Oltin narxlari bo'yicha prognoz - bu qimmatbaho metallarga bo'lgan talab va taklifga ta'sir qiluvchi omillarni tahlil qilish, shuningdek, bozorda paydo bo'ladigan patternlar, fraktallar va trendlarni aniqlash.

Oltin qimmatlashadimi? Yaqin kelajakda qimmatbaho metallar kursi qanday bo'ladi? Ushbu maqolada biz tarixiy ma'lumotlarni ko'rib chiqamiz va professional tahlillarni o'rganamiz. Shuningdek, 2024-2025 yillar uchun oltin narxini va 2030 yil oxirigacha bo'lgan uzoq muddatli prognozni tuzamiz.

Maqolada quyidagi mavzular yoritilgan:


Asosiy faktlar

Asosiy tezis

Xulosalar va asosiy jabhalar

XAUUSD narxi bo’yicha prognoz nimadan tashkil topgan?

XAUUSD kursini prognoz qilishda fundamental va texnik tahlilga amal qilish kerak.

Fundamental tahlilda Markaziy banklarning pul – kredit siyosatidagi o'zgarishlar, dunyodagi inflyatsiya ko'rsatkichlari, valyuta operatsiyalari dinamikasini, geosiyosiy hodisalar, oltinning eng yirik eksportchilari va importchilari bo'lgan mamlakatlarning iqtisodiy holatini hisobga olish muhimdir.

Texnik tahlil esa XAUUSD narxlari grafigini turli indikatorlar, shuningdek shamli va grafik patternlar yordamida o'rganishni o'z ichiga oladi.

2024 yil uchun XAUUSD kursining prognozi

Aksariyat tahliliyot kompaniyalari 2024 yil uchun oltin uchun ijobiy prognoz bermoqdalar va narxni $2421.00-$2651.00 oralig'ida o'zgarib turishini kutmoqdalar. Yanada konservativ prognozlar esa XAUUSD narxi pasayishini tahmin qilmoqdalar, qimmatbaho metall $2000,00-$2133,00 dollar atrofida savdo qilinishi kutilmoqda. Ba'zi tahlilchilar narxlarning bir unsiya uchun $2750.23-$2810.76 dollargacha misli ko'rilmagan o'sishi mumkinligini ham istisno qilmaydilar.

2025-2026 yillar uchun oltin narxi prognozi

. LongForecast tahlilchilari 2025 yilda buqa rallisining $2799.00 darajasiga qadar davom etishini kutmoqdalar. 2026 yilning birinchi choragi uchun mutaxassislar qimmatbaho metalning narxi $2441.00-$2882.00 oralig'ida bo'lishini va yil oxiriga kelib kurs bir unsiya uchun $2566.00 ga tushishini taxmin qilmoqdalar.

2026-2030 yillar uchun qimmatbaho metall kursining prognozi

Coin Price Forecast 2026-2030 yillarda qimmatbaho metall narxining bir unsiya uchun 4649,00 dollargacha ko'tarilishini prognoz qilmoqda. Ko'proq konservativ bo'lgan prognozlarga ko'ra, oltin narxi 2800,00 dollargacha ko'tarilishi mumkin.

Oltin narxi kursiga qanday omillar ta'sir qiladi?

XAUUSD kursi foiz stavkalari dinamikasiga, global talab va taklifning o'zgarishiga, geosiyosiy taranglikka, dunyoda inflyatsiyaning kuchayishi va jahon valyutalari kurslarining o'zgarishi sharoitida valyutalarning qadrsizlanishiga bog'liqdir.

Qimmatbaho metallga sarmoya kiritishning ijobiy va salbiy tomonlari

Oltinga sarmoya kiritishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

1. Boshpana aktivining holati va ishonchliligi. Oltin har doim yuqori baholangan va universal to'lov vositasi bo'lib xizmat qilgan.

2. Barqarorlik va xavfsizlik. Dunyoning ko'plab valyutalari jismoniy oltin bilan ta'minlangan. Shuning uchun, pul va qimmatli qog'ozlardan farqli o'laroq, oltin qimmatlashishi yoki pasayishi mumkin, ammo u qadrsizlanmaydi. Uzoq muddatli istiqbolda, qimmatbaho metallning narxi barqaror bo'lib, sekin bo'lsa ham, o'sib bormoqda.

XAUUSD-ga sarmoya kiritishning kamchiliklari quyidagilardan iborat:

1. Yuqori volatillik.

2. Aktivning past daromaddorligi. Oltin ko'pincha investitsiya instrumenti sifatida emas, balki xatarlarni xedjirlovchi vosita sifatida ishlatiladi.

3. Past likvidlilik. Jismoniy oltinni minimal yo'qotishlar bilan amalga oshirish juda muammoli. Shu sababli, brokerlik hisobi orqali oltinga sarmoya kiritish varianti qimmatbaho metallga investitsiyalardan foyda olishning yanada qulay va yuqori likvidli usuli hisoblanadi.

Qisqa va uzoq muddatli istiqbolda oltin bilan savdo qilish strategiyalari

Oltin yuqori volatillikka ega, shuning uchun XAUUSD bilan savdo qilishda ham qisqa, ham uzoq istiqbolda foyda olish mumkin.

1. Skalping - kun davomida M3-M5 taymfreymlarida xatar darajasi yuqori bo'lgan savdo turidir. Qisqa vaqt ichida bir nechta savdolarni amalga oshirishga imkon beradi, ammo yuqori xavf bilan.

2. Kunlik savdo (deytreyding) - bu M15, M30, H1 taymfreymlarida, sessiya davomida bir yoki ikkita daromadli bitim ochishga imkon beruvchi kun ichidagi savdo turi.

3. Sving-treyding - bir necha kun yoki hafta davomida savdo qilish turi. Ushbu strategiya trendga asoslangan bo'ladi, ya'ni aktiv bo'yicha trend shakllanguniga qadar, treyder pozitsiyani ushlab turadi.

4. Uzoq muddatli savdo. Ushbu strategiya kirish nuqtalarini tahlil qilish uchun uzoqroq muddatga – oy, yilga teng bo'lgan katta taymfreymlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunday holda, pozitsiyalar soni bitta bitim bilan cheklangan, ammo samarali bo'ladi, chunki katta taymfremlarda signallarning ahamiyati kichik taymfreymlarga qaraganda ko'proqdir.

5. Pozitsion savdo yoki yangiliklar asosida savdo qilish turi. Bitimlar asosiy omillarni hisobga olgan holda ochiladi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday strategiya xatarliroqdir, chunki bozorda makroiqtisodiy ma'lumotlar yoki muhim yangiliklar e'lon qilingan davrda volatillik kuchayadi va kursni prognoz qilish qiyinlashadi. Aktivning kotirovkalari yo'nalishni keskin o'zgartirishi mumkin va narx sizning prognozingizga qarshi harakatlana boshlashi mumkin.

XAUUSD narxini tahlil qilish uchun maqbul vaqt oraliqlari

Tanlangan savdo strategiyasiga qarab, quyidagi taymfreymlarni eng optimal deb atash mumkin: M30, H1, H4, D1, W1. 

Oltin narxini qanday prognoz qilish mumkin?

Umuman olganda, oltin narxini prognoz qilish uchun uchta asosiy yondashuvni ajratib o'tish mumkin:

1. Fundamental tahlil.

Bu yerda pul-kredit siyosatidagi o'zgarishlar va qimmatbaho metallar kursiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar ko'rib chiqiladi. Bu, birinchi navbatda, global moliyaviy tizim va AQSh Markaziy bankining xatti-harakatlari bilan bog'liq. Shuning uchun turli makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisobga olish juda muhimdir:

  • federal fondlar stavkasining o'zgarishi; 

  • inflyatsion kutilmalar; 

  • valyutalar harakatlanishi va pul massasi hajmi; 

  • import va eksport balansi.

Oltin kursini tahlil qilishda asosiy fundamental omillardan biri bu asosiy import qiluvchi va eksport qiluvchi mamlakatlarning iqtisodiy va geosiyosiy holatini baholashdir.

