versiyalaridan birida aks ettirilgan bo'lib, u trendning ortidan aniq yurib bormoqda. Klassik ossilyatorlardan farqli o'laroq, bu yerda signallarni bozorning to'yingan zonalari bo'yicha talqin qilish qiyinroq. Shu sababli, signallarni qidirish qoidalarining batafsil tahlili bilan tanishish uchun havolaga o'ting.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Skalping, sving-treyding — tasdiqlovchi indikatorlar bilan. Tasdiqlovchi indikatorlarsiz uzoq muddatli savdo tizimining mustaqil elementi sifatida qo' llanilishi mumkin. Bunday tizimga misol tariqasida Lagerrning tez va sekin indikatorlari asosida qurilgan strategiyani keltirish mumkin.

  • Valyuta juftliklari uchun.

  • M5-M15 va undan yuqori taymfreymlar uchun.

Professional instrumentlarni o'zlashtirayotgan yangi treyderlar uchun mos kelishi mumkin. Skalperlar va sving-treyderlar uchun tavsiya etiladi.

O'zgarish tezligi (ROC) / Rate of change (ROC)

Toifasi: oldinlab boruvchi.

ROC ossilyatori belgilangan vaqt oralig'idagi narxning o'zgarish tezligini ko'rsatadi. ROC ossilyatorining "0" o'q chizig'i yaqinidagi harakati bozor konsolidatsiyasini anglatadi. Ijobiy qiymati — "buqa" kayfiyatlarini, salbiy qiymati esa  — "ayiq" kayfiyatlarini bildiradi.

Hisoblash formulasi:

ROC (N, i) = (Close(i) - Close (i-N) ) / Close (i-N)

Close (i) — joriy yopilish narxi. Close (i-N) — N davr oldingi yopilish narxi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: O'zgarish tezligi (ROC) / Rate of change (ROC)

Gorizontal nol chizig'i - mo'ljal (oriyentir). "0" darajasiga nisbatan kuchli barqaror ROC harakati boshlanishi bilan, orderni o'rnatish haqida o'ylash mumkin. Skrinshotda pasayuvchi trendidagi orderlarni o'rnatish uchun to'rt signalning misoli keltirilgan.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kunlik (intradey), o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Skalping va sving-treydingda kam hollarda ishlatiladi - kichik davrni o'rnatganda ko'plab soxta signallar paydo bo'ladi.

  • Har qanday aktivlar, shu jumladan fond instrumentlari va kriptovalyutalar.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

ROC qo'shimcha instrument sifatida, har qanday tajribaga ega treyderlar uchun to'g'ri keladi.

Harakat erkinligi indikatori / Ease of Movement

Toifasi: kechikuvchi.

Ease of Movement narx-hajm nisbatini o'lchaydi va natijani ossilyator ko'rinishida aks ettiradi. Narx o'zgarishi tezligi va savdo hajmlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aniqlaydi. Bozor impulsining kuchini baholash instrumentlari qatoriga kiradi. Gorizontal nol chizig'iga nisbatan harakatlanadi.

Hisoblash formulasi:

DM = (High(i) + Low(i))/2 - (High(i-1) + Low(i-1))/2

High, Low — maksimal va minimal narxlar; i, (i-1) — joriy va oldingi shamlar.

BR = (Current Volume/D) / (High(i) - Low(i))

D — sozlamalarda belgilangan bo'luvchi. 

Period EOM = DM/BR

EOM = SMA (Period EOM)

SMA — oddiy harakatlanuvchi o'rtacha.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Harakat erkinligi indikatori / Ease of Movement

Bu samarali strategiyaning variantlaridan biridir. Kunlik intervalda EOM chizig'i tekislangan va nol darajasi bo'ylab harakatlanadi. Yuqoriga keskin og'ish kuchli o'sib borayotgan trend haqida dalolat beradi. Bizning misolda, EOM uni kech ko'rsatgan, ammo uning signali 2-3 shamdan foyda olishga imkon bergan bo'lar edi. So'ngra qayrilish kelmoqda — qarama-qarshi pozitsiyani ochish uchun signal. Agar taymfreymni qisqartirsangiz, ko'proq kichik tebranishlarni ushlash mumkin, ammo bunday holda signallarning samaradorligi yomonlashadi.

Ossilyator savdo hajmining o'sishiga reaksiya ko'rsatadi. Nol darajasi yaqinidagi gorizontal harakat, hajmlarning kichikligini va bozorda flet bo'lishi mumkinligini anglatadi. EOM nol darajasiga nisbatan qanchalik yuqori yoki pastroq bo'lsa, narxlar ham bitimlar hajmi ta'sirida yuqoriga yoki pastga qarab "erkinroq" harakat qiladi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Skalpingdan tashqari barcha turdagi strategiyalar. ROC singari, EOM ham impuls ossilyatorlari qatoriga kiradi, shuning uchun savdo tizimlarida, ular signallarni tasdiqlash uchun birgalikda qo'llanilishi mumkin.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Barcha turdagi aktivlar. Ko'pincha bozorning real hajmi hisobga olinadigan birja fond aktivlari uchun ishlatiladi.

KST indikatori / Know Sure Thing (KST)

Toifasi: oldinlab boruvchi.

KST ossilyatori haddan tashqari sotib olinganlik va haddan tashqari sotilganlik zonalarni, tekislangan narx tezligini ko'rsatadi. Uning noyobligi shundaki, u 4-ta har xil davrdagi harakatlanuvchi o'rtachalarga asoslanib qurilgan. Bu qisqa muddatli kichik narx harakatlarini tekislash va kuchli uzoq muddatli tendentsiyalarni ko'rsatish imkonini beradi. Markaziy nol darajasiga nisbatan harakat qiladi, diapazoni cheklanmagan. Signallar kam, ammo aniq bo'ladi. Trend instrumentlari bilan birgalikda qo'llash tavsiya etiladi.

Hisoblash formulasi:

Asosiy chiziq: KST=МА(ROC1, Period1)*W1 + МА(ROC2, Period2)*W2 + МА(ROC3, Period3)*W3 + МА(ROC4, Period4)*W4

Signal chizig’i = МА(KST, Period)

W — sozlamalarda belgilanadigan vazn koeffitsienti. ROC — Rate of change, МА — harakatlanuvchi o’rtacha.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: KST indikatori / Know Sure Thing (KST)

Uzun pozitsiyani ochish uchun signal: asosiy (sariq) chiziq signal (ko'k) chizig'ini pastdan yuqoriga kesib o'tadi. Kesishma salbiy zonada sodir bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Ekstremumlardagi chiziqlarning teskari kesishishi trendning oxirini bildiradi. Skrinshotda: "1", "3", "5" — samarali signallar, "2" - soxta signal, "4" — zaif signal.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Uzoq muddatli strategiyalar. U kuchli uzoq muddatli impuls va orqaga og'ishlarni topish uchun ishlatiladi. Trend strategiyalari va uzoq muddatli sving-treydingda samarali hisoblanadi.

  • Uzun pozitsiyalar uchun. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, qisqa pozitsiyalar bo'yicha, soxta signallar soni keskin oshadi.

  • H1-H4 va undan yuqori taymfreymlar. Muallif MN intervalidan foydalanishni tavsiya qiladi.

  • Har qanday turdagi aktivlar. Dastlab aksiyalar savdosi uchun ishlab chiqilgan, ammo valyuta va muddatli bozorlarda ham juda samaralidir.

Uzoq muddatli savdo tizimlarida ishlaydigan treyderlarga tavsiya etiladi, ular trend harakatlarini qidirish va lokal orqaga og'ishlardagi pozitsiyani qayrilishi uchun mo'ljallangan.

Foizli narx ossilyatori (PPO) / Percentage Price Oscillator (PPO)

Toifasi: kechikuvchi.

PPO moment ossilyatori EMA va turli davrlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik asosida qurilgan. Hisoblash printsipiga ko'ra, u MACD indikatoriga o'xshaydi, narx grafigi ostida ikkita egri chiziq va gistogramma shaklida aks ettiriladi.

Hisoblash formulasi:

PPO asosiy chizig’i = ((EMA(12) – EMA(26)) / ЕМА(26))) * 100

Signal chizig’i = ЕМА(9)

Gistogramma = Asosiy chiziq - Signal chizig'i

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Foizli narx ossilyatori (PPO) / Percentage Price Oscillator (PPO)

Signallar: asosiy chiziq, signal chizig'ini pastdan yuqoriga kesib o'tganda, uzun pozitsiya ochiladi, chiziq yuqoridan pastga kesib o'tganda - qisqa pozitsiya. Signalni kuchaytirish: sotib olish uchun kesishma nol chizig'i ostida, sotish uchun esa - uning ustida sodir bo'ladi. Qo'shimcha signal - gistogrammaning joylashuvi. Sotib olish pozitsiyasi uchun u ijobiy zonada bo'lishi va o'suvchi bo'lishi kerak. Sotish uchun esa - salbiy zonada va pasayuvchi bo'lishi. Skrinshotda faqatgina "2" nuqtasidagi signal soxta bo'lib chiqdi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Klassik savdo tizimlari uchun - skalpingdan kunlik va uzoq muddatli strategiyalargacha.

  • M15-H4 taymfreymlari.

  • Har qanday aktivlar. Ko'pincha aksiyalar savdosi bo'yicha strategiyalar tavsifida uchraydi.

Har xil turdagi instrumentlarni taqqoslab ko'rish uchun yangi treyderlarga mos keladi. Uning o'rniga MACD indikatori ishlatilishi mumkin.

"Massa Indeksi" indikatori / Index Mass

Toifasi: kechikuvchi.

Index Mass - bu sozlamalarda o'rnatilgan davrning maksimal va minimal narxlarining o'zgarish dinamikasini taqqoslaydigan prognozli diapazonli ossilyator. Qayrilish nuqtalarini topish uchun ishlatiladi. Trend yo'nalishini ko'rsatmaydi. Ko'proq bitimlarni yopish nuqtalarini topish uchun ishlatiladi.

Hisoblash formulasi:

MI = SUM (EMA (High-Low, 9) / EMA (EMA (High-Low, 9),9), Р)

High, Low — 9 sham uchun ekstremumlar. Р — sozlamalarda belgilanadigan davr. EMA — eksponentsial MA.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: "Massa Indeksi" indikatori / Index Mass

O'sib borayotgan MI chizig'i ekstremal narx qiymatlari o'rtasidagi farqning oshishi haqida ishora bermoqda — volatillik ortib bormoqda. Ekstremal nuqtalarda indikatorning teskari qayrilishi trend o'zgarishini anglatishi mumkin. Lokal korreksiyadan keyin "1" nuqtasida yuksalish tendentsiyasi davom etdi — signal tasdiqlanishi zarur. "2", "3", "6" nuqtalarida signal aniq — barcha hollarda trend qayrildi. "4" — soxta signal. "5" - signal e'tiborga olinmadi, aniq fletni ko'rish mumkin.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Skalping, sving-treyding, intradey strategiyalari. Kam hollarda - uzoq muddatli savdo tizimlari uchun. Flet holatida qo'llanilmaydi.

  • M15 dan yuqori taymfreymlar.

  • Har qanday turdagi aktivlar.

Trend instrumentlarini ossilyatorlar bilan birlashtirib qo'llash patternlari va tamoyillarini tushunadigan boshlang'ichdan yuqori tajribaga ega treyderlar uchun tavsiya etiladi.

Uchtalik eksponensial harakatlanuvchi o'rtacha (TRIX) / Triple Exponential Moving Average (TRIX)

Toifasi: oldinlab boruvchi.

TRIX trend ossilyatori — bir necha marta tekislangan eksponensial harakatlanuvchi o'rtacha qiymatning modifikatsiya qilingan varianti. TEMA indikatori bilan o'xshash formulaga ega. Kechikish deyarli istisno qilingan.