2024 yilning birinchi choragida importning eng katta hajmi quyidagi mamlakatlarga to'g'ri kelgan:

  1. Turkiya - 30,12 tonna.

  2. Xitoy - 27,06 tonna.

  3. Hindiston - 18,51 tonna.

  4. Qozog'iston - 16,39 tonna.

  5. Singapur - 6,57 tonna.

2024 yilda oltin qazib olish bo'yicha birinchi uchlikka quyidagi mamlakatlar kiradi (prognoz qilingan ma'lumotlar):

  1. Xitoy - yiliga 370 tonna.

  2. Avstraliya - yiliga 310 tonna.

  3. Rossiya - yiliga 310 tonna.

Shuni ta'kidlash kerakki, iqtisodiyot va siyosat o'zaro bog'liq komponantlardir, va qimmatbaho metallga sarmoya kiritishda ularni hisobga olish juda muhim.

So'nggi oylarda oltin narxi bo'yicha tarixiy maksimumlari yangilanishi, to'g'ridan-to'g'ri dunyoda sodir bo'layotgan siyosiy voqealar bilan bog'liqdir:

  • Rossiya va Ukraina o'rtasidagi qurolli to'qnashuv;

  • Falastin va Isroil o'rtasidagi qurolli to'qnashuv;

  • Xitoy va Tayvan o'rtasidagi ziddiyatlar;

  • Xitoy va AQSh o'rtasidagi tijorat urushi va shu bilan bog'liq cheklovlar;

  • Rossiya xorijiy aktivlari muzlatilishi va Rossiyaga qarshi sanksiyalar;

  • Markaziy banklarning yuqori stavkalari va inflyatsiyaning o'sishi;

  • Dollardan voz kechish va hisob-kitoblarni mamlakatlarning milliy valyutalariga o'tkazish.

Bularning barchasi oltin narxiga ta'sir ko'rsatib ulgurgan va qimmatbaho metallarning kotirovkalariga ta'sir ko'rsatishda davom etmoqda. Investorlar o'z kapitalidan havotirda bo'lganlari sababli, o'z mablag'larini XAU-ga kiritmoqdalar va shu bilan birga talabning yanada ortishiga sababchi bo'lishmoqdalar. Aynan oltin dunyodagi turli inqirozlar davrida asosiy himoya aktivi hisoblanadi.

Global trendlarni prognoz qilishda fundamental tahlildan foydalanish, odat tusiga kirganligini hisobga olish muhimdir.

2. Texnik tahlil. 

Ushbu yondashuv indikatorlar va narx harakatlarini tahlil qilishning boshqa indikatorlaridan foydalangan holda grafiklarda XAUUSD kotirovkalari tarixini o'rganishni o'z ichiga oladi.  Texnik tahlil tayanch va qarshilik darajalarini, trend chiziqlarini, bir necha yil davomida uzoq muddatli istiqbolda ham, Intraday savdosida ham narxlarning chegaradan chiqishi va qayrilishi mumkin bo'lgan joylarini aniqlashga yordam beradi.

Oltin uzoq istiqbolda yo'naltirilgan harakatga moyil bo'lib, shu sababli texnik tahlil uchun birinchi navbatda trend indikatorlari ishlatiladi: Скользящие средние, Индекс относительной силы RSI, MACD и полосы Боллинджера (Bollinger Bands). Harakatlanuvchi o'rtacha ko'rsatkichlar, RSI Nisbiy kuch indeksi, MACD va Bollindjer polosalari (Bollinger Bands).

3. Bozor kayfiyatlari tahlili.

Ushbu yondashuv xaridorlar va sotuvchilarning kayfiyatini baholashni o'rganadi — ularning qaysi biri hozirda bozorda hukmronlik qilayotganligi. Bozor kayfiyatini tahlil qilish instrumentlari sifatida so'rovnomalar, ijtimoiy media kontenti va profilli onlayn-maydonchalar monitoringi, masalan, litefinance.org.

Bir paytning o'zida shuni yodda tutish kerakki, bozor kayfiyati juda tez o'zgarishi mumkin, ularga professional tahlilchilarning oltin bo'yicha prognozi haqidagi yangiliklari yoki, masalan, AQSh Markaziy banki raisi (Federal zahira tizimi, FRS) Jerom Pauell qanday ma'lumot berishi ta'sir qiladi.

Dunyoda geosiyosiy taranglikning kuchayishi

Rossiya va Ukraina o'rtasidagi davom etayotgan mojaro XAUUSD kursining yanada o'sishi uchun asos bo'ldi. Bundan tashqari, yaqin Sharqdagi Falastin va Isroil o'rtasidagi qurolli mojaro, sarmoyadorlar o'z kapitallarini saqlab qolish maqsadida oltinga bo'lgan qiziqishini kuchaytirmoqda.

Yaqinda AQShning Xitoyga nisbatan tovarlarni import qilish bojlarini oshirishi kabi cheklovlar Xitoy hukumatini ham tegishli javob choralarini ko'rishga undashi mumkin. Savdo mojarosining kuchayishi, shuningdek, bozorda beqarorlik va oltin narxi oshishiga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, yaqin kunlarda Xitoy hukumati Tayvan sohilida o'z qo'shinlarining qo'shma jangovar harakatlarini sinash uchun mashqlar o'tkazdi. Bundan tashqari, ushbu mashqlarning maqsadlaridan biri - bu provokatsiya va aralashuvlariga qarshi tashqi kuchlarni ogohlantirish edi.

Yirik import qiluvchi mamlakatlar tomonidan oltinga bo'lgan talabning oshishi

So'nggi olti oy ichida import qiluvchi mamlakatlarning Markaziy banklari tomonidan jismoniy oltinni katta hajmlarda sotib olishi ham, XAUUSD o'sishining asosiy omillaridan bir hisoblanadi.

Qimmatbaho metallga bo'lgan talabning o'sishi, Rossiya aktivlarini muzlatish va tortib olish mojarolari fonida, Markaziy banklar tomonidan o'z zaxiralarini qayta taqsimlanishi bilan bog'liqdir. AQShning dunyodagi yuksak mavqei keskin pasayganligi sababli, ko'proq mamlakatlar o'zlarining milliy valyutalari va oltinlari foydasiga AQSh dollaridan voz kechmoqdalar.

Shu tarzda, aprel oyida Hindiston qimmatbaho metall narxining oshishiga qaramay, oltin sotib olishni 3 baravar oshirdi va zaxiralarini 3,115 milliard dollarga ko'paytirdi. 2024 yilning birinchi choragida Hindistonning XAUUSD o'tgan yilning shu davriga nisbatan 12,706 milliard dollarga ko'tarildi.

Xitoy esa, aksincha, XAUUSD kotirovkalarining o'sishi fonida oltin sotib olishni sekinlashtirdi. Shunday qilib, aprel oyida import o'tgan oyga nisbatan 30 foizga kamayib, 136 tonnaga etdi. Biroq, Xitoy hali ham qimmatbaho metallarning eng yirik ishlab chiqaruvchilari va iste'molchilaridan biri bo'lib qolmoqda va ketma-ket 18 oy davomida o'z zaxiralarini ko'paytirib bormoqda.

Bugungi kunda 02.09.2024 oltinning joriy narxi $2 494.91 ni tashkil qiladi.

Oltin bo'yicha narxning texnik tahlili (XAU)

2024 yil oxirigacha XAUUSD narxining keyingi harakatini aniqlash uchun H4, D1, W1 va MN taymfreymlaridan foydalanish mumkin. Aniqroq prognoz qilish uchun bizga RSI, MACD, MFI, MA Cross, tik hajmlari kabi texnik indikatorlar yordam beradi. Ushbu instrumentlar XAUUSD narxlari jadvalidagi asosiy tayanch va qarshilik chiziqlarini, shuningdek, joriy trendning kuchini va potentsial qayrilish  nuqtalarini aniqlab beradi.

Bundan tashqari, texnik indikatorlari bilan bir qatorda sham va grafik tahlillaridan foydalanish muhimdir. Shamli figuralar qayrilish darajasini oldindan aniqlashga imkon beradi, bu esa daromadli pozitsiyani kamroq xatarlar bilan ochishga imkon beradi.

Oltin bo'yicha grafikda uchraydigan mashhur grafikli va shamli tahlil figuralariga "buqa va ayiq bayrog'i", "tong va oqshom yulduzi", "qulayotgan yulduz", "ikki jarlik" va “ikki cho'qqi" patternlari kiradi.

Avvalo, umumiy kontekst va bozor kayfiyatlarini aniqlash zarur. Buning uchun oylik XAUUSD grafigini tahlil qilib chiqamiz.

LiteFinance: Oltin bo'yicha narxning texnik tahlili (XAU)

Narx 2018-yilning avgust oyida boshlangan va uzoq davom etgan yuksaluvchi trendning doirasida harakat qilmoqda. 2024 yil may oyida aktivning kotirovkalari yana bir tarixiy maksimum - 2450,00 darajasini buzib o'tdi, so'ngra narx "dodji" shamli patternni hosil qilib, qayrilishni boshladi. Uning grafikdagi tuzilishi bozorda noaniqlik va qat'iyatsizlik borligi haqida gapiradi. Odatda, tepalik "dodji" modelining shakllanishi - narxning qayrilishini anglatuvchi kuchli signaldir.

RSI indikatorining ko'rsatkichlari haddan ziyod sotib olinganlik zonasining 71-belgisida joylashgan bo'lib, maqbul qiymatlarga qaytish uchun asta-sekin pastga qayriladi.

MFI pul oqimi indikatori neytral yonmacha harakatni ko'rsatadi, aktivni sotib olish yoki sotishga hech qanday signal yo'q. Biroq, tik hajmlari uch oy ketma-ket o'sib bormoqda, va bu savdo ishtirokchilarining qiziqishini aks ettiradi. Eng yuqori tik hajmi 2024-yil aprel oyida "dodji" modeli shakllanganda qayd etilgan. Bu esa bozorning sotuvchilar nazorati ostidaligi va MA50 ko'rinishida dinamik tayanch chizig'i o'tkazilgan 2047,66-1816,65 darajalarda, pasayuvchi korreksiya rivojlanishi mumkinligi haqida xulosaga kelishimizga imkon beradi.

Lekin, MACD ijobiy zonada joylashgan va gorizontal harakatlanadi. Qisqa muddatli MA50 uzoq muddatli MA200 dan yuqoriroq joylashgan. Bundan tashqari, harakatlanuvchi o'rtachalarning chiziqlari kengayib bormoqda, "buqa" trendi barqaror.

Aktiv narxining dastlabki tahlili shuni ko'rsatdiki, hozirda oltin bozori qizib ketgan, yaqin orada davom etayotgan yuksaluvchi trend doirasida, qisqa muddatli pasayuvchi korreksiya ehtimoli mavjud.

Ro'yxatdan o'tmasdan qulay platforma orqali Forex demo hisobiga bepul kirish imkoniyatini qo'lga kiriting

Demo hisobga o'tish

Oltin narxining 3 oylik prognozi

Kelgusi uch oy davomida XAUUSD narxini prognoz qilish uchun H4 va D1 grafiklarini tahlil qilish kerak bo'ladi.

LiteFinance: Oltin narxining 3 oylik prognozi

To'rt soatlik grafikda yirik "ikki cho'qqi" patternining tuzilishini kuzatish mumkin. Hozirgi vaqtda ikkinchi cho'qqi shakllanmoqda va narx 2291,80 darajasidagi "bo'yin" chizig'iga yaqinlashmoqda. Ushbu chiziqni buzish va quyida mahkamlash "ayiqlarga" narxni 2112,97 darajaga tushirishga imkon beradi.

MFI indikatori bo'yicha qiymatlarning pastki chegaradan yuqoriga sakrashi kuzatiladi, bu aktivga likvidlilik oqimi boshlanishidan dalolat beradi. RSI qiymatlari indikatorning pastki chegarasini yuqoriga qarab bosib o'tdilar va haddan ziyod sotilganlik zonasidan muvaffaqiyatli chiqib ketdilar.

MACD nol chegara tomon intilib, salbiy zonada o'sib bormoqda. MA50 chizig'i MA200 dan balandroq joylashgan bo'lib, buqalar 2320,86 hududida o'z pozitsiyalarini saqlab qolganlarini ko'rsatadi. Ammo aktivning narxi qisqa muddatli va uzoq muddatli harakatlanuvchi o'rtacha qiymatdan pastroq joylashgan, bu sotuvchilar tomonidan ortib borayotgan bosimni tasdiqlaydi.

LiteFinance: Oltin narxining 3 oylik prognozi

Kunlik grafikda "oqshom yulduzi" va "ayiq marubozusi" shamli modellari bilan bir qatorda "ikki cho'qqi" patterni ham xuddi shu tarzda shakllanadi. Ushbu figuralarning shakllanishi, tepadagi trendning qayrilishidan dalolat beradi.

MFI indikatori pastga yo'naltirilgan bo'lib, bu kattaroq miqyosda qaralganda, mablag'larning aktivdan teskari oqim bilan chiqib ketishini ko'rsatadi. RSI bo'yicha yirik "ayiq divergensiyasi" shakllangan. Instrument qiymatlari 50 dan pastroq joylashgan, instrumentning "ayiq" dinamikasi saqlanib qoladi.

MACD indikatoriga ko'ra, yashirin "ayiq divergensiyasi" shakllangan, bu pastga yo'naltirilgan yirik harakat paydo bo'lishi ehtimolini ko'rsatadi.

Biroq, MA50 va MA200 chiziqlari kengaymoqda. Qisqa muddatli MA chizig'i, MA200 dan yuqoriroq joylashgan. Shuningdek, aktivning narxi MA50 va MA200 chiziqlaridan yuqoriroq. Bu shuni anglatadiki, ushbu chiziqlar "buqalar"ni qo'llab-quvvatlash uchun dinamik chiziqlar vazifasini bajaradi.

Agar "ayiqlar" 50 kunlik harakatlanuvchi o'rtachaning chizig'i va "ikki cho'qqi" patternidagi "bo'yin" chizig'ini kesib o'tsa, pastga qarab harakatlanish kuchayishi va narx keyingi bir necha oy ichida 2047,66 ga yetishining yuqori ehtimoli mavjud.

Ushbu darajada, shu jumladan, 200 kunlik dinamik  tayanch chizig'i ham o'tgan bo'lib, narx undan sapchib yuqoriga qayrilishi mumkin.

Agar buqalar 2269,59 darajasini ushlab qolishni uddalay olsalar, unda 2354,16-2513,83 atrofida yuksaluvchi trendning davom etishini kutish mumkin.

Texnik tahlilga ko'ra, 2024 yilda XAU kursi bilan nima bo'ladi?

Global miqyosda oltin kotirovkalari uzoq davom etadigan yuksaluvchi trend doirasida rivojlanadi. Biroq, so'nggi bir necha oy ichida yangi tarixiy maksimumlarga erishish bilan, narxlarning korreksiyasi ehtimoli tobora ortib bormoqda.

2024 yil davomida XAUUSD ning potentsial dinamikasini aniqroq belgilab olish uchun haftalik taymfreymni ko'rib chiqamiz.

LiteFinance: Texnik tahlilga ko'ra, 2024 yilda XAU kursi bilan nima bo'ladi?

XAUUSD bo'yicha uzoq muddatli texnik tahlil

Savdo instrumentlarining haftalik chartida narx yuksaluvchi trenddan tashqariga chiqdi va "ayiq yutib yuborishi", "oqshom yulduzi" teskari patternlari va "qulayotgan yulduz" modellarining seriyasini shakllantirdi. Ushbu figuralarning yangi maksimumlar hududidagi kombinatsiyasi narxning pastga qayrilishi va "ayiqlar"ning kuchayib borayotganligidan dalolat beradi.

MFI indikatori yuqori chegaradan pastga tushib, likvidlilikning aktivdan sistematik sizib chiqayotganini ko'rsatadi. Tiklar hajmi ham pasaymoqda - aktiv bo'yicha savdo operatsiyalari soni kamaymoqda.