Hisoblash formulasi:

ЕМА1 (i) = ЕМА (N, i), bu yerda N — davr

ЕМА2 (i) = ЕМА (ЕМА1 (N, i))

ЕМА3 (i) = ЕМА (ЕМА2 (N, i))

TRIX = (ЕМА3 (i) - ЕМА3 (i-1)) / ЕМА3 (i-1)

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Uchtalik eksponensial harakatlanuvchi o'rtacha (TRIX) / Triple Exponential Moving Average (TRIX)

TRIX nol chizig'ini kesib o'tishi - tendentsiya almashishi haqida signaldir. O'sib borayotgan qiymat, boshqa instrumentlar bilan tasdiqlanishi sharti bilan o'sib borayotgan trend haqida signal beradi. Xuddi shunday, pasayuvchi harakat uchun ham.

Quyidagilar uchun mos keladi: 

  • Skalping, qisqa muddatli va kunlik strategiyalar.

  • M5-H1 taymfreymlari.

  • Valyuta juftliklari. "Majorlar"da yaxshiroq ishlaydi.

Faol savdo uslubiga ega bo'lgan professional treyderlarga mos keladi. Klassik ossilyatorlar o'rniga ishlatilishi mumkin.

Vortex indikatori / Indicator Vortex (VI)

Toifasi: kechikuvchi.

VI trend ossilyatori trendning boshlanishini aniqlashga yordam beradi va joriy narx harakatini tasdiqlaydi. U yuksaluvchi (VI+) va pasayuvchi (VI -) harakat uchun javob beradigan 2 ta chiziqdan iborat.

Hisoblash formulasi:

iVIP = High(i) - Low(i-1)

iVIM = Low(i) - High(i-1)

Ikkala chiziq uchun ham joriy narx va oldingi davr narxlari taqqoslanadi. Mutlaq qiymat asos sifatida olinadi.

sVIP = SMA (iVIP, P)

sVIM = SMA (iVIM, P)

sATR = SMA (ATR, P)

P — sozlamalarda ko'rsatiladigan davr. SMA — oddiy harakatlanuvchi o'rtacha. ATR — volatillik indikatori.

+VI = sVIP/sATR

-VI = sVIM/sATR

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Vortex indikatori / Indicator Vortex (VI)

Indikator signallari — chiziqlarning kesishishi. Grafikdagi sariq chiziq — VI+, binafsha rang — VI-. Agar VI+ kesib o'tgandan keyin yuqoriga qarab ketgan bo'lsa, trend yuksaluvchi, agar pastga tushsa - trend pasayuvchi bo'ladi. Chiziqlarning o'zaro gorizontal kesishgan momentlarini hisobga olmaganda, barcha signallar nisbatan aniq. Signallar kechikuvchi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kunlik trend strategiyasi, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Nisbatan ko'p soxta signallarni beradi, shuning uchun qo'shimcha instrumentlar bilan qo'llanilishi kerak.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Valyuta juftliklari, fond aktivlari, kriptovalyutalar.

Ossilyatorlarning soxta signallarini aniqlay oladigan, tajribasi o'rtachadan yuqori bo'lgan treyderlar uchun mos keladi.

Bill Uilyamsning ajoyib ossilyatori / Awesome Oscillator

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Rangli gistogramma shaklidagi Awesome Oscillator, oddiy harakatlanuvchi o'rtacha chiziqlarining bir-biriga yaqinlashishi-uzoqlashishi asosida qurilgan. Trendning qayrilish momentlarini aniqlashga yordam beradi. Ko'p jihatdan MACD indikatorini takrorlaydi, ammo ba'zi farqlar mavjud: AO signal chizig'iga ega emas va hisoblash asosi sifatida yopilish narxi emas, balki median narx olinadi.

Hisoblash formulasi:

АО = SMA (Median Price, 34) - SMA (Median Price, 5)

LiteFinance terminalida harakatlanuvchi o'rtachalarning  davrlarini o'zgartirish imkoniyati mavjud.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Bill Uilyamsning ajoyib ossilyatori / Awesome Oscillator

Signallar: 

  1. Nol chizig'ini kesib o'tishi: sotish uchun — yuqoridan pastga, sotib olish uchun — pastdan yuqoriga.

  2. Ikki cho'qqi shakllanishi: pasayib borayotgan maksimumlar — sotishga, o'sib borayotgan minimumlar — sotib olishga.

  3. "Likopcha" - xarid qilish uchun signal. Gistogramma nol chizig'i ustida chuqurlikni hosil qiladi. Birinchi ustun har qanday rangda bo'lishi mumkin, ikkinchi ustun birinchisidan pastroq va qizil rangga bo'yalgan. Uchinchi ustun yashil va ikkinchisidan yuqori.

  4. "Likopcha" - sotish uchun signal. Gistogramma nol chiziq ostida chuqurlikni hosil qiladi. Birinchi ustun har qanday rangda bo'lishi mumkin, ikkinchi ustun birinchisidan yuqoriroq va yashil rangga bo'yalgan. Uchinchi ustun esa qizil rangda va ikkinchisidan pastroq.

Nol chizig'idan yuqorida, pasayish tendentsiyasi bilan ikkita cho'qqi paydo bo'ldi— ikkinchi cho'qqi birinchisidan biroz pastroq. Forex indikatorining nol chizig'ini kesib o'tishi sotish uchun signaldir. Gistogramma qanchalik baland bo'lsa, signal shunchalik kuchli bo'ladi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Har qanday turdagi strategiyalar. Ba'zi taktikalarda asosiy indikator sifatida qo'llaniladi. U skalping uchun ishlatilishi mumkin, ammo kechikishi sababli u kunlik strategiyalarda qo'llanilgandan ko'ra kamroq samaradorlikga ega.

  • M15-M30 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Deyarli barcha valyuta juftliklari va fond aktivlari. Dastlab aksiyalar savdosi uchun yaratilgan.

Yangi boshlaganlar uchun mos keladi. Vizual jihatdan qulay, aniq tushunarli signallarni beradi. MACD bilan yaxshi ishlaydi, signalni kuchaytiruvchi instrument sifatida ishlatiladi.

Arun indikatori / Aroon

Toifasi: kechikuvchi.

Arun indikatori trend instrumentlari qatoriga kiritilgan. Trendning kuchi va yo'nalishini aniqlash yoki narxning yonmacha harakatga ketib qolishini aniqlash uchun ishlatiladi. "0" va "100" gorizontallari o'rtasida harakatlanadi. Signallar: parallel chiziqlar -flet, chiziqlarning kesishishi - trendning almashishi, 70-100% zonadagi Aroon up - yuksalish trendi, 0-30% zonadagi Aroon down - pasayish trendi.

Hisoblash formulasi: 

Aroon up: (N - H)/N * 100%

Aroon down:  (N - L)/N * 100%

N — sozlamalarda ko'rsatilgan indikatorni hisoblash davri. H — mutlaq maksimumdan keyingi davr (shamlar soni). L — mutlaq minimumdan keyingi davr.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Arun indikatori / Aroon

Sariq UP chizig'i, ko'k DOWN chizig'idan balandroqdir va "70" gorizontalidan yuqoriroq joylashgan bo'lsa — yuksalish trendi. Bunday holda, Down chizig'i "30" gorizontalidan yuqori bo'lishi kerak. Bir vaqtning o'zida Up chizig'ining "70" dan yuqori va Down chizig'ining "30" dan past bo'lishi, tendentsiya har qanday vaqtda uzilishi mumkinligini ko'rsatadi. Up chizig'ining qayrilishi, tendentsiyaning tugashi yoki zaiflashganligini anglatishi mumkin. O'rderni o'rnatish uchun signal - chiziqlarni kesib o'tish momentidir: ko'k chiziq 50-daraja yaqinida sariq chiziqni pastdan yuqoriga kesib o'tadi - sotish uchun signal. Agar sariq pastdan yuqoriga qarab kesib o'tsa  - sotib olish uchun.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Fletning tugash momenti va trendning qayrilishini aniqlash uchun.

  • Intradey, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Kechikish va tahlilning murakkabligi tufayli u skalping, fletda savdo qilish, sving-treyding uchun mos emas.

  • H1 va undan yuqori taymfreym.

  • Barcha turdagi aktivlar.

O'rtacha savdo tajribasiga ega bo'lgan treyderlar uchun to'g'ri keladi. Indikator chiziqlarning joylashishini tezda talqin qilish va Arun ma'lumotlarini narx harakati bilan taqqoslash qobiliyatini talab qiladi. Signallar ko'pincha noaniq va tasdiqlashni talab qiladi.

"Buqalar kuchi" va "Ayiqlar kuchi" indikatorlari / Bulls power & Bears power

Toifasi: kechikuvchi.

Bulls power & Bears power — bu sotuvchilar va xaridorlar kuchlari taqsimlanishini tahlil qilish uchun Aleksandr Elder tomonidan ishlab chiqilgan ossilyatorlar. Elderning so'zlariga ko'ra, harakatlanuvchi o'rtacha — bu xaridorlar va sotuvchilar o'rtasida belgilangan davrdagi har ikki tomonga ham mos keluvchi narx bo'yicha kelishuv. Harakatlanuvchi o'rtachadan og'ish - xaridorlar yoki sotuvchilar kuchining o'sishini anglatadi. Bazaviy versiyasida asos sifatida EMA (13) indikatori olingan.

Hisoblash formulasi:

Bulls power = High - EMA

 Bears power = Low - EMA

ЕМА — eksponensial MA. High, Low — joriy shamning ekstremumi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: "Buqalar kuchi" va "Ayiqlar kuchi" indikatorlari / Bulls power & Bears power

Orderni pasayish tendentsiyasi yo'nalishida o'rnatish uchun signal - ikkala indikatorning nol darajadan yuqori joylashganligi va ularning noldan past zonaga o'tishi bilan kechgan pastga tushishidir. Orderni yuksaluvchi tendentsiyaga o'rnatish uchun signal - ikkala ko'rsatkich ham noldan past va ijobiy zonaga o'tish bilan yuqoriga ko'tarilishidir.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kunlik (intradey) trendli strategiyalar. Ikkala ossilyator ham faqat trend indikatorlari bilan birga savdo qilish uchun ishlatiladi. Sving-treyding uchun kam hollarda mos keladi.

  • M30-H1 taymfreymlari. Qisqa intervallarda aniq trend yo'qligi sababli soxta signallar berishi mumkin. Uzoq intervallarda kechikishadi.

  • Yuqori likvidli aktivlarning har qanday turi. Kross-kurslar va "ekzotik" instrumentlar uchun tavsiya etilmaydi.

Qo'lda ishlaydigan kunlik strategiyalarda ossilyatorlarning yangi turlarini o'zlashtirish istagidagi treyderlar uchun to'g'ri keladi.

Tezlashtirish ossilyatori / Accelerator Oscillator

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Accelerator Oscillator — bu narxga ta'sir qiluvchi, bozorning joriy harakatlantiruvchi kuchi tezlashishini o'lchash uchun indikator. U "narxning o'zgarishi - umumiy harakatlantiruvchi kuchning o'zgarishi natijasi" degan fikrga asoslanadi. Ossilyator narx impulsi yo'nalishining o'zgarishini va undan so'ng sodir bo'ladigan tendentsiya o'zgarishini ko'rsatib beradi.

Hisoblash formulasi:

Median Price = (High + Low)/2

АО (Awesome Oscillator) = SMA (Median Price, 5) - SMA (Median Price, 34)

AC (Accelerator Oscillator) = AO - SMA (AO, 5)

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Tezlashtirish ossilyatori / Accelerator Oscillator

Signallar: uzun pozitsiya median nol chizig'idan yuqori joylashgano'sib boruvchi yashil ustunlarda ochiladi, qisqa pozitsiya esa nol chzig'ining ostidagi tushayotgan qizil ustunlarda ochiladi. Nol chizig'ining kesishishi signal emas, lekin agar kesishgandan keyin mos rangdagi kamida ikkita ustun paydo bo'lsa, orderni o'rnatish mumkin. O'zini ishlatganda, ko'plab soxta signallarni beradi. Masalan, skrinshotda "2", "4" va "5" signallari soxta.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Trend strategiyalari, sving-treyding. U fletda yomonroq ishlaydi.

  • M15 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Har qanday aktivlar, shu jumladan fond instrumentlari va kriptovalyutalar.

Klassik ossilyatorlarga samarali yordamchi vosita sifatida yangi boshlagan treyderlarga tavsiya etiladi.