RSI mart oyining boshidan beri haddan tziyod sotib olinganlik zonasida harakat qilgan va joriy paytda, narxning qayrilishi haqida signal bergan holda, yuqori chegarani buzib o'tgan. MACD qiymatlari xuddi shu tarzda, ijobiy zonada pasayadi va nol chegarasiga yaqinlashadi – bu zaiflashayotgan "buqa" trendi mavjudligi haqida signaldir.

 MA50 qisqa muddatli harakatlanuvchi o'rtachasi, 2050,88 belgisida joylashgan va eng yaqin dinamik tayanch darajasi bo'lib xizmat qiladi.

Yuqori ehtimol bilan, aktiv o'zining yangi lokal maksimumiga yetgan va yil davomida yuksaluvchi trend doirasida 2047,66 belgisigacha pasayuvchi korrektirovkaga uchraydi. Joriy yilning noyabr oyida korrektirovka yakunlanishi mumkin va narx 2148,21-2269,59 belgilarigacha ko'tariladi.

Quyida joriy yil uchun narxning maksimum va minimumlarining prognoz qiymatlari ko'rsatilgan jadval keltirilgan.

Oy

XAUUSD bo’yicha narxning prognoz qiymatlari

Minimum, $

Maksimum, $

Iyun 2024

2157,26

2308,69

Iyul 2024

2116,88

2254,85

Avgust 2024

2137,97

2271,67

Sentyabr 2024

2049,58

2150,53

Oktyabr 2024

2036,12

2187,55

Noyabr 2024

2170,72

2285,13

Dekabr 2024

2150,53

2308,69

Oltin bo'yicha uzoq muddatli savdo rejasi

Texnik indikatorlar va shamli modellar 2148.21-2047.66 belgilariga yetib, savdo instrumentining pastga qarab korrektsiya bo'lishi bilan joriy yilda "buqa rallisi" yakunlanishi mumkinligi to'g'risida signal beradi.

3 oylik savdo rejasi

  • H4 va D1 grafiklarida, yuqori ehtimollik bilan "ikki cho'qqi" patterni shakllanmoqda. Agar "bo'yin" chizig'i buzilsa, siz 2221.95-2047.66 hududidagi targetlar bilan qisqa pozitsiyalarni ochishingiz mumkin.

  • Alternativ ssenariy: agar "buqalar" 2268,59 darajasini ushlab tura olsalar, ehtimol oltin narxining ko'tarilishi davom etadi.

  • Asosiy tayanch darajalari: 2269,59, 2221,95, 2145,83, 2088,92, 2047,66.

  • Asosiy qarshilik darajalari: 2354,16, 2402,82, 2446,13, 2482,31, 2513,83.

2024 yil uchun savdo rejasi

  • Narxning haftalik grafikida teskari sham modellari hosil bo'ladi, bu esa yuksaluvchi trendning tugashini anglatadi. Yuqori ehtimollik bilan, trendning pastki 2047,66 chegarasiga yetganda, hech qancha vaqt o'tmay, intensiv pasayuvchi korrektsiya boshlanadi va so'ngra u yuqoriga qayriladi.

  • Asosiy tayanch darajalari: 2269,59, 2148,21, 2047,66, 1947,54, 1816,65, 1620,30.

  • Asosiy qarshilik darajalari: 2446,13, 2513,83, 2677,13.

2024 yil uchun oltin narxining ekspertlik prognozi

Oltin 2024-yilning may oyida 2333,76 dollar atrofida olib-sotilgan holda, tarixiy rekordlarni yangilashda davom etmoqda.

Qimmatbaho metall geosiyosiy xatarlar va AQSh Federal Rezerv Tizimining keyingi pul-kredit siyosatidagi mavhumliklar fonida investorlar orasida yuqori talabga ega. XAUUSD aktivini yuqori narxlardan himoyalanish va ichki bozorni tashqi aralashuvlardan xoli qilish vositasi sifatida sotib olayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda.

Oltin qiymatiga ta'sir etuvchi asosiy omillarga quyidagilar kiradi:

  • Rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining pul-kredit siyosati. Foiz stavkalarining pasayishi va AQSh Federal rezervlar tizimining pul-kredit siyosati yumshatilishi, investorlar orasida o'zini xatarga otish ishtiyoqi oshishiga olib keladi. Bunday holda, xatarliroq bo'lgan aktivlarga mablag'lar oqimi va himoya instrumentlaridan, shu jumladan XAUUSD-dan likvidlilikning qayta sizib ketishini kuzatish mumkin bo'ladi.

  • AQShda yaqinlashib kelayotgan saylovlar ham oltin narxlariga ta'sir qilishi mumkin. Saylovlardagi mavhumlik ham, xuddi shunday, aktiv qiymatining oshishiga olib keladi.

  • Geosiyosiy keskinliklarning oshishi va mojarolarning kuchayishi oltin narxining o'sishiga olib kelishi mumkin. Kuni kecha Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning samolyot halokati tufayli halok bo'lishi, oldindan aytib bo'lmaydigan oqibatlarga olib kelishi va Yaqin Sharqda keskinlikning yangi bosqichini keltirib chiqarishi mumkin. Har qanday qurolli to'qnashuvlarning ko'tarilishi XAUUSD narxining yanada ko'tarilishiga olib kelishi mumkin.

  • AQSh va Xitoy o'rtasidagi davom etayotgan savdo urushi, shuningdek, Rossiya aktivlarini musodara qilinishi va unga qarshi yangi sanktsiyalarning joriy etilishi qimmatbaho metall narxlariga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Jahon bankining prognozi (World Bank Group)

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, 2024 yilda oltinning o'rtacha narxi bir unsiya uchun 2100,00 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ushbu prognoz Yaqin Sharqdagi mojaro global mavhumlikning kuchayishiga va qimmatbaho metall narxining keskin ko'tarilishiga olib kelishi mumkin degan taxminga asoslanadi.

Xalqaro valyuta fondining prognozi (IMF)

Xalqaro valyuta fondi har bir unsiya uchun o'rtacha 1775,00 dollarni tashkil etadi. Ushbu prognoz inflyatsion umidlarga, moliyaviy bozorlarning holatiga, shuningdek iqtisodiy faoliyatga asoslangan. Iqtisodchilarning fikriga ko'ra, Federal rezerv tizimi hali stavkalarni pasaytirishni rejalashtirmagan bo'lsa-da, uning o'z pul-kredit siyosatini bosqichli ravishda yumshatib borishi kutilmoqda. Bu oltin narxlarini ushlab turishda yordam beradi.

Goldman Sachs prognozi

Goldman Sachs investitsiya banki (CAPEX portali xabar berishiga ko'ra) 2024 yilda qimmatbaho metallning o'rtacha narxi 2133,00 dollar bo'lishini prognoz qilmoqda. Tahlilchilarning fikriga ko'ra, XAUUSD juftligi qo'rquv indeksining o'sishi va boshpana-aktiv maqomi tufayli bozor konsensusidan yuqoriroq naxda savdo qilinadi. Investorlar orasidagi qo'rquv mavhumlikning kuchayishi, shuningdek, joriy yilda AQShda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tanazzul tufayli yuzaga keladi.

Bundan tashqari, aktiv bo'yicha "buqa rallisi" Markaziy banklarning, xususan, Xitoy xalq banki va Hindiston Markaziy bankining faol xaridlari natijasida yuzaga kelgan.

ABN AMRO prognozi

Gollandiya banki 2024 yilda oltinning o'rtacha narxini 1 unsiya uchun 2 000 AQSh dollarni tashkil etishini prognoz qilmoqdalar. Bunday baholash Amerika valyutasining mustahkamlanishi, foiz stavkalarining o'sishi, investorlar tomonidan talabning pasayishi va inflyatsiya bosimining pasayishi kabi omillarga asoslanadi.

Predict-Price prognozi

Predict-Price analitik portalining prognoziga ko'ra, oltin narxi 2024 yilda o'sishda davom etadi. Shunday qilib, buqa ssenariysi bo'yicha aktivning kotirovkalari $3613.12 darajasiga yetishi mumkin. Ayiq trendidagi ssenariysi bo'yicha esa narx 2198,46 dollarni tashkil etishi mumkin.

Trading Economics prognozi

Trading Economics tahlilchilarining fikriga ko'ra, joriy chorak oxiriga kelib oltinning narxi bir unsiya uchun taxminan 2310,02 dollarni tashkil etadi. Yil oxiriga kelib, mutaxassislar prognozlari va global makro modellarga ko'ra, narx 2483,74 dollarga yetishi mumkin.

Coin Price Forecast prognozi

Coin Price Forecast prognozlariga ko'ra, yil o'rtalariga kelib aktivning narxi bir unsiya uchun 2419,00 dollarga yetishi mumkin. 2024 yilning oxiriga kelib esa, mutaxassislar qimmatbaho metall narxining 2651,00 dollargacha ko'tarilishini prognoz qilmoqdalar.

Long Forecast prognozi

Long Forecast tahlilchilari yil oxirigacha oltin qiymatining 2421,00 dollargacha ko'tarilishini prognoz qilishmoqda. Iyun oyidayoq minimal narx taxminan 2064,00 dollarni tashkil etishi, dekabrda esa maksimal 2542,00 dollar atrofida maksimal darajasiga yetishi kutilmoqda.

Oy

Ochilish narxi, 

$

Min-Maks, 

$

Yopilish narxi,

 $

O’zgarish

2024

Iyun

2253,00

2064,00-2494,00

2173,00

-5,4%

Iyul

2173,00

2103,00-2325,00

2214,00

-3,6%

Avgust

2214,00

2214,00-2469,00

2351,00

2,4%

Sentyabr

2351,00

2228,00-2462,00

2345,00

2,1%

Oktyabr

2345,00

2213,00-2445,00

2329,00

1,4%

Noyabr

2329,00

2250,00-2486,00

2368,00

3,1%

Dekabr

2368,00

2300,00-2542,00

2421,00

5,4%

WalletInvestor prognozi

WalletInvestor prognoziga ko'ra, yil oxirigacha narx $2405,73 - 2454,45 oralig'ida bo'ladi. Yil oxiriga kelib, oltinning narxi bir unsiyasi uchun $2441,01 tashkil etadi. 

Sana

Ochilish narxi, 

$

Yopilish narxi,

 $

Narx minimumi, 

           $

Narx maksimumi, $

O’zgarish

2024

Iyul

2408,03

2431,71

2405,73

2431,71

0,97 % ▲

Avgust

2432,73

2452,95

2432,73

2452,95

0,82 % ▲

Sentyabr

2454,13

2429,89

2429,89

2454,45

-1 %▼

Oktyabr

2429,51

2435,74

2429,51

2437,40

0,26 % ▲

Noyabr

2435,39

2436,17

2434,05

2436,59

0,03 % ▲

Dekabr

2435,52

2441,45

2431,01

2441,45

0,24 % ▲

Сoincodex prognozi

Сoincodex tahlil portali bergan ma'lumotlarga ko'ra, qimmatbaho metallning narxi 2024 yil oxiriga kelib 2810,76 dollargacha ko'tarilishi kerak. Aktivning bozor narxi 50 kunlik SMA ostida joylashgan bo'lib, u $2350,80 dollar darajasida joylashgan. Shunga qaramay, kotirovkalar $2130.67 belgisida joylashgan 200 kunlik oddiy sirpanuvchi o'rtacha qiymatidan yuqoriroq.

Gov Capital prognozi

Gov Capital ma'lumotlariga ko'ra, XAUUSD narxi 2024-yil mobaynida $2212,60 - 2391,50 oralig'ida bo'ladi. Shu bilan birga, mutaxassislar kursning 2750,23 dollargacha o'sish ehtimolini istisno qilmaydilar.

Sana

O’rtacha narx

Minimal narx, $

Maksimal narx, $

Iyun

2340,95

1989,81

2692,09

2265,71

1925,85

2605,57

Iyul

2268,35

1928,10

2608,60

2308,11

1961,89

2654,32

Avgust

2303,94

1958,35

2649,53

2281,97

1939,67

2624,27

Sentyabr

2280,73

1938,62

2622,84

2212,60

1880,71

2544,49

Oktyabr

2218,38

1885,62

2551,14

2267,62

1927,48

2607,76

Noyabr

2276,06

1934,65

2617,47

2351,72

1998,96

2704,48

Dekabr

2372,86

2016,93

2728,79

2391,50

2032,78

2750,23

2025 — 2030 yillar uchun oltin narxining ekspertlik prognozi

Tahlil qiluvchi agentliklar va ekspertlar 2025-2030 yillarda XAUUSD kursi bo'yicha aralash prognozlar berishmoqda. Shunga qaramay, ularning aksariyati kelgusi besh yil ichida qimmatbaho metall narxi o'sishda davom etishini tahmin qilmoqdalar.

WalletInvestor

WalletInvestor ekspertlari 2025 yilda oltin narxi o'sishda davom etishini va dekabr oyiga kelib, 2520,83 dollarga yetishini kutmoqdalar. 2026 yilning birinchi kvartalida aktivning qiymati $2522.08 - $2586.30 oralig'ida o'zgarib turadi va yil oxiriga kelib $2599.80 darajasiga yetadi. Tahlilchilarning fikriga ko'ra, bir meyorda buqa tendentsiyasi 2027-2029 yillarda ham davom etadi. Shunday qilib, 2029-yilning may oyida mutaxassislar bir unsiya uchun narx taxminan 2823,56 dollarni tashkil etishini kutmoqdalar.

    Sana

Ochilish narxi,

 $

Yopilish narxi,

 $

Minimal 

narx,

 $

Maksimal narx,

$

O’zgarish

2025

Yanvar

2443,12

2472,20

2443,12

2472,20

1,18 % ▲

Fevral

2473,22

2493,79

2473,22

2493,79

0,82 % ▲

Mart

2495,16

2507,31

2495,16

2507,31

0,48 % ▲

Aprel

2508,46

2515,01

2508,46

2521,02

0,26 % ▲

May

2514,27

2499,53

2499,53

2514,27

-0,59 %▼

Iyun

2498,44

2488,27

2488,27

2498,44

-0,41 %▼

Iyul

2487,50

2510,72

2485,05

2510,72

0,92 % ▲

Avgust

2511,84

2531,69

2511,84

2531,69

0,78 % ▲

Sentyabr

2533,22

2509,28

2509,28

2533,84

-0,95 %▼

Oktyabr

2509,28

2515,20

2508,92

2516,79

0,24 % ▲

Noyabr

2514,42

2515,78

2513,43

2516,07

0,05 % ▲

Dekabr

2515,31

2520,83

2510,45

2520,83

0,22 % ▲

2026

Yanvar

2522,08

2551,30

2522,08

2551,30

1,15 % ▲

Fevral

2552,23

2572,47

2552,23

2572,47

0,79 % ▲

Mart

2574,15

2586,30

2574,15

2586,30

0,47 % ▲

Aprel

2587,86

2594,47

2587,86

2600,31

0,25 % ▲

May

2593,81

2579,54

2579,54

2593,81

-0,55 %▼

Iyun

2578,33

2567,75

2567,75

2578,33

-0,41 %▼

Iyul

2567,37

2589,80

2564,57

2589,80

0,87 % ▲

Avgust

2593,21

2612,15

2593,21

2612,15

0,73 % ▲

Sentyabr

2612,44

2589,09

2589,09

2613,15

-0,9 %▼

Oktyabr

2588,65

2595,00

2588,41

2596,09

0,24 % ▲

Noyabr

2594,20

2595,03

2592,83

2595,48

0,03 % ▲

Dekabr

2594,68

2599,80

2590,02

2599,80

0,2 % ▲

Сoincodex

Сoincodex tahlilchilari kelgusi 5 yil ichida XAUUSD narxining 3210,14 dollargacha ko'tarilishini taxmin qilishmoqda. 2030 yilda mutaxassislar, bir unsiya uchun tahminan 3797,10 dollarga teng narxni ko'rishni prognoz qilishmoqda.