Detrendlangan narx ossilyatori / Detrended Price Oscillator

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Detrended Price Oscillator — bu qisqa muddatli tendentsiyalarni tahlil qilish uchun mo'ljallangan indikator. Prognoz qiluvchi hisoblanmaydi, trendni ko'rsatmaydi. Uzoq muddatli trendlardagi narxlar harakati yo'nalishining lokal qisqa muddatli o'zgarishlari haqida ogohlantiradi. Elliott to'lqinlari nazariyasi instrumentlari bilan yaxshi mos keladi.

Hisoblash formulasi: gorizontal darajali nol chizig'i — harakatlanuvchi o'rtacha (MA). DPO(i) = Close(i) - SMA(Close, (i/2 = 1))

Close — joriy shamning yopilish narxi, SMA — sozlamalarda belgilangan davr uchun oddiy harakatlanuvchi o'rtacha.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Detrendlangan narx ossilyatori / Detrended Price Oscillator

Signal - egri chiziqning nol chiziq ossilyatorini kesib o'tishi. Yuksaluvchi harakat — sotib olish uchun order, pasayuvchi harakat — sotish uchun.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Qisqa muddatli strategiyalarning barcha turlari: skalping, qisqa muddatli sving-treyding.

  • M5-M15 taymfreymlari.

  • Barcha turdagi aktivlar, shu jumladan kriptovalyutalar.

Tajribasi boshlang'ichdan yuqori bo'lgan treyderlar uchun to'g'ri keladi. "Pozitsiyalarni to'ntarish" va loklash kabi strategiyalar uchun tavsiya etiladi.

Chande narx momentumlari ossilyatori / Chande Momentum Oscillator

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Chande Momentum Oscillator — bozor tezligini o'lchaydigan indikator. Boshqa ossilyatorlardan farqli o'laroq, u "-100" dan "+100"gacha harakatlanish diapazoniga ega. O'ta to'yinganlik zonalari — mos ravishda "50" dan yuqori va "-50" dan past.

Hisoblash formulasi: 

СМО = (P(u) - P(d)) / (P(u) + P(d)) * 100%

P (u) — joriy va oldingi shamlarning yopilish narxlari o'rtasidagi farq. P(d) — joriy va oldingi sham o'rtasidagi farqning mutlaq qiymati.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Chande narx momentumlari ossilyatori / Chande Momentum Oscillator

Indikator chizig'i "+ 50 " gorizontalidan yuqoriroq yoki "-50" dan pastroqda joylashgan bo'lsa — narx qayrilishi yoki yonmacha harakatga o'tishi mumkin. Taymfreym qanchalik katta bo'lsa, ossilyator davri shunchalik yuqori o'rnatilgan bo'lishi kerak.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kunlik trend va uzoq muddatli strategiyalar. Qo'llash printsipiga ko'ra, RSI bilan juda ko'p umumiy jihatlari bor.  

  • H4-D1 taymfreymlari.

  • Valyuta juftliklari, shu jumladan kross-kurslar. Fond va tovar-xomashyo aktivlarida kamroq qo'llaniladi.

Fisher transformatsiya ossilyatori (FTO) / Fisher Transform Oscillator 

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Fisher Transform Oscillator — bu trendning qayrilish nuqtalarini aniqlashga yordam beruvchi ossilyator. Narxni normal Gauss taqsimotiga aylantiradi.

Hisoblash formulasi: Fisherning matematik transformatsiyasining oldingi ekstremumlari va joriy narx o'rtasidagi nisbatlarda qo'llagan holda, kunlik taymfreymdagi oldingi kunlar uchun narx ekstremumlariga asoslanib hisoblash amalga oshirilgan.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Fisher transformatsiya ossilyatori (FTO) / Fisher Transform Oscillator 

Indikatorning egri chizig'i markaziy gorizontal punktirchiziq bilan belgilangan nol chizig'iga nisbatan harakatlanadi. O'q chizig'ining har ikki tomonidagi boshqa punktir chiziqlar mumkin bo'lgan asosiy nuqtalarni bildiradi. Ularning joylashishi sozlamalarda ko'rsatilgan davrga muvofiq ravishda o'zgaradi. Signallardan biri - ossilyator egri chizig'ining 1,5 va -1,5 darajalariga nisbatan joylashishi. Ikkala chiziq ham 1,5 dan yuqori, lekin pastga qayrilsa — sotish uchun signal. Ikkala chiziq ham -1,5 dan past va yuqoriga qayrilsa — sotib olish uchun.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kunlik trend strategiyalari. Kunli scing-treyding uchun kamdan-kam qo'llaniladi.

  • M30-H1 taymfreymlari. Tez-tez uchraydigan xatoliklari tufayli, muallif indikatorni  H4 dan yuqori intervallarda xattoki tasdiqlovchi sifatida ham ishlatishni maslahat bermaydi.

  • Har qanday aktivlar.

Yakuniy ossilyator / Ultimate Oscillator

Toifasi: kechikuvchi.

UO — oldingi uch davr narxlarini joriy narxlar bilan taqqoslash orqali, bozorning haddan tashqari to'yinganligi zonalarini aniqlab beradigan ossilyator.

Hisoblash formulasi: u o'lchangan arifmetik o'rtacha qiymatga asoslangan murakkab formulaga ega.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Yakuniy ossilyator / Ultimate Oscillator

X/S zonalaridagi narxning diapazonning o'rtasiga qarab qayrilish signallari — bitimni ochish uchun signaldir. Boshqa signal — bu divergensiya.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Uzoq muddatli strategiyalar.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Valyuta juftliklari.

Yangi instrumentlarni qidirayotgan professional treyderlar uchun mos keladi. Ko'p soxta signallar beradi, sozlamalari doimiy ravishda optimallashtirib turilishi kerak. Agar signallarni grafik tahlil va trend instrumentlari bilan birlashtirib, ularni to'g'ri talqin qila olsangiz, bu samarali vosita bo'lishi mumkin.

Volatillik indikatorlari

Volatillik indikatorlari — bu narx o'zgaruvchanligini aniqlovchi indikatorlar. Ular sozlamalarda belgilangan vaqt oralig'ida joriy narxning o'rtacha qiymatidan og'ish darajasini ko'rsatadi. Bir nechta taymfreymni qo'llagan holda trend va kanalli strategiyalarida qo'llaniladi:

  • Trendli Katta taymfreymlar bo'yicha kichik sham diapazonining volatillik darajasi tahlil qilinadi, kichik intervallarda hozirgi vaqtda narxning bosib o'tgan yo'li baholanadi.

  • Kanalli. Kanallar qurilishi narxning o'rtacha qiymatdan og'ishining ekstremal nuqtalari bo'yicha amalga oshiriladi. Kanal qanchalik katta bo'lsa, volatillik shunchalik katta bo'ladi. Tor kanal flet holatini anglatadi. Kanal savdo tizimlari ikkita strategiyani o'z ichiga oladi. Birinchisi - trendning boshlanishini anglatuvchi flet kanalining buzilishi. Ikkinchisi - narxning kanal chegaralaridan sapchib o'tib, uning o'rtasiga qaytishi.

Misollar: Bollinjer polosalari, ATR, standart og'ish.

Bollinjer polosalari / Bollinger Bands

Toifasi: kechikuvchi.

Bollinger Bands — o'zida ossilyator va volatillikni baholash instrumentining xususiyatlarini birlashtirgan kanalli indikator. U uchta oddiy harakatlanuvchi o'rtacha qiymatdan iborat bo'lib, ularning orasidagi masofa standart og'ish formulasi bo'yicha hisoblab chiqiladi. U ikki turdagi kanal strategiyalarida qo'llaniladi: trend bo'yicha savdo bilan kanalni buzish va kanal chegarasidan median narx qiymatiga o'tish.

Hisoblash formulasi:

ВВ o’rta chizig’i = SMA (Close, N)

SMA — sozlamalarda belgilangan davr uchun yopilish narxlarining arifmetik o'rtacha qiymati.

ВВ kanali chiziqlari = SMA +/- StdDev

LiteFinance: Bollinjer polosalari / Bollinger Bands

Close — ketma-ketlikdagi shamlarning yopilish narxi. (SMA, N) — ketma-ketlikni yopish narxlarining arifmetik o'rtacha qiymati. N — davr.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Bollinjer polosalari / Bollinger Bands

Qisqa shamlar bilan tor diapazon — fletning belgisidir. Agar sham kanalni buzsa, narxning kanal o'rtasiga yoki uning qarama-qarshi chegarasiga o'tish ehtimoli katta. Qoida har doim ham ishlamaydi, shuning uchun qayrilgan trendning kuchini tasdiqlovchi vositalar — ossilyorlar va Price Action yordamida baholash zarur. 

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Har qanday strategiya, shu jumladan fletda savdo qilish. Trendli kanalli savdo tizimlari uchun tavsiya etiladi.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Yuqori va o'rta darajali volatillikka ega bo'lgan valyuta juftliklari. Kamdan kam hollarda - fond aktivlari uchun.

Har qanday savdo tajribasiga ega treyderlar uchun mos keladi. Yangi boshlagan treyderlarga harakatlanuvchi o'rtachalar bilan tanishganlaridan so'ng "trenajyor" sifatida tavsiya etiladi.

Bollinjer chiziqlari kengligi / Bollinger Bands Width

Toifasi: kechikuvchi.

Bollinger Bands Width — BB indikatorining yuqori va pastki standart og'ishlari orasidagi masofani ko'rsatadigan Bollinjer chiziqlarining yig'ma indikatori. Narxlar grafikining ostida joylashtirilgan, minimal qiymati har doim "0" dan katta bo'lgan chiziqdir, Bozor volatilligi qanchalik yuqori bo'lsa, Bollinjer tasmlari to'lqinlari orasidagi masofa shunchalik katta bo'ladi va BBW qiymati shunchalik katta bo'ladi.

Hisoblash formulasi: "Bollinjer polosalari" indikatorining yuqori va pastki chiziqlari orasidagi farq.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Bollinjer chiziqlari kengligi / Bollinger Bands Width

Birinchi 2-3 minimumlar bo'yicha, kichraytirilgan masshtablashtirishda BBW gorizontal darajasini chizamiz, ko'pincha indikator undan sapchib chiqadi. Orderni yuqoriga sapchishidan so'nggi 1-2 shamdan keyin trend yo'nalishi bo'yicha o'rnatamiz. Soxta signallar uchrab turadi, shuning uchun faqat BBW sakrashidan oldin tor flet kanali kuzatilgan bo'lsa, bitimlarni ochish maqsadga muvofiqdir.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kanalli indikatorlardan foydalanganlik sharti bilan, har qanday trend strategiyalari. Aniqlik uchun BBW indikatorini Bollinjer polosalari bilan birga qo'llash tavsiya etiladi.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Volatillik darajasi yuqori bo'lgan valyuta juftliklari.

Kanal strategiyalari bilan ishlovchi har qanday tajribaga ega treyderlar uchun tasdiqlovchi indikator sifatida mos keladi.

Keltner kanali / Keltner channel

Toifasi: kechikuvchi.

Keltner channel — eksponensial harakatlanuvchi o'rtachaning markaziy chizig'idan narx harakatining ikkala tomoni bo'ylab chegaralar qurib beruvchi indikator. Narxning ketidan ergashmaydi, va  bubilan kanal chegarasi buzilgan paytda kuchli narx harakatining davomini ko'rsatadi.

Hisoblash formulasi: 

TP (Tipik narx) = (High(i) + Low(i) + Close(i))/3

Range = High(i) - Low(i)

True Range(i) = Max (High(i), Close(i-1)) - Min (Low(i), Close(i-1)

Middle Line = EMA (TP,n) — tipik narxning eksponensial harakatlanuvchi o'rtachasi

Up Line = Middle Line + k*EMA(True Range(i), n)

Down Line =Middle Line - k*EMA(True Range(i), n)

k — sozlamalarda belgilangan og'ish koeffitsienti (ko'paytiruvchi), i — joriy sham, n — davr, hisoblashda ishtirok etgan shamlar soni, sozlamalarda ko'rsatiladi. 

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Keltner kanali / Keltner channel

Dastlabki signal — kanalning buzilishi; signal — yopilgan shamning tanasi butunlay kanaldan tashqari joylashgan. Agar sham qisman kanalda bo'lsa, bir xil rangda kelishi kerak bo'lgan keyingi shamni kutamiz. Barqaror tendentsiya o'zgargan paytda yoki narx kanalga qaytganda order yopilishi. Indikator 1-3 sham uzunlikdagi kichik lokal harakatlarni ham, uzun trendlarni ham topishga yordam beradi. Grafikda qizil chiziqlar bilan samarali signallar, ko'k chiziqlar bilan — soxta signallar belgilangan.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Trendli kanalli strategiyalar, sving-treyding. Fletda ishlamaydi, skalping uchun to'g'ri kelmaydi. Ko'pincha kunlik strategiyalarda, kamdan-kam hollarda uzoq muddatli strategiyalarda qo'llaniladi.

  • M30 dan yuqori taymfreymlar uchun.

  • Har qanday aktivlar uchun: valyuta juftliklari va kriptovalyutalar, fond va tovar-xom ashyo aktivlari bo'yicha CFD.

Eng yaxshi kanalli indikatorlardan biri sifatida yangi treyderlarga tavsiya etiladi. Boshqa shunga o'xshash instrumentlardan farqli o'laroq, Keltner kanali narxning ortidan bir zumda ergashib kelmaydi. Shuning uchun uning kanallar buzilishi haqidagi signallari oson va aniq talqin qilinadi. Savdo tizimining asosiy indikatori bo'lishi mumkin, signalni tasdiqlovchi ossilyatorlar bilan yaxshi ishlaydi. Masalan, RSI.

O'rtacha Haqiqiy Diapazon/Average True Range

Toifasi: kechikuvchi.

ATR — volatillik darajasini o'lchaydigan indikatordir. Belgilangan harakatlanish diapazoniga ega emas — joriy qiymatlar oldingi davrlarning o'rtacha qiymatlari bilan taqqoslanadi. ATR ko'rsatkichlari qanchalik yuqori bo'lsa, volatillik shunchalik yuqori bo'ladi — narx tezroq o'zgaradi. Trend yo'nalishini ko'rsatmaydi.

Hisoblash formulasi: Indikator TR qiymatini hisoblab chiqadi:

Version 1 = High(i) - Low(i)

Version 2 = Close(i) - High(i-1)

Version 3 = Close(i) - Low(i-1)

ATR = Moving Average (TR, m)

MA — barcha qiymatlarning o'rtachasi, TR — olingan farqlarning eng katta modul qiymati, m  —  hisoblash davri.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: O'rtacha Haqiqiy Diapazon/Average True Range

ATR qiymatining keskin o'sishi volatillikning oshishi bilan birga sodir bo'ladi. Trendning harakatlanish burchagi perpendikulyar harakatga yaqinlashadi, shamlarning tanasi uzunligi oshadi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Volatillik darajasini aniqlash va past taymfreymlarga o'tish uchun yuqori intervallarni tahlil qilishda. Ko'pincha H1-H4 diapazondagi strategiyalarda kunlik intervallarda qo'llaniladi. 

  • Har qanday aktivlar bo'yicha skalping, sving-treyding, fundamental savdo strategiyalarida.

O'rtacha savdo ko'nikmalariga ega treyderlarga to'g'ri keladi. ATR eng kamida ma'lumotlar hajmi kichikligi va tor qo'llanilish xususiyatlari tufayli yangi treyderlarga ham mos kelishi mumkin.

Standart og’ish/Standard Deviation

Toifasi: kechikuvchi.

Standard Deviation — bu narxning o'rtacha qiymatidan joriy og'ish darajasini ko'rsatuvchi volatillik indikatori. Uning qiymati qanchalik katta bo'lsa, joriy volatillik shunchalik katta va trend ham shunchalik kuchli bo'ladi. Indikator chizig'i qanchalik uzoq vaqt davomida o'sib borsa, trendning qayrilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi.

Hisoblash formulasi:

LiteFinance: Standart og’ish/Standard Deviation

N — indikator davri, hisoblashda inobatga olinadigan shamlar soni. X — tanlangan shamlarning har biri bo'yicha yopilish narxi. Xavg — tanlangan narxlarning arifmetik o'rtacha qiymati. Formula o'rtacha kvadrat og'ishini ifodalaydi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Standart og’ish/Standard Deviation

Standard Deviation o'sishi - o'sib borayotgan trendni tasdiqlaydi. Vollatillikning pasayishi bilan konsolidatsiya zonasi paydo bo'ladi, undan so'ng SD qiymatining o'sishi bilan birga kechgan o'sib boruvchi trend davom etadi. Indikator trend yo'nalishini ko'rsatmaydi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Fundamental tahlil bo'yicha savdo strategiyalari, skalping, sving-treyding.

  • M30-H1 taymfreymlari.

  • O'rta va yuqori darajali volatillika ega aktivlar: kriptovalyutalar, "major" valyuta juftliklari.

Bozor volatilligi o'sishini farqlash va uning asosida strategiyalar qurishni endigina o'rganayotgan yangi treyderlar uchun mos keladi. Professional treydingda kamdan kam qo'llaniladi.

Chaykinning volatillik indikatori/Chaikin Volatility

Toifasi: kechikuvchi.

Chaykinning volatillik indeksi — bu narx ekstremumlari orasidagi diapazonga qarab volatillikni aniqlaydigan indikator. Uning g'oyasi shuni ko'zda tutadiki, krreksiya paytlarida volatillik pasayadi, trend boshlanganida esa keskin oshadi. ATR indikatoriga o'xshash, ammo narxdagi tafovutlarni hisobga olmaydi. Grafikda alohida oynada chiziq ko'rinishida aks ettiriladi: qiymatlar "0" dan yuqori bo'lsa — joriy volatillik, asos sifatida olinganiga nisbatan kattaroq, "0" dan past bo'lsa — kichikroq. "Asos sifatida olingan" deganda volatillikning o'rtacha kunlik qiymati tushuniladi.

Hisoblash formulasi:

HL(i) = High(i) - Low(i) — shamlarning joriy maksimum va minimumlari o'rtasidagi farq.

HL(i-n) = High(i-n) - Low(i-n) — "n" shamlar avvalgi maksimum va minimum o'rtasidagi farq.

CHV = (MA(HL(i),n) - MA(HL(i-n),n)) / MA(HL(i-n),n) *100%

MA(HL,n) — sozlamalarda ko'rsatilgan "n" davri uchun sirpanuvchi o'rtacha.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Signalni kuchaytirish uchun trend taktikasi. Trendning qayrilish nuqtalarini topish uchun ishlatilishi mumkin.

  • M30-H1 taymfreymlari. Kechikishlar tufayli skalping uchun mos kelmaydi. Kunduzgi intervallarda tavsiya etilmaydi, chunki u bo'shliqni(gap) hisobga olmaydi. Intradey strategiyalar uchun tavsiya etiladi..

  • Har qanday savdo aktivlari, shu jumladan aksiyalar va kriptovalyutalar.

Boshqa volatillik indikatorlari bilan ishonch bilan ishlash tajribasiga ega treyderlarga savdoda tavsiya etiladi. ATR bilan taqqoslaganda, signallarni talqin qilishning ko'proq talqinlari mavjud, shuning uchun yangi treyderlar uchun bu qiyin bo'lib tuyulishi mumkin.

Volatillik koeffitsienti/Volatility Ratio

Toifasi: kechikuvchi.

Volatility Ratio - bu narx o'zining haqiqiy o'rtacha diapazonidan chiqib ketadigan momentlarni ko'rsatuvchi indikator, bu buzilish nuqtasi demakdir.  0,01 dan 1 gacha bo'lgan diapazonda harakatlanadi. VR qiymati 0,5 dan ortib ketadigan bo'lsa, narxning qayrilish ehtimoli mavjud.

Hisoblash formulasi: bir nechta bosqichlarda hisoblanadi. Bir nechta shamlarning narx ekstremumlari bir-biri bilan taqqoslanadi, berilgan shartlarga mos keladigan variantlardan biri tanlanadi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Trendning o'rta diapazondan chiqish momentlarini topishga va qayrilishning keyingi nuqtalarini aniqlashga asoslangan strategiyalar. Hajm indikatorlari bilan birga yaxshi ishlaydi — savdo hajmining o'sish diapazoni buzib o’tilganligini tasdiqlaydi.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Fond birjasi instrumentlari. Kam hollarda - Foreks aktivlari uchun.

Birja aktivlari bilan ishlaydigan professional treyderlarga mos keladi. Faqat bozorni tahlil qilish uchun asosiy va tasdiqlovchi indikatorlar bilan birgalikda ishlatiladi.

Chande va Kroll indikatori / Chande Kroll Stop

Toifasi: kechikuvchi.

Chande Kroll Stop — volatillik va narx impulsini o'lchaydigan indikator. Asosan stop-loss orderlarini ochish nuqtasini hisoblash va fletni aniqlash uchun ishlatiladi. Stopni o'rnatishning "oltin o'rtaligi" ni ko'rsatib, bitimni muddatidan oldin yopilishi va "uzoq vaqt o'tirib qolish"ning oldini olishga yordam beradi.

Hisoblash formulasi: formulada ATR indikatori va multiplikator qiymatlaridan foydalanadi.

  1. ATR (P) davri uchun o'rtacha arifmetik qiymatni hisoblab chiqadi. Standart ravishda 10-ta sham.

  2. Stoplar (P) davri uchun eng yuqori va eng past ekstremumlar sifatida hisoblanadi.

  3. Uzun stop, х (1) ga bo'linuvchi ATR-ni eng yuqori maksimumdan ayrish yo'li bilan hisoblanadi. X sozlanmalarda o'rnatiladi.

  4.  Qisqa stop ham xuddi shunday hisoblanadi, faqat bu yerda 9 shamning (Q) eng past minimumiga x*ATR parametri qo'shiladi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Chande va Kroll indikatori / Chande Kroll Stop

Signallar: agar indikatorning ikkala chizig'i tor koridorni hosil qilsa, bozorda flet yuzaga keladi. Indikator orderni o'rnatish uchun signallarni qidirish uchun ishlatiladi. Agarda sham to'liq yoki qisman yuqori chiziqning ustida yopilgan bo'lsa, qisqa pozitsiyani yopamiz. Agar yopilish pastki chiziq ostida sodir bo'lgan bo'lsa, uzun pozitsiyani yopamiz.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Qisqa muddatli trend va Intradey strategiyalarida, stoplarni joylashtirish darajalarini aniqlashga imkon beruvchi instrument sifatida. Skalping uchun mos kelmaydi.

  • M15-H4 taymfreymlari.

  • Har qanday savdo aktivlari. Ko'pincha valyuta juftliklarida qo'llaniladi.

Indikator signallarini Price Action bilan birlashtira oladigan professional treyderlar uchun to'g'ri keladi. Signallarni talqin qilish qiyinligi sababli yangi treyderlar uchun tavsiya etilmaydi.

Hajmlar indikatori / Volume Indicator

Hajmlar indikatorlari — formulasi diapazon sozlamalarida ko'rsatilgan har bir uchastkaning o'rtacha narx qiymatiga qo'shimcha ravishda savdo hajmlarini hisobga oluvchi instrumentlar. Oddiy o'rtacha qiymatga keltiruvchi Forex indikatorlari bilan taqqoslaganda, ular bitimlar hajmiga qarab har bir uchastkaning og'irligini aniqroq taqsimlaydilar. Foreksda hajmlar tushunchasi ostida, belgilangan interval uchun narx tiklari soni nazarda tutiladi. Ular trend strategiyalarida qo'llaniladi. Fond bozorlari uchun ko'proq mos keladi.

Misollar: VWAP, OBV.

Chaikin Ossilyatori/Chaikin Oscillator

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Chaikin ossilyatori Accumulation/Distribution indikatorining sirpanuvchi o'rtachalari asosida qurilgan hosila ossilyatoridir. Uning mohiyati ushbu bir nechta tezislarda keltirilgan:

  • Oldingi davr uchun o'rtacha qiymatga nisbatan intervalning joriy yopilish darajasi yuqori bo'lsa — bozorda to'planish, past bo'lsa — taqsimlanish kuzatiladi.