Predict-Price

Predict-Price analitik portalining prognoziga ko'ra, 2025 yilda qimmatbaho metallning kotirovkalari $2148,94 - $4270,93 oralig'ida bo'ladi. Bundan tashqari, sun'iy intellekt 2026 yilda XAUUSD narxining 4928,74 dollarga o'sishini bashorat qilishmoqda. Shu bilan birga, aniq tendentsiyaning yo'q bo'lishi ehtimoli 95,68% ni tashkil etadi.

Coin Price Forecast

Coin Price Forecast ma'lumotlariga ko'ra, 2025 o'rtalarida aktivning kotirovkalari 2677,00 dollarga yetadi, yil oxiriga kelib narx 2925,00 dollarni tashkil etadi. 2026 oxirida esa narx $3164.00 darajasida bo'lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, tahlilchilarning ta'kidlashicha, qimmatbaho metallning narxi 2027-2030 yillarda ham bir unsiya uchun 4649,00 dollar belgisigacha o'sishda davom etadi.

Yil

Yilning o’rtasi, $

Yil yakuni, $

Yil boshi/oxiridagi o'zgarishlar

2025

2677,00

2925,00

25 %

2026

3128,00

3164,00

35 %

2027

3174,00

3270,00

40 %

2028

3537,00

3780,00

62 %

2029

4023,00

4185,00

79 %

2030

4368,00

4649,00

99 %

Long Forecast

Long Forecast 2025 yil boshida oltin narxini $2421,00 - $2700,00 dollar atrofida bo'lishini kutmoqda. Yil davomida savdo vositasining kotirovkalari 2799,00 dollarga yetishi mumkin.

2026 yilning boshi XAUUSD kotirovkalari pastga qarab qayrilishi bilan esda qoladi, ayiq trendi butun yil mobaynida davom etadi. Shunday qilib, 2026 yilning oxiriga kelib, 2566,00 dollargacha pasayish kutilmoqda. Tahlilchilarning fikriga ko'ra, 2026-yilning iyulida minimal narx 2241,00 dollarni tashkil etadi.

2027-2028 yillarda qimmatbaho metallarning narxi $2163.00 - $2800.00 keng diapazonida o'zgarib turadi.

Oy

Ochilish narxi, $

Min-Maks, $

Yopilish narxi, $

O’zgarish

2025

Yanvar

2421,00

2421,00-2700,00

2571,00

11,9%

Fevral

2571,00

2316,00-2571,00

2438,00

6,1%

Mart

2438,00

2273,00-2513,00

2393,00

4,2%

Aprel

2393,00

2363,00-2611,00

2487,00

8,3%

May

2487,00

2299,00-2541,00

2420,00

5,4%

Iyun

2420,00

2278,00-2518,00

2398,00

4,4%

Iyul

2398,00

2292,00-2534,00

2413,00

5,1%

Avgust

2413,00

2413,00-2691,00

2563,00

11,6%

Sentabr

2563,00

2315,00-2563,00

2437,00

6,1%

Oktyabr

2437,00

2437,00-2696,00

2568,00

11,8%

Noyabr

2568,00

2504,00-2768,00

2636,00

14,8%

Dekabr

2636,00

2636,00-2939,00

2799,00

21,9%

2026

Yanvar

2799,00

2608,00-2882,00

2745,00

19,5%

Fevral

2745,00

2525,00-2791,00

2658,00

15,7%

Mart

2658,00

2441,00-2697,00

2569,00

11,8%

Aprel

2569,00

2406,00-2660,00

2533,00

10,3%

May

2533,00

2343,00-2589,00

2466,00

7,4%

Iyun

2466,00

2294,00-2536,00

2415,00

5,1%

Iyul

2415,00

2241,00-2477,00

2359,00

2,7%

Avgust

2359,00

2278,00-2518,00

2398,00

4,4%

Sentyabr

2398,00

2398,00-2674,00

2547,00

10,9%

Оktyabr

2547,00

2377,00-2627,00

2502,00

8,9%

Noyabr

2502,00

2454,00-2712,00

2583,00

12,5%

Dekabr

2583,00

2438,00-2694,00

2566,00

11,7%

Gov Capital

Gov Capital prognozlariga ko'ra, 2025 boshida oltinning o'rtacha narxi 2392,01 dollarni tashkil etadi va moliyaviy yil oxiriga kelib 3736,97 dollargacha ko'tarilishi mumkin. Umuman olganda, tahlilchilar qimmatbaho metall haqida juda ijobiy bashorat qilmoqdalar va 2029 yilning may oyida aktiv narxi bir unsiya uchun misli ko'rilmagan $11,644,26 ga yetishi mumkinligini kutmoqdalar.

Sana

O’rtacha narx

Minimum, $

Maksimum, $

Yanvar 2025

2392,01

2033,21

2750,81

2423,29

2059,79

2786,78

Iyun 2025

3645,27

3098,48

4192,06

3588,28

3050,04

4126,52

Dekabr 2025

3723,89

3165,30

4282,47

3736,97

3176,42

4297,52

Yanvar 2026

3738,31

3177,56

4299,06

3790,85

3222,22

4359,47

Iyun 2026

5398,36

4588,60

6208,11

5339,54

4538,61

6140,47

Dekabr 2026

5517,46

4689,84

6345,08

5531,65

4701,90

6361,40

Yanvar 2027

5533,61

4703,57

6363,66

5567,45

4732,33

6402,57

Iyun 2027

7690,69

6537,09

8844,30

7635,15

6489,88

8780,43

Dekabr 2027

7817,76

6645,09

8990,42

7844,16

6667,53

9020,78

Yanvar 2028

7846,77

6669,75

9023,78

7891,22

6707,54

9074,91

Iyun 2028

9576,25

8139,81

11012,69

9527,48

8098,35

10956,60

Dekabr 2028

9735,26

8274,97

11195,55

9765,06

8300,30

11229,82

Yanvar 2029

9761,83

8297,55

11226,10

9814,86

8342,63

11287,09

May 2029

10038,51

8532,73

11544,28

11644,26

9897,62

13390,89

Oltin narxi qanday o'zgargan?

Quyida so'nggi o'n yil uchun XAUUSD narxlarini aks ettiruvchi grafik keltirilgan. Prognozarimizni iloji boricha aniqroq qilish uchun tarixiy ma'lumotlarni baholash muhimdir.

Oltinning moliyaviy aktiv sifatida qiymati ko'plab siyosiy va iqtisodiy omillarga bog'liqdir. Ammo oltin narxini prognoz qilishda diqqat qilish kerak bo'lgan asosiy narsa bu Amerika dollari, chunki aynan shu jahon valyutasida qimmatbaho metallning qiymati belgilanadi.

Kuchli dollar kursi oltin narxini tushirib yuboradi va aksincha, Amerika valyutasi zaiflashganida oltin qimmatlashadi. Bundan tashqari, AQSh zaxirasida 8,1 ming tonnaga yaqin qimmatbaho metallga ega eng yirik ortin quymalari soxibi hisoblanadi. 

2022 yil noyabr oyining boshlaridan oltin narxi ko'tarila boshlagan va 2023 yil dekabr oyining oxiriga kelib 1854.38 belgisiga yetgan. 2023 yil may oyida 1999.47 darajasiga yetganida, savdo instrumentining narxi pastga qayrildi. O'sha paytdan boshlab, 5 oy ichida  oltin taxminan 13% qiymatini yo'qotdi va 1810.40 darajasigacha tushdi.

2023-yilning oktabr oyida boshlangan Yaqin Sharqdagi Falastin-Isroil mojarosi fonida XAUUSD narxi yana tiklana boshladi va yil oxirigacha uning qiymati 12% dan oshib qayta tiklandi. Dekabr oyining oxirida aktiv narxi 2041.19 darajasida edi. 2024-yilning boshidan buyon 2 oy davomida oltin kotirovkalari 2088.40-1984.23 narx diapazonida mustahkamlandi.

2024 yilning boshidan beri oltin 23 foizga o'sdi va may oyida 2450,00 dollar darajasida  tarixiy maksimumini yangiladi. Hozirgi vaqtda bozorda beqarorlik kuzatilmoqda. Savdo ishtirokchilari mart oyining boshidan beri narxning tez sur'atlarda o'sishidan keyin qisman sotish va daromadlarni fikslashga tayyordirlar.

Bozordagi mavhumlik va kayfiyatning muntazam o'zgarib turishi, AQShda salbiy makroiqtisodiy ma'lumotlarning paydo bo'lishi va Jerom Pauellning nutqi bilan bog'liq.

  • AQShda ishsizlik darajasi mart oyidagi 3,8% dan, aprelga kelib 3,9% gacha ko'tarilgan. Ko'rsatkich o'sishda davom etishi kutilmoqda.

  • Mart oyida mehnat bozorida ochiq ish o'rinlari soni 8,488 millionni tashkil etgan, fevral oyida esa 8,813 million. Ushbu ko'rsatkich AQShning qishloq xo'jaligidan tashqari sektorida ochiq ish o'rinlari kamayganligini ko'rsatadi.

  • Aprel oyida AQSh iste'mol narxlari indeksi biroz pasayib, mart oyida 3,4 foizga nisbatan 3,5 foizni tashkil etdi. Biroq, umumiy tendentsiya hali ham salbiy, chunki 2024 yilning yanvar oyida bu ko'rsatkich 3,1% ni tashkil etgan va yil boshidan beri birinchi marta ozgina pasayishni ko'rsatdi. Bu ham inflyatsiya bilan bog'liq muammolarni ko'rsatadi.

  • Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi ham mart oyidagi 0,1% dan, aprel oyidagi 0,5% gacha ko'tarildi.

Ushbu ma'lumotlar chiqishi fonida Federal rezerv tizimi rahbari Jerom Pauell FOMC matbuot anjumanida bir qator bayonotlar berdi:

  • Inflyatsiya hali ham yuqori darajada. Bundan tashqari, uning pasayishidagi progressning sekinlashishi qayd etiladi.

  • Hozirgi vaqtda stavkani pasaytirish maqsadga muvofiq emas, chunki inflyatsiyaning 2 foizga barqaror pasayishiga ishonch yo'q.

  • Mehnat bozoridagi talab taklifdan oshib ketgan. Biroq, kutilmagan zaiflik inflyatsiyaning pasayishi uchun omil bo'lishi mumkin.

  • Federal rezerv tizimi qaror qabul qilishda, mamlakatdagi siyosiy voqealar inobatga olinmaydi.

  • Foiz stavkasini pasaytirish kutilganidan ko'proq vaqt talab etadi.

  • 11-12 iyun kunlari bo'lib o'tadigan navbatdagi yig'ilishda, foiz stavkalarining ko'tarilishi ehtimoldan yiroq.

Shunga qaramay, Xitoy va Tayvan o'rtasidagi keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, oltin kotirovkalari o'z pozitsiyasini saqlab qolmoqda. AQSh orolni yangi zamonaviy qurollar bilan qo'llab-quvvatlashini e'lon qildi va o'z delegatsiyasini yubordi. Ushbu yangiliklar fonida Xitoy 21 ta samolyotni havoga ko'tarib, orolga 11 ta harbiy kema yo'naltirgan.

Dunyoda geosiyosiy keskinlikning kuchayishi, investorlarni o'z kapitalining katta qismini oltinda saqlashga majbur qilmoqda. Bundan tashqari, Markaziy banklar va institutsional investorlar tomonidan talabning tez o'sishi qimmatbaho metallarning narxlarini ancha yuqori darajada ushlab turadi. 

Biroq, dunyodagi mojarolarning kamayishi, inflyatsiyaning pasayishi va Federal rezerv tizimi siyosatining yumshatilishi bozorning yirik ishtirokchilarini oltin bo'yicha o'z pozitsiyalarini qisman yopib, undan xatarliroq bo'lgan aktivlarga sarmoya kiritishga undashi mumkin.

Oltin narxiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan omillar

Odatda fundamental tahlil iborasi, qimmatli metallar bilan emas, balki fond bozori bilan bog'liq. Mutaxassislar muayyan kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarini o'rganar ekanlar, XAUUSD tahlilchilari makroiqtisodiy omillarni, global siyosiy va iqtisodiy yangiliklarni va turli prognozlarni kuzatib boradilar. Oltin qiymatiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan omillarni ko'rib chiqamiz.

Инфляция

Inflyatsiya XAU narxiga ta'sir qiladi, lekin o'ylashingiz mumkin bo'lgan darajada kuchli emas. Yangi boshlagan investorlardan aksariyatining fikriga ko'ra, agar AQShda narxlar ko'tarilsa, qimmatbaho metallning qiymati ham ko'tarilishi kerak — AQSh valyutasining qadrsizlanishi tufayli esa, bir unsiya uchun ko'proq pul to'lash kerak bo'ladi. Biroq, uzoq muddatda inflyatsiya va qimmatbaho metalning narxi o'rtasida kuchli bog'liqlik yo'q. Buni AQShdagi inflyatsiya dinamikasi va XAUUSD qiymatining o'zgarishi grafigidan ko'rish mumkin.

LiteFinance: Инфляция

Manba: Tradingview.com

Kuchli korrelyatsiyaning yo'qligini ikki sabab bilan tushuntirish mumkin:

  • Oltin strategik xom ashyo hisoblanmaydi. Ya'ni, u sanoatda neft yoki metall sifatida ishlatilmaydi, shuning uchun valyutaning sotib olish qobiliyatiga boshqacha munosabatda bo'ladi.

  • Iqtisodiyot va fond bozorining o'sishi davrida oltin investorlarning rentabelligi va e'tiborini jalb qilish uchun raqobatlashishi kerak. Bundan tashqari, bunday paytlarda tovarlarning narxi odatda yuqori darajada bo'ladi.

Valyuta kurslarining o'zgarishi

Oltin, AQSh dollari bilan bir qatorda, boshpana aktividir. Shuning uchun, agar valyutalardan birining ayirboshlash kursi boshqa zaxira valyutalariga nisbatan qadrsizlansa va boshqa valyutalarda oltinning sotib olish qobiliyati saqlanib qolsa, qimmatbaho metalning qiymati qadrsizlangan valyutaga nisbatan oshadi. Grafikda AQSh dollari indeksi (ko'k chiziq) va oltin narxlari dinamikasi (sariq chiziq) o'rtasidagi teskari uzoq muddatli bog'liqlik ko'rsatilgan.

LiteFinance: Valyuta kurslarining o'zgarishi

Manba: Tradingview.com

Geosiyosiy keskinlik tufayli qadrsizlanish xavfi

Har qanday harbiy mojaro yoki moliyaviy inqiroz - bu investorlar uchun juda kuchli beqarorlik omilidir. Oltin bozorni vahima bosgan davrida xavfsiz sarmoya sifatida ishlatish uchun eng yaxshi vositadir. Shuningdek, ortiqcha xarajatlar va pul ta'minoti, siyosiy beqarorlik va valyutaning qadrsizlanishi XAU kursining o'sishiga olib keladi.

Foiz stavkalari

Oltinning narxi foiz stavkalariga ham bog'liq. Qimmatbaho metallar potentsial daromad keltiradigan aktivlarga juda sezgirdirlar: obligatsiyalar yoki hatto dividend aksiyalari.  Ideal bo'lmasa ham, ko'zga ko'rinuvchi salbiy korrelyatsiya mavjud. AQSh davlat obligatsiyalarining rentabelligi oshganda, oltin narxi "yonmacha"ga yoki hatto pasayuvchi trend bo'ylab ketishi ehtimoli katta. Davlat obligatsiyalari ("treasuries") rentabelligining pasayishi esa, odatda XAUUSD kursining o'sishiga olib keladi.

2000-yillarning boshlarida retsessiyaga qarshi kurashish uchun Federal rezerv tizimi, foiz stavkalarini juda past darajaga tushirgan va uzoq muddatli investorlarni past daromadli obligatsiyalardan voz kechishga va o'z portfellarini oltin bilan diversifikatsiya qilishga majbur qilgan. Natijada qimmatbaho metallning narxi sezilarli darajada oshgan. 2022-yil 26-yanvarda Federal rezerv tizimi stavkalar oshganini e'lon qildi, natijada XAU qiymati yanvar oyininf oxirida 1847,61 dollardan 1791,03 dollarga tushgan.