  • Narxlarning o'sishi, hajmlarning o'sishi bilan birga kechadi. Agar hajmlar narxdan sekinroq ko'tarilsa, ko'tarilish tez orada tugaydi — bozor savdo hajmi oshmasa, narx ko'tarila olmaydi.

Ossilyator bozorga kelayotgan va chiqayotgan hajmlarni kuzatib borishga va natijada cho'qqilar va poydevorlarni topishga yordam beradi.

Hisoblash formulasi:

CHO = EMA (A/D, N) - EMA (A/D, M)

EMA (A/D) - AD indikatori bo'yicha eksponentsial harakatlanuvchi o'rtacha. N va M - standart ravishda teng bo'lgan davrlar: N=3, M=10.

A/D(i) =((Close(i) - Low(i)) - (High(i) - Close(i)) / (High(i) - Low(i)) * Volume(i) + A/D(i-1)

Close, High, Low — sham narxlari, i — joriy hisoblash shami, (i-1) — avvalgi sham, Volume(i) — joriy shamning savdo hajmlari.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Trendli intradey strategiyalar. Skalping uchun mos emas.

  • Birja fond aktivlari-aksiyalar, derivativlar.  Kriptovalyutalar uchun kamroq ishlatiladi.

  • O'rta va uzoq muddatli vaqt taymfreym.

Birja bozorlarida professional treyding uchun to'g'ri keladi. Foreksda kamdan-kam hollarda qo'llaniladi, chunki birjadan tashqari bozorlarda haqiqiy savdo hajmlarini birlashtirishda qiyinchiliklar mavjud.

Hajmning o’lchangan o’rtacha narxi/Volume-Weighted Average Price (VWAP)

Toifasi: kechikuvchi

VWAP — bu har bir shamning narxini savdo hajmlari bo'yicha o'lchab, sozlamalarda ko'rsatilgan uchastkada o'rtacha kotirovkalarni hisoblab chiquvchi indikator. Alohida shamda savdo hajmi qanchalik katta bo'lsa, natijada uning og'irligi shunchalik katta bo'ladi. Qo'llash algoritmi harakatlanuvchi o'rtachalar bilan ishlash algoritmiga o'xshaydi.

Hisoblash formulasi:

VWAP = SUM(P*V)/SUM(V)

Bu yerda: 

P - bu tipik narx bo'lib, quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: (High + Low  + Close)/3,

V - hajm.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Hajmning o’lchangan o’rtacha narxi/Volume-Weighted Average Price (VWAP)

Narx uzoq vaqt davomida VWAP ostida bo'lsa — pasayuvchi trend. Narx qanchalik past joylashgan bo'lsa, trendning qayrilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Yuqoriga qayrilish signali — narxning VWAP chzig'ini pastdan yuqoriga yorib o'tishidir. Yuksaluvchi trendni tasdiqlash uchun signal aks ettiruvchi signaldir.

Narx VWAP ustida joylashgan bo'lsa - trend yuksaluvchi bo'ladi. Ammo narx indikator ustida qanchalik uzoq tursa, narxning qayrilishi ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Pastga qayrilishga signal - bu narxning VWAP indikatorini yuqoridan pastga kesib o'tishi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Fond birjasi savdosi, bu yerda onlayn savdo hajmini olish imkoniyati mavjud. Forex uchun cheklangan funktsional imkoniyatlarga ega VWAP-ning soddalashtirilgan versiyasi mavjud.

  • M30-H1 va undan yuqori taymfreymlari.

  • O'rta va uzoq muddatli trend strategiyalari.

Birjada professional savdo qilish uchun to'g'ri keladi. Yangi boshlagan treyderlarga indikatorni Foreksda ishlatish uchun faqat bitta chiziqli ko'rinishidan foydalanish tavsiya etiladi. Klassik harakatlanuvchi o'rtachalar bilan birgalikda tahlil qilish uchun foydali bo'ladi.

OBV balans hajmi indikatori / On-Balance Volume (OBV)

Toifasi: oldinlab boruvchi.

OBV indikatori — bu hajm va ushbu hajm bo'yicha narxning o'zgarishini o'zaro bog'lovchi instrument. Vizual ko'rinishi: cheklangan harakat diapazoniga ega bo'lmagan narxlar grafigi ostidagi chiziq. Aniqlashtiruvchi instrument sifatida ishlatiladi: agar indikator chizig'i o'sib borsa, bu trendni tasdiqlaydi. Agar narx OBV o'sishidan oldinlab ketsa, bu uning savdo hajmlari o'sishi bilan tasdiqlanmaganligini ko'rsatadi — bu trendning tugashi haqida signaldir.

Formula: agar joriy shamning yopilish narxi avvalgisidan kattaroq bo'lsa, u holda joriy sham hajmining qiymati oldingi sham hajmiga qo'shiladi. Agar kamroq bo'lsa, u ayrib tashlanadi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: OBV balans hajmi indikatori / On-Balance Volume (OBV)

Indikator qiyosiy ko'rsatkichlar turiga kiradi - uning oldingi davrlarga nisbatan keskin yuqoriga yoki pastga harakatlanishi, tasdiqlovchi trendni anglatadi. Indikatorning gorizontal harakati e'tiborga olinmaydi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Trendli indikator strategiyalari. Harakatlanuvchi o'rtachalar bilan birgalikda signal tasdiqini beradi, divergensiyalar paydo bo'lganda samaralidir.

  • H1-H4 va undan yuqori taymfreymlar uchun.

  • Joriy birja hajmlari to'g'risidagi ma'lumotlarni ishlatish sharti bilan fond aktivlari savdosi uchun mos.

Birja bozorlarida savdo qiladigan professional treyderlar uchun mos keladi. Foreksda u kam ma'lumotli bo'lib, signallar va ularni boshqa ossilyatorlarga yetkazib berish aniqligi jihatidan boshqa indikatorlardan ortda qoladi.

Narx va hajm trendi / PVT

Toifasi: kechikuvchi.

PVT — bu pul oqimini o'lchaydigan instrument. Joriy narx oldingi kun narxlaridan yuqori ekanligiga asoslanib, hajm qo'shilishi yoki ayirilishi emas, balki narx foizlarining oshishi yoki pasayishini hisobga oladi. OBVga o'xshash tendentsiyani tasdiqlaydi va shunga o'xshash hisoblash formulasiga ega.

Hisoblash formulasi: 

PVT=((CLOSE(i) - CLOSE(i-1)) / CLOSE(i-1)) * VOL (i) +PVT (i-1)

Close — yopilish narxi, Vol — savdo hajmi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Narx va hajm trendi / PVT

PVT o'sishi shuni anglatadiki, narxning ko'tarilishi yig'ilangan savdo hajmining oshishi bilan birga keladi. Egri chiziqning yuqoriga harakatlanishi, yuksaluvchi narx trendini tasdiqlaydi. Narxning patga qarab harakatlanishi uchun ham xuddi shu tariqada.

Quyidagilar uchun mos keladi: 

  • Savdo hajmlarini hisobga olishi kerak bo'lgan trend strategiyalari. Trend instrumentlari va ossilyatorlarga qo'shimcha sifatida ishlatiladi.

  • H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Fond birjasi savdosi. Haqiqiy hajm qiymatlari yo'qligi sababli Foreksda kamdan-kam hollarda qo'llaniladi.

Fond birjalarida uzoq muddatli strategiyalar bo'yicha ishlaydigan professional treyderlarga tavsiya etiladi.

Hajm o'zgarishi tezligi / Volume Rate of Change

Toifasi: kechikuvchi.

VROC - bu hajm o'zgarishi tendentsiyasining yo'nalishini ko'rsatuvchi indikator. VROC qiymatining o'zgarishi quyidagilar haqida dalolat beradi: trend qanchalik uzun bo'lsa, unga kirishni istaganlar soni shunchalik ko'p bo'ladi va savdo hajmi shunchalik katta bo'ladi. Ammo shu bilan birga, bu bozorning to'yinganligini va tendentsiyaning potentsial o'zgarishini ko'rsatishi mumkin. Soxta buzishlarni (proboylarni) aniqlash uchun ishlatiladi: agar narx ekstremumlari hajmlarning oshishi bilan tasdiqlanmasa, u soxtadir. Trendni davom ettirishning o'rniga, narx korreksiya qilinishi mumkin.

Hisoblash formulasi: 

(Volume(i) - Volume(i-n))/Volume(i-n) * 100%

Volume(i) — joriy shamning savdo hajmi, Volume(i-n) — shamning hajmi "n" davrlar oldin.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Trendli strategiyalar. Skalping uchun mos emas, kamdan-kam hollarda sving-treydingda qo'llaniladi.

  • M30-H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Haqiqiy savdo hajmlari bo'yicha ma'lumotlarni olish imkoniyati mavjud bo'lgan birja fond bozorlarida savdo qilish uchun. Foreksda kamdan-kam ishlatiladi: birja hajmi o'rniga bu yerda tiklar hajmi hisobga olinadi, ya'ni har ikki yo'nalishda ham ochilgan bitimlar sonining umumiy ko'rsatkichi.

Indikator birja aktivlari bilan ishlaydigan professional treyderlarga mos keladi.

Pul oqimi indeksi / Money Flow Index (MFI)

Toifasi: kechikuvchi.

MFI — pulning aktivga qanchalik tez sarmoya qilinishini va uning qanday tezlikda aktivdan chiqarilishini ko'rsatadi. Qurilishi va talqin qilinishi jihatidan RSI indikatoriga o'xshash, ammo qo'shimcha ravishda savdo hajmlarini hisobga oladi. Asosiy signallari - divergensiya, X/S zonalarida joylashgan.

Hisoblash formulasi:

Tipik narx (ТР) = (High + Low + Close)/3

MF = TP * Volume

Agar joriy tipik narx, avvalgi shamning tipik narxidan yuqori bo'lsa, unda pul oqimi ijobiy, kamroq bo'lsa — salbiy bo'ladi. Sozlamalarda davrning qiymati belgilanadi, buning uchun barcha ijobiy oqimlar va barcha salbiy oqimlarning alohida yig'indisi olinadi.

MR = Ijobiy oqimlarning yig'indisi / Salbiy oqimlarning yig'indisi

MFI = 100 - (100/(1-MR))

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Kunduzgi, o'rta va uzoq muddatli strategiyalar. Skalping, trendli strategiyalar uchun tavsiya etilmaydi.

  • M30-H1 va undan yuqori taymfreymlar.

  • Fond birjasi aktivlari - aksiyalar, indekslar, derivativlar. Foreksda kamroq qo'llaniladi, chunki hajmlar o'rniga faqat tiklar qiymatlari hisobga olinadi.

Elder kuchi indeksi/Force index

Toifasi: kechikuvchi.

Force Index — bu o'sib borayotgan bozordagi xaridorlar kuchini va tushayotgan bozorlardagi sotuvchilar kuchini hisoblab beradigan ossilyator. Bu investorlarning qiziqish darajasini, ularning faol savdoga jalb qilinishini ko'rsatadi. Indikator qiymatining oshishi oldingi davrga nisbatan narx va savdo hajmi oshishini anglatadi - investorlar soni va bitimlar summalari oshadi, trendni davom ettirish ehtimoli oshadi.

Hisoblash formulasi:

Force Index = Volume(i) * (МА(N,i) - MA(N,i-1))

Volume(i) — joriy shamning savdo hajmi. MA(N,i) — joriy shamning MA qiymati, MA(N,i-1) — oldingi shamning MA qiymati. N — sozlamalarda ko'rsatilgan davr. Shuningdek, Force Index sozlamalarida, MA turi va narx turini belgilashingiz mumkin.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Trend strategiyalari. Trendni kuchaytirish lahzalarini, trendni tugatish mumkin bo'lgan lahzalarni topishga yordam beradi. Korreksiyalarni kuzatgan holda trendning kuchini tasdiqlaydi, shuning uchun u ba'zan sving-treydingda qo'llaniladi.

  • M30-H1 va undan yuqori taymfreym.

  • Birja savdosi — aksiyalar, fyucherslar, opsionlar savdosi. Foreks savdosi uchun kamdan-kam hollarda qo'llaniladi, chunki birjadan tashqari bozorda haqiqiy hajm bo'yicha ma'lumotlar yo'q.

Professional birja savdosi uchun to'g'ri keladi.

Kirish indikatorlari

Fibonachchi korreksiyasi darajasi/Fibonacci retracement

Toifasi: oldinlab boruvchi.

Fibo korresiyasi darajalari — lokal harakatni yakunlovchi va asosiy trendga qaytadigan qarshilik va tayanch kuchi darajalari. Qurilish printsipi statistik qonuniyat va olomon psixologiyasiga asoslangan.

Hisoblash formulasi: "Oltin kesishma" printsipi. Setka lokal maksimum va minimum o'rtasida quriladi, masofa 100% deb olinadi.  Uchastok 23,6% dan 76,4% gacha bo'lgan zonalarga ajratilgan zonalarga bo'linadi. Aynan shu "Oltin kesishma" darajalari deyiladi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Fibonachchi korreksiyasi darajasi/Fibonacci retracement

Fibonachchi panjarasi (setka) "1" va "2" nuqtalarida joylashtirilgan. Birinchi kontrtrend harakati "3" (0,236) nuqtasini buzib o'tdi, ammo deyarli darhol trend qayta tiklandi. Siz xavfsizlik Stop orderini gorizontaldan bir oz pastroqda o'rnatishingiz mumkin - 50%. Ikkinchi korreksiya "4" (0.382) nuqtada tugadi, bu asosiy nuqtalardan biri hisoblanadi. Bu yerda, agar tendentsiya yuqoriga qayriladigan bo'lsa, bitim hajmini oshirish mumkin bo'lardi. Narx yuqoriga qarab ketdi — ikkala savdoning 50 foizini 0% darajasida o'rnatamiz, qolgan 50 foizini 0,236 va 0% gorizontallari orasidagi masofaga mos keladigan treyling-stop bilan himoya qilamiz.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Skalping va sving-treyding —  korreksiyadan keyin tendentsiyaning barqaror yo'nalishi bo'yicha orderlarni o'rnatish. Trend savdosi —  50% dan ortiq diapazonning korreksiyasidan so'ng tendentsiyaning barqaror yo'nalishini o'zgartirish momenti.

  • Har qanday taymfreym. Ammo kirish yoki chiqish signallarini topish uchun instrumentni H1 dan yuqori intervallarda foydalanish yaxshiroqdir, bu yerda eng yaqin darajalar orasidagi masofa kamida 8-10 punkt bo'ladi. Bozorni har qanday intervallarda tahlil qilish mumkin.

  • Har qanday aktivlar. Ko'pincha valyuta juftliklari, kriptovalyutalar, fond aktivlari savdosida ishlatiladi.

Savdo tizimining asosiy instrumenti uchun ham, aniqlashtiruvchi va prognoz instrumenti uchun ham to'g'ri keladi. Ko'pincha prognoz indikatori sifatida ishlatiladi. Yangi boshlagan treyderlar uchun tavsiya etiladi.

E'tibor bering! LiteFinance terminalida o'rnatilgan instrumentlari orasida Auto Fibo Retracement indikatori mavjud. U avtomatik ravishda eng so'nggi ekstremumlar bo'yicha Fibonachchi korreksiya darajalarini quradi va yangi ekstremal nuqta paydo bo'lishi bilan ularni qayta hisoblab chiqadi. Uning yordamida asosiy Q/T darajalarini topish, korreksiya darajalarining o'zgarishini kuzatib borish va shu kabi amallarni bajarish juda qulay.

LiteFinance: Fibonachchi korreksiyasi darajasi/Fibonacci retracement

Foreks ekstremumlari indikatori

Ekstremum indikatorlari — bu ehtimoliy tendentsiya o'zgarishi nuqtalarini aniqlashga yordam beradigan yordamchi instrumentlar. Ular grafik tahlilni samarali ravishda to'ldirib, treyderlarga chiziqlarni chizish uchun asosiy ekstremumlarni taklif etib turadi. Ular Q/T darajalarini (qarshilik va tayanch) qurish, trendning ehtimoliy qayrilish nuqtalarini aniqlash uchun ishlatiladi.

Pivot nuqtalari / Pivot Point

Toifasi: yordamchi. 

Pivot Point — klassik ma'noda, bu tendensiya o'zgarishi sodir bo'ladigan nuqtalar. Narxlar darajalarini tez vizual qidirish, stop va teyk-profit orderlarini tezda o'rnatish uchun ishlatiladi.

Hisoblash formulasi: indikator sozlamalarda ko'rsatilgan davrga qarab eng muhim ekstremumlarni topadi.

Foydalanish misoli:

LiteFinance: Pivot nuqtalari / Pivot Point

Indikator ekstremumlarning qiymatlarini grafikda aks ettiradi. Sozlamalarda asosiy qiymatlarni qoldirib, ularning sonini kamaytirish mumkin. Q/T darajalarini chizib chiqish, narxlar oralig'ini tezkor tahlil qilish uchun ishlatiladi.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Har qanday aktivlar. U valyuta juftliklari va kriptovalyutalarda ham, fond instrumentlarida ham bir xil samaradorlik bilan qo'llaniladi.

  • Har qanday taymfreymlar. Indikator informativ hisoblanadi, shuning uchun intervallar muhim emas.

  • Har qanday strategiyalar. Skalpingda ham, uzoq muddatli strategiyalarda ham bir xil ishlaydi.

Indikator har qanday tajriba darajasiga ega treyderlar uchun to'g'ri keladi. Informativ, yordamchi indikatorlar qatoriga kiradi. Har qanday texnik vositalar bilan birlashtirib ishlatish mumkin.

Tayanch va qarshilik / Support and resistance

Toifasi: yordamchi.

Support and resistance — bu barqaror tendentsiyaning o'zgarishi taxmin qilingan asosiy darajalarni belgilab beruvchi indikator.

Hisoblash formulasi: Bill Uilyamsning Fractals indikatori asosida qurilgan bo'lib, u "Fraktallar" modelini 5 ta shamdan iborat shamlar ketma-ketligi sifatida belgilaydi, bu yerda markaziy sham - ikkita avvalgi va ikkita keyingi shamlarga nisbatan ekstremumdir.

Quyidagilar uchun mos keladi:

  • Har qanday turdagi strategiyalar. Asosiy ekstremumlarda gorizontal darajalarni quradi. Bozor va kechiktirilgan lorderlarning o'rnatish nuqtalari, daromad bo'yicha maqsadlari, hamda stop-loss orderining uzunligini aniqlashga yordam beradi.

  • Birja va birjadan tashqari bozorlarning har qanday aktivlari.

  • Har qanday taymfreymlarda. M15-M30 taymfreymida aniqroq signallarni beradi, bu yerda narx shovqini yo'q va narxlar harakatlari kamroq keskin bo'ladi.

Har qanday tajribali treyderlar uchun to'g'ri keladi. Grafik tahlilidan faol foydalanadigan yangi boshlagan treyderlarga tavsiya etiladi.

Kunduzgi savdo uchun eng yaxshi indikatorlar

Kunduzgi savdo — svop hisoblangunga qadar bitimlarni yopishni nazarda tutuvchi kun ichidagi savdo. Kunduzgi savdoga qisqa muddatli skalping ham kiradi, lekin ko'pincha bu ta'rif M15-H1 taymfreymlarida ochiq orderlarni bir necha soat ushlab turish bilan savdo qilishni anglatadi.

Kunduzgi savdo uchun eng yaxshi indikatorlar:

  • Trendli. Alligator, Ichimoku buluti, harakatlanuvchi o'rtachalar, ADX va boshqalar — fletning yaqinlashishiga ishora qiluvchi barcha trend indikatorlari, ular fletdan chiqish vaqtida bir necha sham uzunligidagi kuchli harakatida pul ishlashga yordam beradi.

  • Kanalli. Bollinjer polosalari, Keltner va Donchian kanallari. M30-H1 intervallarida treyderning tahlil qilish uchun vaqti bor, narx shovqinining ta'siri yo'q. O'rtacha taymfreymlardagi kanalli indikatorlar eng aniq signallarni beradi.

  • Осцилляторы. MACD, RSI, CCI, Stoxastik —  signalni kuchaytirish va aniqlashtirish uchun trend indikatorlari bilan birgalikda qo'llaniladi.

  • Информационные. ZigZag, "Bozor kayfiyati", volatillik indikatorlari. Trendning prognozli harakati va kuchini tavsiflovchi qo'shimcha indikatorlar.

Kun ichidagi savdoning afzalligi shundaki,  sozlamalarni to'g'ri tanlash sharti bilan, savdo taktikalariga deyarli barcha indikatorlar mos keladi.

Ba'zan, kunduzgi savdo deganda, kunlik intervaldagi savdo — uzoq muddatli savdo nazarda tutiladi. D1 taymfreymi uchun kun ichidagi strategiyalar bilan bir xil trend indikatorlari mos keladi. Bir nechta nyuanslar mavjud:

  • Informatsion indikatorlar D1 taymfreymida yomonroq ishlaydi. "Bozor kayfiyati" indikatori qisqa intervallarda samarali bo'ladi, chunki uzoq muddatli prognozlarga asosiy omillar kuchli ta'sir ko'rsatadi.

  • Ossilyatorlar ko'proq soxta signallar beradi.

Aksiyalar savdosi uchun eng yaxshi indikatorlar

Moliyaviy instrumentlarni sotish variantlari: aksiyalar va aksiyalar bo'yicha CFD shartnomalari.

  1. Aksiyalar bo'yicha CFD. Aktiv birjadan tashqari Foreks bozorida sotiladi va sotib olinadi. Savdo uchun treyderlar valyuta juftliklarida ishlatadigan ayni indikatorlar mos keladi. Fond bozorining o'ziga xos xususiyati - bu valyutalarga nisbatan uzoqroq trend va chuqurroq prosadkalar (drawdown). Shuning uchun trendli va darajali instrumentlarga urg'u berish yaxshiroq. Masalan, Fibonachchi korreksiyasi va kengaytmasi darajalari. Parabolic SAR, MACD, Alligator muayyan aksiyalarida yaxshi ishlaydi.

  2. Aksiyalar. Qimmatli qog'ozlarning birja savdosi. Bu yerda standart indikatorlardan tashqari, hajm indikatorlarini ham qo'shish kerak:

  • VWAP. Harakatlanuvchi o'rtacha, hajmlar bo'yicha o'lchangan. Har bir sham bo'yicha savdo hajmini hisobga olgan holda o'rtacha kotirovkalarni aniqroq ko'rsatadi.

  • On Balance Volume. Ma'lum bir taymfreym uchun hajmlarning o'rtacha ko'rsatkichini aks ettiradi.

Fond bozorida ushbu indikatorlar bitimlarning haqiqiy soni va hajmini ko'rsatadi. Foreksda hajm ko'rsatkichlari faqat tiklar sonini — narx o'zgarishi sonini ko'rsatadi, chunki birjadan tashqari bozor bo'yicha yig'ma statistika tuzishning iloji yo'q. Shuning uchun aksiyalar bo'yicha CFD savdosida ular deyarli samarasizdir.

Sving-treyding uchun eng yaxshi indikatorlar

Swing-Trading - bu qisqa muddatli strategiya bo'lib, uning mohiyati korreksiya sakrashi (bounce) oxirida trendning davom etish yo'nalishi bo'ylab order ochishdan iborat.

Savdo tizimining algoritmi:

  • Trend harakatining boshlanishini kutamiz. Trendning eng yaxshi ko'ringan payti - narx yonmacha harakatdan chiqib ketganda, kamdan-kam hollarda signal sifatida narxning o'zgarishi ishlatiladi.

  • Birinchi narx qayrilishini kutamiz. Qisqa kontrtrend harakati tugashi va narx trendga qaytishi bilan biz orderni joylashtiramiz.

  • Bitimni ikki bosqichda yopamiz. 50% — narx oxirgi ekstremum darajasiga yetganda. Qolgan 50% keyingi kontrtrend harakati paytida treyling-stop bilan yoki bozordan chiqish yo'li bilan himoyalaymiz.

Sving-treyding uchun eng yaxshi indikatorlar:

  • Fibo korreksiya darajalari. Indikator korreksion harakat tugashi mumkin bo'lgan asosiy daraja belgilarini qurib beradi.