Talab va taklif

Talab va taklif qimmatbaho metall kursini prognoz qilishning eng murakkab omillaridir. Yirik oltin investorlari, shu jumladan Markaziy banklar, Xalqaro valyuta fondi va yetakchi fondlar bozorga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Ushbu ishtirokchilarning harakatlari oltin zargarlik buyumlari va investitsiya vositalariga bo'lgan talabni sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin.

Bozorning yirik ishtirokchilari harakatlarini savdo qilishda hisobga olish, oddiy investor uchun deyarli amallab bo'lmas vazifadir. Bozor balansini umumiy jihatdan tushunish uchun, oltinga bo'lgan talabning katta qismi investitsion instrumentlar va zargarlik buyumlari o'rtasida tahminan teng taqsimlanishini bilish kerak.

Masalan, so'nggi yigirma yil ichida Xitoy va Hindiston (yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlari kuzatilgan mamlakatlar) investitsiyalar va zaxiralar sifatida XAU-ning asosiy xaridorlariga aylandi. Shunday qilib, qimmatbaho metall narxi yanada oshdi.

Xitoy Xalq bankining oltin zaxiralari, tonnada:

 

LiteFinance: Talab va taklif

Manba: TradingEconomics.com 

Hindiston Markaziy bankining oltin zaxiralari, tonnalarda:

LiteFinance: Talab va taklif

Manba: TradingEconomics.com

Xulosa: Oltin yaxshi sarmoya hisoblanadimi?

Ko'pincha investorlar o'z sarmoyalarini diversifikatsiya qilish uchun oltindan foydalanadilar, ammo inflyatsiya xavotirlari ortib borayotganligi sababli, ular shuningdek bozor xatarlarini xedjlash uchun ham qimmatbaho metallardan foydalanishga moyildirlar.

"Tizimli xatar davrida oltin ham, dollar ham boshpana aktivi sifatida ishlatiladi va bir yo'nalishda harakatlanishi mumkin", - deydi Xuan Karlos Artigas, Jahon oltin kengashining tadqiqot bo'limi boshlig'i.

Kelgusi 6 yil ichida XAUUSD bo'yicha o'sish tendentsiyasi 2030 yilgacha davom etishi kutilmoqda.

Yil

Yilning yarmi, $

Yil yakuni, $

Yil boshi/oxiridagi o'zgarishlar

2025

2677,00

2925,00

25 %

2026

3128,00

3164,00

35 %

2027

3174,00

3270,00

40 %

2028

3537,00

3780,00

62 %

2029

4023,00

4185,00

79 %

2030

4368,00

4649,00

99 %

Manba: Coin Price Forecast

2021 yilda hukumatlar va Markaziy banklar bozorlar va iqtisodiyotlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirdilar, natijada oltin narxi pasayib ketdi. Inflyatsiyaning tez o'sishi, siyosiy ziddiyatlar va mojarolar vaziyatni beqarorlashtiradi. Demak, mutaxassislarning prognozlari amalga oshib, 2024-2025 yillar davomida qimmatbaho metallning narxi 1 troya unsiyasi uchun 2100 dollargacha ko'tariladi deb tahmin qilishga asos bor.

LiteFinance terminalida albatta bepul demo-hisobini yarating! LiteFinance bilan investitsiya aktivi sifatida - oltin haqidagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lib turasiz va qulay interfeys tufayli siz qimmatbaho metallar va boshqa har qanday moliyaviy instrumentlar bilan juda oson savdo qilishni boshlaysiz.

Sinalgan broker bilan savdoni boshlang

Ro'yxatdan o'tish

Oltin narxlarini prognoz qilish bo'yicha FAQ

Bugungi kundagi 02.09.2024 oltinning joriy narxi $2 494.91 ga teng.

Global miqyosda, texnik tahlil nuqtai nazaridan qimmatbaho metallning kotirovkalari katta yuksaluvchi kanal bo'yicha harakatlanadi. Bundan tashqari, dunyodagi yuqori inflyatsiya va mojarolarning kuchayishi oltin qiymatini yuqori darajada ushlab turadi. Biroq, yaqin kelajakda 2060.00 asosiy qo'llab-quvvatlash darajasiga kelib, pasayuvchi korreksiya ro'y berishi ham ehtimoldan xoli emas.

Tahlilchilar kelgusi 5 yil ichida oltin narxining 4649,00 dollargacha ko'tarilishini prognoz qilishmoqda. Ko'proq konservativ bo'lgan mutaxassislar esa narxning 2800,00 dollargacha ko'tarilishini kutmoqdalar.

Ba'zi ekspertlar va tahlil agentliklarining hisob-kitoblariga ko'ra, 2034 yilda oltinning o'rtacha qiymati 6093,00 dollarni tashkil etadi.

Qadim zamonlardan beri oltin dunyo valyutalarini, shuningdek ularning farovonligini ta'minlaydigan asosiy himoya vositasi hisoblangan. Shuning uchun, albatta, oltin sotib olish xavfsizdir, chunki vaqt o'tishi bilan uning qiymati tobora ortib boradi.

2024-2030 yillar davomida tahlilchilar XAUUSD kursining $4649.00-$4928.74 belgilarigacha muntazam ravishda o'sib borishini taxmin qilishmoqda. AQSh Federal Zahira Tizimining pul-kredit siyosatining zo'rayishi, dunyodagi geosiyosiy taranglikning kuchayishi va global dedollarizatsiya sharoitida qimmatbaho metall qiymatining tez o'sishi kutilmoqda.

Tarixdan, oltin doimiy ravishda faqat o'sib kelgan. Shu sababdan, uni sotib olish xatarlarni diversifikatsiya qilish uchun uzoq muddatli istiqbolda yaxshi investitsiya bo'lishi mumkin. Oltinni joriy narxlarda sotib olganingiz va pasayuvchi korreksiyalar ro'y bergan paytlarda yana qo'shimcha xarid qilganingiz ma'qul.

Oltin kotirovkalari shu yilning (2024) may oyi o'rtalarida $2450.00 darajasida tarixiy maksimumini yangiladi. Pasayuvchi korreksiyadan so'ng, narx 2047,00 dollarni tashkil etgan bo'lib, 2024 yilning ikkinchi yarmida narx bosqichma-bosqich $2269,00 darajasiga ko'tarilishi kutilmoqda.

Oltin boshpana aktivi hisoblanadi, uning qiymati barqaror o'sib boradi. Shuning uchun XAUUSD hech qachon qadrsizlanmaydi va iqtisodiy, geosiyosiy keskinliklarning oshishi bilan bog'liq xatarlardan himoyalanish uchun unga doimo talab yuqori bo'ladi.

Hozirgi vaqtda qimmatbaho metallning asosiy tayanch darajasi $2047.00 ni tashkil etmoqda. Yaqin kelajakda narxning ushbu belgidan pastroq tushishi amrimahol. Qo’shimcha sifatida aytadigan bo’lsak, bozor ishtirokchilari uchun $2000.00 darajasi psixologik belgi hisoblanadi.

Oltin narxi ko'tarilishining asosiy sabablari - makroiqtisodiy omillar, keskin geosiyosiy vaziyat, dunyodagi inflyatsiya, yuqori foiz stavkalari va regulyatorlarning qattiq pul-kredit siyosati hisoblanadi.

Real vaqt rejimida narxlar jadvali XAUUSD

2024 va undan keyingi yillar uchun oltin narxlari bo'yicha prognoz

Ushbu maqolaning mazmuni faqat muallifning shaxsiy fikri bo'lib, LiteFinancening rasmiy pozitsiyasiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Ushbu sahifada chop etilgan materiallar faqat axborot berish maqsadida taqdim etiladi va 2004/39 /EC direktivasi maqsadlari uchun investitsiyalar bo'yicha konsul'tatsiya sifatida qabul qilinishi mumkin emas.

Rate this article:
{{value}} ( {{count}} {{title}} )
Muallifga savollaringiz bormi? Siz ularni izohlarda muhokama qilishingiz mumkin .
Savdoni boshlash
Follow us in social networks!
Jonli chat
Leave a feedback
Live Chat