  • ADX. "Buqalar" va "ayiqlar" kuchlarining nisbatini ko'rsatadi, narxning tezlashishi yoki sekinlashishini ko'rsatishi mumkin.

  • CCI, RSI, Stoxastik ossilyatorlari. Sotib olish yoki sotish hajmlari bilan bozorning to'yinganlik darajasini ko'rsatadi. Masalan, agar yuksaluvchi tendensiyada pasayuvchi korreksiya paydo bo'lsa va ossilyatorlar "buqa" to'yinganlik zonasida bo'lsa, korreksiya oxirida orderni joylashtirmaslik yaxshiroq — narxning pastga qarab harakatlanishi davom etishi mumkin.

Sving-treyding printsiplari va indikatorlari haqida, strategiyalarning amaliy tahlili bilan batafsil "Swing-trading nima?" sharhida tanishishingiz mumkin

Opsionlar bilan savdo qilish uchun eng yaxshi indikatorlar

Opsionlarning ikki turi mavjud — binar va birja opsionlari. Binar opsionlar — bu CFD savdosining soddalashtirilgan versiyasi bo'lib, unda treyderning vazifasi joriy momentga nisbatan narxning joylashishi to'g'risida prognoz qilishdan iborat. Birja optsionlari — qimmatli qog'ozlarning hosilalalari, ya'ni derivativlarning bir turi.

  1. Binar opsionlar. Instrument tanlovi savdo tizimiga bog'liqdir. Umuman olganda, bu Foreks savdosida indikatorlarni tanlash tamoyillariga mos keladi. Eng yaxshi indikatorlar:

    • Harakatlanuvchi o'rtachalar. "MA"lar kombinatsiyasi sving-treydingdan tortib uzoq muddatli tahlilgacha bo'lgan deyarli har qanday strategiyaga mos keladi. Bunday kombinatsiyaga misol - Alligator indikatoridir.

    • Ossilyatorlar. Stoxastik, RSI, SSP. Trendni tasdiqlovchi instrumentlar.

  2. Birja opsionlari. Instrumentlar aksiyalar savdosi uchun mos. Qo'shimcha ravishda, quyidagilardan foydalanish mumkin:

    • TD Sequential. Qayrilish patternlarini kuzatadigan va uzoq muddatli trendni prognoz qiladigan trendli indikator.

    • Money Flow Index. Ishlash printsipi bo'yicha RSIga o'xshash hajmlar indikatori.

    • PVT. Asosan fond bozorlarida ishlatiladigan yana bir hajmlar indikatori.

Skalping uchun eng yaxshi indikatorlar

Skalping-bu yuqori chastotali qisqa muddatli savdoning bir turi bo'lib, uning mohiyati ko'p miqdordagi orderlarni joylashtirish va ularni bozorda bir necha daqiqa ushlab turishdan iborat. Ish M5-M15 qisqa vaqt diapazonlarida olib boriladi, treyder uchun minimal spred va yuqori volatillik muhim ahamiyatga ega. Trend yo'nalishining deyarli ahamiyati yo'q — agar narx boshqa tomonga ketgan bo'lsa, skalper tezda pozitsiyalarni teskari yo'naltiradi. Agar koridordagi narx harakati amplitudasi spredni qoplashga imkon bersa, fletda savdo qilish mumkin.

Skalping uchun indikatorlar quyidagicha bo'lishi lozim: oldinlab boruvchi, haddan tashqari chizilmagan, narx shovqinini e'tiborga olmaydigan.

Skalping uchun eng yaxshi Forex indikatorlari:

  • Spred indokatori. Skalper uchun spred juda muhim — u qanchalik kaam bo'lsa, treyder daromad olish uchun har qanday, hatto kichik tebranishdan foydalanib, bitimni tezroq yopishi mumkin. Spred indikatori uning fundamental volatillik paytidagi kengaytmasini ko'rsatadi.

  • Heiken Ashi shamli grafigi. Narx shovqini ta'sirini yo'q qiladi, narx tebranishlarini" tekislaydi", vizual jihatdan qulayroq.

  • Ichimoku Buluti. Trendning kuchini, yo'nalishini baholashga imkon beradi. Fleta haqida signal beradi. Kam lekin aniq signallarni beradi.

Kriptotreyding uchun eng yaxshi indikatorlar

Kriptotreyding - USD bilan juftlikdagi kriptovalyutalar savdosi. Kriptovalyuta bozori xususiyatlari:

  • Yuqori volatillik — kuniga 2-3% norma sanaladi.

  • Yuqori spred, sirpanishlar.

  • Fundamental omillarga yuqori sezuvchanlik.

Kriptovalyuta savdosida matematik algoritmga asoslangan indikatorlar valyuta juftliklariga qaraganda yomonroq ishlaydi, chunki har qanday qonuniyat, fundamental omillar sababli, ya'ni - marketmeykerlarning harakatlari, regulyatorlar va Markaziy banklarning bayonotlari, media shaxslar tomonidan buzilishi mumkin.

Kriptotreyding uchun eng yaxshi Foreks indikatorlari:

  • Fibonachchi darajalari, qarshilik va tayanch darajalari, figuralarni qurish. Kriptovalyuta kotirovkalari ko'proq fundamental omillar va ommaviy psixologiya yordamida boshqarilganligi sababli, bu yerda xulq-atvor indikatorlari yaxshiroq ishlaydi.

  • "Bozor kayfiyati" indikatori. Ko'pchilikning fikrini, optimizm va pessimizm darajasini aks ettiradi.

  • Spred indikatori. Volatillikning o'sishi fonida spred kengayishi boshlanishini o'tkazib yubormaslikka yordam beradi.

Asosiy texnik indikatorlardan foydalanish mumkin, ammo fundamental va grafik tahlillar bilan tasdiqlangan holda.

Eng yaxshi Foreks indikatorlari — yakuniy xulosalar

Qisqa natija jadval shaklida taqdim etilgan. Bu yerda faqat 15 ta eng mashhur, aniq va eng yaxshi Foreks savdo indikatorlari ro'yxati keltirilgan, ular har qanday savdo tajribasiga ega treyderlarga mos keladi. Ularning har biri haqida, qolaversa, boshqa indikatorlarning signallari haqida ko'proq ma'lumotni sharhda ko'rsatilgan havolalarni bosish orqali o'qishingiz mumkin.

Indikator

Toifasi

Turi

Strategiyasi

Qanday ishlatilishi

Parametrlari

МА

Kechikuvchi

Trend indikatori

Kunlik

Long: tez MA pastdan yuqoriga sekin MA-ni kesib o'tadi. Short: tez MA yuqoridan pastga sekin MA-ni kesib o'tadi

(9), (21)

ТЕМА

Oldinlab boruvchi

Trend indikatori

Skalping, Kunlik, Uzoq muddatli

Long: ketma-ket 1-2 shamTEMA-dan yuqoriroq darajada yopildi. Short: ketma-ket 1-2 sham TEMA-dan pastroq darajada yopildi.

(9)

Аlligator

Kechikuvchi

Trend indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli

Long/Short: MA chiziqlarining bir-biridan uzoqlashishi boshlandi

(21, 13, 13, 8, 8, 5)

MACD

Kechikuvchi

Trend indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli

Long/Short: gistogramma ustunlari o'sadi/pasayadi, MACD chiziqlari trend yo'nalishi bo'yicha bir-biridan uzoqlashadi

(12, 26, 9)

Parabolic SAR indikatori

Kechikuvchi

Trend indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli

Long: PSAR narx ostida. PSAR: PSAR narxdan yuqori

(0,02, 0,02, 0,2)

ADX

Kechikuvchi

Momentum indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli

Long/Short: DI+ chizig'i, kesib o'tishdan so'ng yuqoriga/pastga ketadi. Qo'shimcha signal - asosiy chiziq yuqoriga ko'tariladi, bu trend kuchining har qanday yo'nalishda o'sishini tasdiqlaydi

(14, 14)

CCI

Oldinlab boruvchi

Momentum indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli, Sving-treyding, Qayrilish (teskari) strategiya

Long/Short: bozorning haddan tashqari to'yingan zonalarida CCI-ning diapazon o’rtasiga qarab qayrilishi

(20)

RSI

Oldinlab boruvchi

Momentum indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli, Sving-treyding, Qayrilish (teskari) strategiya

Long/Short: X/S zonalarida, RSI-ning diapazon o'rtasiga qarab qayrilishi

(14)

Stoxastik

Kechikuvchi

Momentum indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli, Sving-treyding, Qayrilish (teskari) strategiya

Long: "20" dan past bo'lgan haddan tashqari sotilganlik zonasida, Stochastic yuqoriga qayrildi. Short: "80" dan yuqori bo'lgan haddan tashqari sotib olinganlik zonasida, Stochastic pastga qayrildi.

(14, 3, 3)

Fibonachchi korreksiya darajalari

Oldinlab boruvchi

Kirish indikatori

Sving-treyding, Skalping

Long/Short: bitimlar Fibo darajasidagi korreksiyaning qayrilish momentida, barqaror tendentsiya yo'nalishida ochiladi

Standart

Chande va Kroll indikatori

Kechikuvchi

Volatillik indikatori

Kunlik

Stop-loss orderlarini o'rnatish uchun ishlatiladi

(10, 1, 9)

ATR

Kechikuvchi

Volatillik indikatori

Barcha turlar

Long/Short: ATR qiymatining oshishi volatillikning o'sishi haqida xabar beradi. Bitim trend yo'nalishi bo'yicha ochiladi

(14)

BBW

Kechikuvchi

Volatillik indikatori

Kanalli

Long/Short: BBW tayanch darajasidan sakrab yuqoriga ketadi. Bitim 1-2 shamdan keyin trend yo'nalishi bo'yicha ochiladi

(20, 2)

Keltner kanali

Kechikuvchi

Volatillik indikatori

Kanalli

Long/Short: sham kanaldan tashqarida to'liq yopiladi. Bitim trend yo'nalishi bo'yicha ochiladi

(20, 1)

Balans hajmi indikatori

Oldinlab boruvchi

Hajmlar indikatori

Kunlik, Uzoq muddatli, Sving-treyding

Long/Short: indikator qiymatlarining sezilarli o'sishi, yuksaluvchi yoki pasayuvchi trendni bildiradi

Standart

Mashhur Foreks indikatorlari bo'yicha FAQ

Har qanday indikatorlarda. Gap indikatorda emas, balki undan foydalanish qobiliyatida: signallarni ko'rish, boshqa indikatorlar, patternlar va fundamental tahlillar bilan birlikda ishlatish. Masalan, 3-5 ta aralash mualliflik indikatorlari, spektral tahlilga asoslangan indikatorlar qo'llaniladigan murakkab strategiyalar mavjud. Bazaviy instrumentlarni o'zida birlashtirgan ishlaydigan strategiyalar ham mavjud. Eng yaxshi Foreks indikatorlari, treyderning ishini imkon qadar qulay va oson qilish maqsadida, har bir savdo tizimi uchun alohida tanlanadi.

Asosiy Foreks indkatorlari. MT4 platformasida 30 ta asosiy texnik indkatorlari va 31 ta grafik element mavjud. MT5 platformasida 38 ta indkator va 44 ta grafik ob'ekt mavjud. LiteFinance terminalida esa 45 dan ortiq indkator va 25 ta grafik ob'ekt mavjud.Foydalanuvchi Foreks indikatorlari. Ushbu indikatorlarning yuzlab soni mavjud. Ularning bir qismi - bazaviy instrumentlarning modifikatsiyalangan turrlari bo'lib, boshqa qismi - bazaviy yoki noyob ishlanmalar asosida qurilgan mualliflik indikatorlaridir. Ularni, masalan, TradingView treyderlar hamjamiyatining veb-saytida yoki MT4 va MT5 ishlab chiquvchisining MQL5 veb-saytida topishingiz mumkin. Shuningdek, MQL5-ning frilans bo'limida, dasturchilarga o'zlarining savdo algoritmlari va kirish ma'lumotlar to'plamidan foydalanib indikator kodini yozishga buyurtma berishingiz mumkin.

Savdoda bir nechta eng mashhur indikatorlar mavjud:
1. Turli xil modifikatsiyalarda harakatlanuvchi o'rtacha ko'rsatkichlar. Ular alohida uchastkalarni hisobga olgan holda yoki o'lchamagan holda, o'rtacha arifmetik usul bo'yicha narxlarni o'rtachasini hisoblash instrumentidir. Quyidagilarda qo'llaniladi:a. Mustaqil strategiyalarda. Ularning mohiyati "MA"larni turli davrlar bilan kesishishi asosida qurilgan.b. Kombinatsiyalangan indikatorlarda. Masalan, Bollinjer polosalarida.c. Harakatlanuvchi o'rtacha usuli yordamida tekislash zarur bo'lgan indikatorlarda. Masalan, VWAP.
2. Fibonachchi darajalari. "Oltin kesishma" ga asoslangan va ommaviy psixologiya hisobga olinadigan darajalar setkasini qurish instrumenti.
3. Bazaviy ossilyatorlar: Stoxastik, RSI, MACD, CCI.

Barcha indikatorlarni ma'lum bir bozor sharoitida aniq deb atash mumkin. Maslahatlar:

  • Indikator parametrlarini iloji boricha samarali signallarni berishi uchun to'g'ri tanlashni o'rganing.
  • Demo-hisobida indikatorni barcha bozor vaziyatlarida ishlatib ko'ring, signallar eng aniq bo'lgan momentlarni aniqlang. Masalan, fletda yoki daqiqali taymfreymlarda ishlamaydigan indikatorlar mavjud.
  • MT4 testeridan foydalaning. Indikatorni turli xil aktivlarda va turli vaqt uchastkalarida sinab ko'ring, bektest statistikasini tahlil qiling.
  • Indikator bo'yicha tasdiqlash signalini qo'shing.
Foreksdagi eng aniq ko'rsatkich — bu siz ishlashni o'rgangan va sizning shaxsiy savdo tizimingizda eng yaxshi natijani beruvchi indikatordir.

Deyarli har qanday indikator orderni o'rnatish va yopish momentlarini ko'rsatadi. Misollar:

  • Kanalli indikatorlar. Agar bitim Keltner kanali yoki Bollinjer polosalari ichida uning chegarasidan sapchiganda ochilgan bo'lsa, u bitimni yopish uchun signal - narxning kanal o'rtasiga yetib borganligi yoki uning qarama-qarshi chegarasiga yetib borganligi bo'ladi.
  • Trend indikatorlari. Alligator bitimini ochish uchun signal - bu MA-larning boi-biridan uzoqlashishi. Ular orasidagi masofaning torayishi va yaqinlashishning boshlanishi pozitsiyani yopish uchun signaldir.
  • Ossilyatorlar. Bitimni ochish uchun Stoxastik signali - bu uning standart diapazondan chiqishidir. Yopish uchun - uning "20" yoki "80" qarama-qarshi belgisiga tegishi.
  • Trend kuchi indikatorlari. ADX qiymati 50 va undan yuqori bo'lsa, barqaror tendentsiya yaqin orada tugashi mumkinligini anglatadi - demak, bitimni yopish vaqti keldi.
Bitimni yopish uchun shuningdek, asosiy darajalardan foydalanish mumkin. Stop-loss orderini o'rnatish uchun ATR-dan foydalanish mumkin.

Bu signalni tasdiqlaydigan yordamchi indikatorlar. Bitimni ochish yoki yopish uchun signalni topish algoritmi:

  • Signal asosiy indikator asosida aniqlanadi. Signal tushunchasi ostida, bir yoki bir nechta shartlarni bajarilishi nazarda tutiladi. Masalan, indikator narxni pastdan yuqoriga kesib o'tishi.
  • Signalni topgandan so'ng, tasdiqlovchi indikator tahlil qilinadi. Signal tasdiqlanganidan so'ng, bitim ochiladi.
Tasdiqlovchi indikatorlarga misol - ossilyatorlar.

  • Sizning savdo tizimingizga mos keladiganlari.
  • Sizga eng tushunarli va sizga ishlash qulay bo'lganlari.
  • Sizga kerakli savdo vaqtida eng aniq va samarali signallarni beradiganlari.
Trendli, kanalli indikatorlar, ossilyatorlar, volatillik, trend kuchlari, savdo hajmlari, informatsion indikatorlar mavjud.


1. MetaTrader 4 va Metatrader 5 platformalarida asosiy indikatorlarni grafikka o'rnatish. "Vstavka-Indikatorlar" menyusiga o'ting. Ochilgan menyu toifalaridan kerakli birini tanlang.
2. LiteFinance Shaxsiy kabinetingizda asosiy ko'rsatkichlarni o'rnating. Terminalning chap menyusidagi "Savdo qilish" tugmasini bosing. Aktiv grafigini oching va "Indikatorlar" vkladkasini tanlang.
3. MetaTrader 4 va Metatrader 5 platformasida qo'shimcha indikatorlarni o'rnating:

  • Shablonni kompyuteringizga saqlang
  • Meta Traderning "Fayl" vkladkasidagi yuqori menyuda ma'lumotlar katalogiga shablonlarni qo'shish vkladkasini chaqiring.
  • "MQL4/5 - Indicators" katalogiga o'ting. Indikator shablonini papkaga ko'chirib o'ting.
  • Platformani qayta ishga tushiring.

M15 dan H1 gacha taymfreymlar uchun mo'ljallangan har qanday indikatorlar. Kun ichidagi strategiyalarda trend instrumentlari bilan ishlash yaxshidir, volatillik va trend kuchi indikatorlari. Ular kuchli harakatning zaiflashuv momentlarini aniqlashga yordam beradi. Ossilyatorlar soatlik intervalda nisbatan samaraliroq. Informatsion indikatorlar ham foydali bo'lishi mumkin:

  • Spred indikatori. Bilvosita bozorning keskin "qiyshayishi" momentlarini aniqlashga yordam beradi.
  • Bozor kayfiyati. Buyurtmalar soni va ularning hajmini hisobga oladi, o'rnatilgan vaqt taymfreym bo'yicha ko'pchilikning fikrini ko'rsatadi.
  • Savdo sessiyalari indikatori. Ba'zi aktivlarda ma'lum bir sessiyada volatillikning oshishi kuzatiladi.
Shuningdek, savdo tizimiga iqtisodiy taqvimni ham qo'shing. U sizga volatillikning o'zgarishini qaysi vaqtda kutish kerakligini aytadi.

Kombinatsiya variantlari:

    Forex trend indikatorlari va ossilyatorlar. Trendning boshlanish vaqtini topib, ossilyatorlardan tasdiq olish orqali pul ishlang. Shuningdek, ossilyatorlar yordamida siz narx yo'nalishidagi o'zgarishlarning ehtimoliy nuqtalarini topishingiz mumkin.
  • Forex trend indikatorlari va grafik tahlil elementlari. Kuchli darajalarni toping, narxning ulardan sapchib ketishi yoki darajalar buzilishi vaqtida orderlarni o'rnating. Trend o'zgarishini tasdiqlovchi qayrilish patternlariga e'tibor qarating.
  • Kanalli indikatorlar va trend kuchi indikatorlari. Ularning yordamida siz kanal chegarasining uzilish ehtimolini yoki narxning o'rtacha qiymatiga qaytishni aniqlashingiz mumkin.
Har bir savdo strategiyasi individualdir — faqat ushbu variantlar bilan cheklanib qolmang. Sizga eng qulay bo'lgan instrumentlar kombinatsiyasini tanlang.

M15-H1 intervallarida qisqa muddatli savdo uchun har qanday trend indikatorlari va ossilyatorlari mos keladi. Masalan, CCI, RSI, MACD va harakatlanuvchi o'rtacha, Ichimoku buluti kabilarning kombinatsiyasi. Alligator, turli davrlardagi MA kombinitsiyalari yoki TEMA indikatorlari kunlik trendni yaxshi ko'rsatib beradi. Kanalli strategiyalar uchun bir xil davrli, ammo narxlar turlari har xil bo'lgan EMA indikatorlari mos keladi — High, Low. Shuningdek, "Keltner kanallari va Price Action tasdiqlovchi patternlar kombinatsiyasi ham yaxshi ishlaydi.

VWAP, On-Balance Volume savdo hajmlarini hisobga oladigan indikatorlar. Kotirovkalarni o'rtacha qiymatga keltirishda ular har bir shamning savdo hajmini hisobga olishadi, shuning uchun ular bozor holatini eng aniq aks ettiradi. Trend instrumentlari va ossilyatorlarga qo'shimcha ravishda hajm indikatorlaridan foydalaning.

"Buqalar" va "ayiqlar" muvozanatining buzilish hajmini va uning volatilligini aniqlaydigan indikatorlar:

  • ATR — yonma-yon joylashgan ikkita shamning narx ekstremumlarini qiyoslovchi volatillik indikatori. Volatillik qanchalik kuchli bo'lsa, trend impulsi ham shunchalik kuchli bo'ladi.
  • ADX — "buqalar" yoki "ayiqlar" kuchining o'zgarishini va tendentsiya yo'nalishini ko'rsatadigan kombinatsiyalangan indikatordir.
  • Alligator — "MA"larga asoslangan trend indikatori. MA tafovuti (uzoqlashish darajasi) qanchalik katta bo'lsa, narx impulsi ham shunchalik kuchli bo'ladi. MA darajalarining bir-biriga yaqinlashishi trendning sekinlashuvidan dalolat beradi.

Fond bozorining barcha aktivlari uchun universal Foreks trend indikatorlari va ossilyorlarga qo'shimcha ravishda savdo hajmi indikatorlari mos keladi.

Skalping uchun narxlar shovqini deyarli ta'sir qilmaydigan, daqiqali intervallarda va fletda ishlaydigan, oldinlab boruvchi indikatorlar eng mos sanadi. Kechikuvchi va oldinlab boruvchi instrumentlarni birlikda ishlatish mumkin. Masalan, Bollinjer va RSI polosalari yoki Stoxastik. Ichimoku bulutiga asoslangan savdo tizimlari mavjud. Ularda spred indikatoridan foydalaning.

Birja opsionlari uchun hajm indikatorlari, trend indikatorlari mos keladi. MQL5 veb-saytida mualliflik algoritmi bo'yicha indikator yozishga buyurtma berishingiz mumkin.Binar opsionlari bilan savdo qilish uchun, Foreks savdosida ishlatiladigan xuddi shu indikatorlar mos keladi. Barchasi savdo tizimiga bog'liq.

  • Barcha Fibonachchi instrumentlari. Indikator korreksion harakat tugashi kerak bo'lgan joyda, asosiy psixologik darajalarni chizib beradi. Kengaytma korreksiyadan keyingi tendentsiyaning yangi ehtimoliy ekstremumini ko'rsatadi.
  • ADX — "buqalar" yoki "ayiqlar" ning kuchini baholaydi, u yoki bu tomonning ustunligini ko'rsatadi.
  • Ossilyatorlar — RSI, Stoxastik. Agar ossilyator chizig'i diapazon chegaralariga yaqin bo'lsa, korreksiya yangi barqaror tendentsiyaga aylanishi mumkin.
Bundan tashqari, to'lqinli tahlilni yoki Q/T darajalari bo'yicha savdoni qo'llashingiz mumkin.

Eng yaxshi strelkali Foreks indikatori - bu buyurtma asosida yaratilgan indikatordir. Bir qator sinovlar yordamida qayta chizilmasdan eng aniq signallarni beradigan instrumentni toping. mql5.com saytidagi "Freelance" bo'limida "Signal shakllanishi momentida indikator kodiga strelkalarni qo'shish" buyurtmasini yarating. Strelkali indikator tayyor.

Treyderlar uchun eng yaxshi Foreks indikatorlari

Ushbu maqolaning mazmuni faqat muallifning shaxsiy fikri bo'lib, LiteFinancening rasmiy pozitsiyasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etilgan materiallar faqat axborot berish maqsadida taqdim etiladi va 2004/39 /EC direktivasi maqsadlari uchun investitsiyalar bo'yicha konsul'tatsiya sifatida qabul qilinishi mumkin emas.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Muallifga savollaringiz bormi? Siz ularni izohlarda muhokama qilishingiz mumkin .
Savdoni boshlash
Follow us in social networks!
Jonli chat
Leave a feedback
Live Chat